Dvigatel ishga tushirilib tirsakli valning aylanishlar soni 400 aylmin dan oshganda, tizim ochiq kontur rejimida ishlay boshlaydi.
Bu rejimda EBB kislorod datchigidan kelayotgan daraklarni inobatga olmaydi. Havo-yonilg’i nisbatini sovitish suyuqligi harorati va kiritish kollektori, absolyut bosim datchiklarning daraklari asosida o’lchaydi. Bu rejim quyidagi sharoitlar o’zgarguncha davom etadi:
kislorod datchigida chiqayotgan daraklar o’zgaruvchan kuchlanishga ega bo’lib, boshqa rejimga o’tishga tayyor ekanligini bildiradi;
sovitish suyuqligi harorati o’rnatilgan (o’lcham) me’yordan oshib ketishi;
dvigatelni ishga tushirish rejimiga ajratilgan vaqt tugaganligi (yopiq);
Berk kontur rejimi
Bu rejimda EBB havo-yonilg’i nisbatini kislorod datchigidan kelayotgan daraklar asosida 14,71 nisbatda ushlab turadi.
Tezlatish rejimi
Bu rejimada EBB drossel to’siqchasi holatining tez o’zgarishiga, hamda kiritish kollektori havo bosimining o’zgarishiga aks ta’sir (reaktsiya) qilib, yonish kamerasiga uzatilayotgan yonilg’ining eng maqbul miqdorini ta’minlaydi.
Sekinlash rejimi
Bu rejimda EBB drossel to’siqcha holatining o’zgarishi, hamda kiritish kollektori havo bosimining o’zgarishiga aks ta’sir ko’rsatib yonilg’i kamerasiga uzatilayotgan yonilg’i miqdorini kamaytiradi.
Sekinlashish tez sodir bo’lsa EBB yonilg’i uzatishni qisqa muddatga to’xtatib qo’yadi.
Yonilg’i uzatishni to’xtatish rejimi
Yonilg’ini, yonilg’i forsunkalariga 2 daqiqa davomida uzatilib turiladi va o’t oldirish kaliti uzilganda to’xtaydi. Bu dvigatelning o’t oldirish kalitining uzilgan holatda ishlamasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari optik datchikdan daraklar kelmasa ham yonilg’i uzatilmaydi.
1-rasm. Boshqarishning elektron bloki.
1-Yonilg’i bosimi regulyatori; 2-farani yoqish darakchisi; (signal); 3-kondentsionerni yoqish; 4-gidrokuchaytirgich bosimi datchigi; 5-bug’lagich termorezistori optik datchigi; 6- kislorod datchigi; 7-optik datchik; 8-sovitish suyuqligi harorati datchigi klapani; 9-forsunka; 10-Karterni shamollatish tizimi klapani; 11-kiritish kollektori absolyut bosimi datchigi; 12-drossel g’ilofi; 13- drossel to’siqchasi holatini aniqlovchi datchik; 14-bosh rele; 15- sovitish tizimi ventelyatorini boshqarish; 16- konditsioner kompressorini boshqarish; 17-dvigatel nosozligi lampochkasi datchigi; 18-kiritish kollektori; 19-detonatsiya datchigi; 20- chiqindi gazlarini qayta kiritish datchigi; 21- chiqarish kollektori; 22-Elektr magnit bug’ini yutgich; 23-salt yurish klapani; 24- kiritish kollektori harorat datchigi; 25-yonilg’i bug’larini yutgichi; 26-rezonator; 27- havo tozalagich; 28-havo; 29-fil’tr; 30-yonilg’i nasosi; 31- bosim rostlagichi; 32-yonilg’i baki; 33-qaytarish klapani; 34-katalik neytralizator.
1-rasmda dvigatelning turli ishlash rejimlarida elektr boshqaruv blokining sxemasi ko’rsatilgan. Elektron boshqaruv bloki dvigatel tizimlari va daraklovchi datchiklar bilan bog’langan.
Datchiklar boshqaruv blokiga tizimlarning holati haqida doimiy ravishda axborotlar yuborib turadi.
Boshqaruv blokiga turli tizimlarning normal ishlashi uchun maqbul dasturlar kiritilgan boshqaruv blokida tizimlardan kelayotgan signallar dastur ko’rsatkichlar bilan solishtiriladi. Kelayotgan signallar bilan dastur ko’rsatkichlari orasida farq bo’lgan taqdirda, boshqaruvga tegishli tuzatmalar kiritiladi va shu tizimga uzatiladi.
