Mаvzudа АKTlаrdаn foydаlаnish
Nаzаriy mаshg’ulotlаrni o’tishdа multimediаli dаsturlаr tаyyorlаsh.
Аvtomobilning elektr jixozlаridа kechаyotgаn jаrаyonlаr shiddаt bilаn shundаy tez kechаdiki bulаr sekudnng yuzdаn turt dаkikаsidа sodir bulаdi, bundаy jаrаyonlаrni bevositа kuzаtish vа tаsаvvur qilish qiynroqdir. SHuning uchun odаtdа bu hodisаlаr аsosаn аbstrаkt tаfаkkur orqаli o’zlаshtirilаdi. IT vа IED dа kechаyotgаn jаrаyonlаrni multimediyali dаsturlаrdа (mаtn, hаrаkаt - lаnuvchi tаsvirlаr vа ovoz jo’rligidа) bаyon qilish tаlаbаni bu murаkkаb jаrаyonlаrni tushunishidа kаttа yordаm berаdi.
Hozirgi kundа аnimаtsiyali dаsturlаrni аksаriyati «Flаsh» (2-o’lchovli tаsvirlаr) «3-d mаx» (3-o’lchovli tаsvirlаr) dаsturlаridа yarаtilmoqdа. «Flаsh» dаsturining аsosiy oynаsi rаsmdа ko’rsаtilgаn.
«Flаsh» dаsturining аsosiy аfzаlliklаri:
O’nlаb kаdrlаrni bir ekrаndа yig’ib tаsvirlаr yarаtish.
Tаsvirlаrgа ovoz berish imkoniyati
Interfаol dаsturlаr yarаtish imkoniyati.
Bu dаsturdа hаrаkаtlаr аsosаn ikki xil usuldа: ikki nuqtаni tutаshtiruvchi vа trаektoriya bo’ylаb hаrаkаt qurilаdi. Ushbu dаsturni o’zigа xos imkoniyatlаridаn biri kаrаkаtni yashirish yoki belgilаngаn joydа ko’rsаtish imkoniyati hisoblаnаdi. Dаsturni elektr jixozlаrini o’rgаnishdа qo’llаshni ko’rib chiqаmiz.
Аmаliy mаshg’ulot “FSMU” metodi orqаli аmаlgа oshirilаdi. Mаzkur metod ishtirokchilаrdаgi umumiy fikrlаrdаn xususiy xulosаlаr chiqаrish, tаqqoslаsh, qiyoslаsh orqаli аxborotni o’zlаshtirish, xulosаlаsh, shuningdek, mustаqil ijodiy fikrlаsh ko’nikmаlаrini shаkllаntirishgа xizmаt qilаdi. Metodni аmаlgа oshirish tаrtibi:
Tinglovchilаrgа mаvzugа oid bo’lgаn yakuniy xulosа yoki g’oya tаklif etilаdi.
Hаr bir ishtirokchigа FSMU metodining bosqichlаri yozilgаn qog’ozlаr tаrqаtilаdi.
F - fikringizni bаyon eting.
S - fikringiz bаyonigа sаbаb ko’rsаting.
M - ko’rsаtilgаn sаbаbni isbotlаb misol keltiring.
U - fikringizni umumlаshtiring.
Metod uchun tаqdim etilаdigаn mаvzu doirаsidаgi fikrlаr.
F
|
Mutаxаssislik fаnlаri o’qituvchisining innovаtsion fаoliyatini rivojlаntirishdа ungа ijodiy erkinlikning tаqdim etilishi muhim rolь o’ynаydi.
|
S
|
|
M
|
|
U
|
|
F
|
O’quv jаrаyonigа texnologik yondаshuvni shаkllаntirishdа o’qituvchining innovаtsion sаlohiyati аhаmiyatlidir.
|
S
|
|
M
|
|
U
|
|
F
|
Mutаxаssislik fаnlаrini o’qitishdа ilm, fаn vа ishlаb chiqаrishdаgi innovаtsiyalаrni uzviyligini tаъminlаsh tаъlimdа sаmаrаdorlikkа erishini tа’minlаydi.
|
S
|
|
M
|
|
U
|
|
4-mavzu. Akkumulyator batareyasining tuzilishi va konstruktsiyasining
o’ziga xos tomonlari. (2 soat)
Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 45-50 nafar
|
1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Kirish, vizual ma’ruza
|
Ma’ruza mashg’ulotining rejasi
|
1.”Xizmat ko’rsatilmaydigan” va “Kam xizmat ko’rsatiladigan” akkumluyatorlar. Akkumulyator batariyasini belgilanishi.
2. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlardagi kimiyaviy jarayonlar.
3. Akkumulyatorlarning asosiy ko’rsatkichlari elektr yurituvchi kuch; qutblanish EYuK; batareyaning ichki qarshiligi va uni aniqlovchi omillar; sig’im, sig’imning razryad tokiga, elektrolit temperaturasiga va batareyalarning quvvati hamda energiyasi.
4. Akkumulyatorlar batareyasining razryad va zaryad tavsifnomalari. Akkumulyatorlarning volt-amper tavsifnomasi.
5. Ishqorli akkumulyatorlar batareyasi.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Akkumulyator batareyasining tuzilishi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlari” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- ”Xizmat ko’rsatil-maydigan” va “Kam xizmat ko’rsati-ladigan” akkum-luyatorlarni vazifa-larini tanishtirish;
- Akkumulyator bata-riyasini belgila-nishiga ta’rif berib tushuntirish;
- Qo’rg’oshin-kislo-tali akkumulyator-lardagi kimiyaviy jarayonlar o’rgatish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- ”Xizmat ko’rsatilmaydigan” va “Kam xizmat ko’rsatiladigan” akkumluyatorlarni izohlaydi;
- Akkumulyator batariyasini belgilanishi. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlardagi kimiyaviy jarayonlar va ularda EYuKning hosil bo’lish mexanizmiga ta’rif beradi;
- Akkumulyatorlarning asosiy ko’rsatkichlari elektr yurituvchi kuch; qutblanish EYuK; batareyaning ichki qarshiligi va uni aniqlovchi omillar; sig’im, sig’imning razryad tokiga, elektrolit temperaturasiga va akkumulyatorning razryadlanganlik darajasiga bog’liqligi; batareyalarning quvvati va energiyasini tavsiflaydi;
- Akkumulyatorlar batareyasining razryad va zaryad tavsifnomalari. Akkumulyatorlarning volt-amper tavsifnomasiga ta’rif beradi;
- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;
- Ishqorli akkumulyatorlar batareyasi tushuntirib beradi ;
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.
|
O’qitish shakli
|
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (4-mashg’ulot)
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
|
2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: - ”Xizmat ko’rsatilmaydigan” va “Kam xizmat ko’rsatiladigan” akkumluyatorlarni izohlay bilasizmi ? - Akkumulyator batariyasini belgilanishini bilasizmi ?
- Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlardagi kimiyaviy jarayonlar qanday paydo bo’lgan ?
2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. ”Xizmat ko’rsatilmaydigan” va “Kam xizmat ko’rsatiladigan” akkumluyatorlarni tushuntiradi.
2.3. Akkumulyator batariyasini belgilanishini bilasizmi tahlilini tushuntiradi.
2.4. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlardagi kimiyaviy jarayonlarni tushuntiradi.
2.5. EYuKning hosil bo’lish mexanizmini tushuntirib beradi.
2.6. Akkumulyatorlarning asosiy ko’rsatkichlari elektr yurituvchi kuch; qutblanish EYuK; batareyaning ichki qarshiligi va uni aniqlovchi omillar; sig’im, sig’imning razryad tokiga, elektrolit temperaturasiga va akkumulyator batareyasining razryadlanganlik darajasiga bog’liqligi; batareyalarning quvvati va energiyasi tushuntirib beradi.
2.7. Ishqorli akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi va ishlashini tushuntirib beradi.
|
2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.
O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.
2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi va ishlashi”ga Klastr strategiya tuzishni vazifa qilib beradi.
|
3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Ilova
Akkumulyator batareyasining tuzilishi va konstruktsiyasining
o’ziga xos tomonlari.
Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasidan transport vositalarining elektr jihozlarida foydalaniladi. Ular startyor akkumulyatorlar batareyasi tipiga taluqlidir, chunki qisqa vaqt ichida (5-10 sek) katta tok (200-5600A) bera oladi va bunda ularning texnikaviy holati o’zgarmaydi.
Akkumulyatorlar batareyasiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: gabarit o’lchamlari kichik, massasi kam, mustahkam, uzoq muddatga chidamli, ishonchli, sig’imi katta, tayyorlash arzon bulishi kerak.
Akkumulyatorlar batareyada qo’rg’oshin peremichkalar bilan ketma-ket ulangan. CHetki akkumulyatorlardagi bo’sh qolgan qutbli shtirlar batareyaning “” va “-” belgilar qo’yilgan qutbli chiqishlarini hosil qiladi. Batareyaning musbat chiqishi manfiy chiqishga nisbatan yo’g’onroqdir, chunki u ishlayotganda tezroq oksidlanadi (musbat chiqishning diametri 17,50,25mm, manfiy chiqishning diametri 160,25 mm).
1-rasm. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasi:
1-bak; 2-bak tubidagi chiqiq; 3-ish plastmasi; 4-separator; 5-ko’prikcha; 6-qutbli shtir’, 7-himoya shchitchasi; 8-qopqoq; 9-manfiy qutbli chiqish; 10-tiqin;11-peremichka; 12-tiqindagi shamollatish kanali; 13-musbat qutbli chiqish; 14-kislota bardoshmastika; 15-plastina panjarasi.
Qutbli chiqishlarga simlarning qismlari mahkamlanadi. Peremichkalarga batareya markasi qo’yilgan. Masalan, 6-ST-45-PMZ yoki 3-TST-150-EMS marka quyidagilarni bildiradi: 6 yoki 3 raqamlari batareyalardagi akkumulyatorlar sonini va demak, uning qismlardagi nominal kuchlanishni (birinchi holatda 12 V ikkinchi holatda 6 V, ya’ni akkumulyatorlar sonini 2 V ga ko’paytirish kerak); akkumulyatorlar sonidan keyingi T harfi “og’ir” degan so’zni bildiradi. Bunday batareyalar o’zining pishiqligi bilan ajralib turadi, ulardan traktor va kombaynlarda foydalaniladi; ST startyor tipidagi batareya; 45 va 150 sig’imi (A. soatda); P va E batareya baki qanday materialdan yasalganini bildiradi (mos ravishda plastmassa yoki ebonit); M yoki MS separatorlar qanday materialdan yasalganini (miplast yoki shisha kigizli miplast, R mipor yoki rezina); Z batareya quruq zaryadlanganligini bildiradi; bunday batareyalar quruq separatorlari bor zaryadlangan plastinalardan yig’iladi.
Elektrolit tayyorlanayotgan suvga qo’shiladigan kislota miqdori iqlim mintaqasi fasl va separator materialiga bog’liq. Aralashma densimetr yoki kuchlanish vilkasi bilan o’lchanadigan ma’lum miqdoriga zichlikka keltiriladi. 15S ga keltirilgan elektrolit zichligi quyidagi miqdordan oshmasligi lozim:
Belgilangan zichlikda elektrolit tayyorlash uchun 1 l distilangan suvga 15S da zichligi 1,83 bo’lgan sul’fat kislotadan quyidagicha olish kerak:
Elektrolit zichligi. 1,23 1,25 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31,
Sul’fat kislota miqdori, l. 0,285 0,310 0,345 0,365 0,385 0,405 0,475.
3-rasm. E 107 akkumulyator tekshirgich.
1-vol’tmetr; 2-kronshteyn; 3-korpus; 4-yuklanish rezistorlari; 5-kontakt oyoqcha; 6-kontakt gayka; 7-dastak; 8-shchup.
Indikator UZDAEWOO avtomobillarining akkumulyator batareyasiga o’rnatilgan bo’lib, akkumulyatorning texnik holatini baholash uchun xizmat qiladi. Batareyaning texnik holatiga ko’ra quyidagi rangga ega bo’lishi mumkin:
|