Elektron boshqaruv bloki;
o’t oldirish tizimi; - salt yurish tizimi;
karterni shamollatish tizimi; - bug’ yutgichlari tizimi;
yonilg’i bug’larini yutgichi; - rul boshqarmasining gidrokuchaytirgichi;
havo kondentsionerini boshqarish tizimi;
faralarni boshqarish tizimi va boshqalarni boshqaradi.
Elektron boshqaruv bloki yordamida salt yurish tizimini boshqarish uchun drossel to’siqchasi korpusiga, drossel to’siqchasi holatini aniqlovchi datchik o’rnatilgan (1-rasm). Datchik boshqaruv blokiga doimiy ravishda signallar yuborib turadi. Boshqarish esa salt yurish klapani orqali amalga oshiriladi. Boshqa tizimlar ham shu yo’sinda boshqariladi.
16-mavzu. Kommutatsiya jihozlari, o’tkazgich simlar va saqlagichlar. (2 soat)
Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 45-50 nafar
|
1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Kirish, vizual ma’ruza
|
Ma’ruza
mashg’ulotining
rejasi
|
1.Avtomobillarda qo’llaniladigan o’chirgichlar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko’rinishdagi kommutatsiya jihozlarining turlari.
2.Elektr jihoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning turlari.
3.Past va yuqori kuchlanishli o’tkazgich simlarning texnik tavsifnomalari.
4.Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan himoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar bloki.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Kommutatsiya jihozlari, o’tkazgich simlar va saqlagichlar” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- Avtomobillarda qo’llaniladigan o’chirgichlar, rele va boshqa ko’rinishdagi kommutatsiya jihoz-larining turlari bilan tanishtirish;
- Elektr sxemalarida ishlatiladigan ulagich-larning turlarini o’ziga xos tomonlarini tushuntirish;
- Past va yuqori kuchlanishli o’tkazgich simlarning texnik tavsifnomalarini o’rgatish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- Avtomobillarda qo’llaniladigan o’chirgichlar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko’rinishdagi kommutatsiya jihozlarining turlarini izohlaydi;
- Elektr jihoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning turlari ga ta’rif beradi;
- Past va yuqori kuchlanishli o’tkazgich simlarning texnik tavsifnomalarini tavsiflaydi;
- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;
- Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan himoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar blokiga o’rganadi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.
|
O’qitish shakli
|
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (16-mashg’ulot)
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
| 2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: Avtomobillarda qo’llaniladigan o’chirgichlar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko’rinishdagi kommutatsiya jihozlarining turlarini bilasizmi ? Elektr jihoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning turlariga bilasizmi ? 2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Avtomobillarda qo’llaniladigan o’chirgich-lar, almashlab ulagichlar, rele va boshqa ko’rinishdagi kommutatsiya jihozlarining turlarini tushuntiradi. 2.3. Elektr jihoz sxemalarida ishlatiladigan ulagichlarning tizimlari tushuntiradi.
2.4. Past va yuqori kuchlanishli o’tkazgich simlar-ning texnik tavsifnomalarini tushuntiradi.
2.5.Avtomobil elektr zanjirlarini avariya rejimlaridan himoya qilish usullari. Rele va saqlagichlar blokii tushuntirib beradi.
|
2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.
O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.
2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Kommutatsiya jihozlari, o’tkazgich simlar va saqlagichlar”ga klaster usullardan foydalanib vazifa qilib beradi.
|
3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Ilova
Kommutatsiya jihozlari, o’tkazgich simlar va saqlagichlar.
Avtomobil elektr toki bilan ta’minlash tizimi sxemasidan foydalanish usullari.
UZDAEWOO avtomobillarining har birida elektr tizimini o’ziga xos belgilari bo’lib, sxemasi turlichadir. Vertikal chiziqlar bilan elektr tokining ta’minoti iste’molchigacha eng qisqa yo’l bilan ko’rsatilgan bo’lib, bu o’rganish va tekshirishga qulaylik yaratadi.
Sxemani o’qishni osonlashtirish uchun akkumulyator batareyasidan keladigan o’zgarmas tok o’tkazgichi 30 raqamida, birinchi va ikkinchi gorizontal chiziqlar bilan berilgan.
Uchinchi va to’rtinchi gorizontal chiziqlar 15 va 15 A raqamida belgilanib, ulanish orqali ya’ni o’t oldirish qulfini II va III holatida tok uzatiladi. Avtomobilning yoritish tizimi esa 58 raqami bilan belgilangan, beshinchi gorizontal chiziq orqali bog’lanadi. Elektr jihozlarining barcha elementlari shartli belgilar bilan belgilanishi qabul qilingan. Uni A35 modulda berilgan jadvaldan foydalanish mumkin. Avtomobilning elektr jihozlariga TXK da odatda tester yordamida nosozlik aniqlanib, uzilgan simlar kavsharlanib, himoyalovchi tasma bilan ishonchli qilib himoyalanadi. Tutashishlar tozalanadi va yaroqsiz lampa, rele va boshqalar almashtiriladi. Bu ishlar avtomobilning o’zida bajariladi. Lekin nosozliklarni bartaraf etish imkoniyati bo’lmasa, elektr jihozlarni tekshirish uchun yechib olinadi va har tomonlama tekshiriladi. Bu jarayonlar A.66, A.67, A.68, A.69, A.70, A.71 va A.72 modullarda alohida berilgan.
Endi biz oddiy sxema orqali tok o’tkazish simidan to iste’molchigacha bo’lgan elektr zanjirini tekshirish usulini o’rganamiz. Buning uchun MATIZ avtomobilining orqaga harakatlanganida yorituvchi chiroqni sxema bo’yicha texnik holatini baholash ketma-ketligini ko’rib chiqamiz.
Avtomobilning elektr toki bilan ta’minlash tizimini nosozliklarini aniklash. (MATIZ avtomobili misolida)
1-ish: Avtomobilning orqaga harakalanganda yonish chirog’ini tekshirish
1-sxema. Avtomobilni orqaga harakatlanganda yoritish chirog’ini elektr sxemasi
Izoh: Sxemadan oson foydalanish uchun shartli ravishda I dan VI gacha belgilab qismlarga bo’lingan.
Saqlagichlar
Saqlagichlar elektr jihozlarni ortiqcha yuklama va qisqa tutashishdan saqlashga xizmat qiladi. Avtotraktor elektr jihozlarida eruvchan va termobimetall saqlagichlar ishlatiladi. Eruvchan saqlagichlar ko’pchilik traktor, kombayn va avtomobillarga o’rnatiladi.
Eruvchan saqlagichlar bloki (1-rasm) prujinali stoykalar, asos, qisma, tekstolit tutqich va qopqoqdan tuzilgan. Tutqichga eruvchan quyma, quyma uchun ehtiyot o’tkazgich va prujinaviy egma mahkamlangan. Yaxlit asosda o’rnatilgan bir nechta tutqichlar saqlagichlar blokini qosil qiladi. Eruvchan kuyma yaltiratilgan, diametri 0,26 mm li mis sim bo’ladigan iborat bo’lib, u 10 A gacha tokka mo’ljallangan.
1a-rasm. Termobimetall saqlagichlar. 1b,v-rasm. Eruvchan saqlagich bloki.
“Sinkveyn” metodi
“Sinkveyn” metodi- axborotlarni qisqacha bayon qilish, murakkab g’oyalarni, sezgilarni, tasavvurlarni bir necha so’zlar vositasida bayon qilish imkoniyati borasidagi muhim malakadir. Bu boy tushunchalar zahirasi asosidagi o’ylangan refleksiyani talab qiladi. Sinkveyn bu she’r bo’lib, u biror voqea munosabati bilan yoziladigan yoki reflektsiya qilinadigan qisqa ifodalarda axborot va materiallarning sintezlanishini talab etadi.
Sinkveyn so’zi frantsuzcha so’z bo’lib, besh degan tarjimani beradi. Demak, sinkveyn besh qatordan iborat qofiyaga tushmagan she’rdir.
Sinkveynni yozib chiqish qoidasi quyidagicha:
1. Birinchi qatorda bir so’z bilan mavzu yoziladi (odatda ot turkumiga oid so’z bilan).
2. Ikkinchi qatorda mavzu ikki so’z bilan tavsif qilinadi (sifat turkumiga, oid ikki so’z bilan).
3. Uchinchi qatorda ushbu mavzu bo’yicha xatti-harakatlar uch so’z bilan tavsif etiladi.
4. To’rtinchi qatorda temaga aloqadorlikni ko’rsatuvchi 4 so’zdan iborat gap (ibora) yoziladi.
5. Beshinchi qatorda birinchi so’zning sinonimi yoziladi.
Tajriba mashg’ulotlari. (17 soat)
“Elektrotexnika va avtomobillarning elektr jihozlari” fanidan tajriba mashg’ulotlarini o’qitish texnologiyasi
1-mavzu. Akkumlyator batareyasining texnik holatini aniqlash. Volt’- amper tavsifnomasini olish. (2 soat)
Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 13-25 nafar
|
1.1. Tajriba mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.
O’quv mashg’ulotining shakli
|
Kirish, vizual ma’ruza
|
Tajriba mashg’ulotining maqsadi
|
1. Akkumulyator batareyasini tuzilishi va ishlashi haqida
bilimlarini mustahkamlash. 2. Tekshiriladigan akkumulyator batareyasini turi va belgilanishini o’rganish. 3. To’liq zaryadlangan
va zaryadsizlanganda elektrolitni zichligini o’rganish. 4. NIIAT-AG yoki AZ-3 yuklanish vilkasi ishlatishni o’rganish. 5.Elektrolitlar tarkibini o’rganish. 6. Vol’timetrlarni ishlashini o’rganish.
7. Kuchlanish bo’yicha akkumulyator batareyasini holatini aniqlash.
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Akkumlyator batareyasining texnik holatini aniqlash. Volt’- amper tavsifnomasini olish” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.
|
Pedagogik vazifalar:
- Avtomobillarda ishlatiladigan akkumulatorlarni turlari bilan tanishtirish;
- Akkumulatorlarni zaryad qilishni o’ziga xos tomonlarini tushuntirish;
- Volt’- amper tavsifnomasini olish texnik tavsifnoma-larini o’rgatish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
- Akkumulyator batareyasini tuzilishi va ishlashi
haqida bilimlarini izohlaydi;
- Akkumulyator batareyasini tuzilishi va turlariga ta’rif beradi;
- Volt’- amper tavsifnomasini olish texnik tavsifnomalarini tavsiflaydi;
- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;
- Elektrolit tayyorlash, iqlim sharoitiga moslashni o’rganadi. Zaryadlash va razryadlash haqida o’rganadi.
|
O’qitish uslubi va texnikasi
|
Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.
|
O’qitish vositalari
|
Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.
|
O’qitish shakli
|
Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.
|
Tajriba mashg’ulotining texnologik kartasi (1-mashg’ulot)
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish
(10 min.)
|
1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.
|
1.1. Eshitadi, yozib oladi.
|
2-bosqich.
Asosiy
(60 min.)
| 2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: Avtomobillarda ishlatiladigan akkumulatorlarning turlarini bilasizmi ? Akkumulatorlarni belgilanishini bilasizmi ? 2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Avtomobillarda ishlatiladigan akkumulatorlarni turlarini tushuntiradi. 2.3. Avtomobillarda ishlatiladigan akkumulatorlarning zaryadlashni tushuntiradi.
2.4. Volt’- amper tavsifnomasini olishni texnik tavsifnomalarini tushuntiradi.
2.5. Elektroilt tayyorlashni turli usullari. Yuklanish vilkasi bilan ishlashni tushuntirib beradi.
|
2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.
O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.
2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.
2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.
2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.
|
3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Akkumlyator batareyasining texnik holatini aniqlash”ga klaster usullardan foydalanib vazifa qilib beradi.
|
3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.
3.2. Topshiriqni yozib oladi.
|
Adabiyotlar:
1.G’.Maxmudov.Avtomobillarning elektr va elektron jihozlari.T,Istiklol,2011 y;
2.Yutt V.E. Elektrooborudovanie avtomobiley. M: Transport, 2006y;
3.Tiko avtomobilining tuzilishi, nosozliklarini aniqlash, ta’mirlash. T, O’qituvchi, 2001 y;
4.O’z DEWOOavto tuzilishi bo’yicha ko’rgazmali qurollar to’plami. T,TAYI,2001 y;
5.O’z Otayo’l avto tuzilishi bo’yicha ko’rgazmali qurollar to’plami. T, TAYI, 2001 y.
6.Galkin Yu.M. Elektroborudovanie avtomobiley i traktorov. M:. «Mash-e», 2008 g;
|