• NAMANGAN - 201
  • « Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari » fanidan ta’lim texnologiyasining kontsnptual asoslari
  • « Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari »
  • Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi.
  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
  • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish
  • O’qitish usullari va texnikasi
  • O’qitishni tashkil qilish shakllari
  • O’zaro aloqa vositalari
  • Monitoring va baholash.
  • Ma’ruza mashg’ulotlari. (34 soat)
  • Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
  • O’quv mashg’ulotining maqsadi
  • O’quv faoliyatining natijalari
  • Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (1-mashg’ulot)
  • O’qituvchi T alaba
  • Ilova Kirish. El e ktr jihozlarini transport vositalarining samarali ishlashidagi ahamiyati va o’rni .
  • Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari




    Download 9,22 Mb.
    bet1/7
    Sana27.12.2019
    Hajmi9,22 Mb.
    #5732
      1   2   3   4   5   6   7



    O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
    NАMАNGАN DAVLAT UNIVERSITETI

    Kasb ta’limini o’qitish metodikasi kafedrasi
    IBROXIMOV M.A
    ELEKTROTEXNIKA, ELEKTRONIKA VA ELEKTR YURITMALARI “

    Fanidan


    MA’RUZALAR MATNI




    NAMANGAN - 2019

    Ushbu Ma’ruzalar matni 5310600-Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiya yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, u shu yo’nalishni Davlat ta`lim standarti, o’quv rejasi va fan dasturi asоsida tayyorlandi.

    Mаzkur uslubiy ko’rsаtmа tаlаbаlаrni «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fаnining trаnspоrt vоsitаlаrini tuzilishi bo’yichа оlgаn nаzаriy vа аmаliy bilimlаrini mustаhkаmlаsh, ko’rish vа tushinish hаmdа tаlаbаlаrni аdаbiyotlаrdаn fоydаlаnish ko’nikmаsini rivоjlаntirаdi.

    Tuzuvchi: o.qit. M.A.Ibrohimov

    Tаqrizchi: А.Normirzayev - NаmMQI, “YeUTT”

    kаfеdrаsi dоsеnti, t.f.n.


    Ushbu uslubiy ko’rsаtmа Kasb ta.limini o’qitish metodikasi kаfеdrаsining “__” ___ 2019 yildаgi yig’ilishidа (mаjlis bаyoni №__) ko’rib chiqilgаn vа mа’qullаngаn.






    NаmMQI ilmiy-uslubiy kеngаshining «___» ______2019 yil qo’rib chiqildi, chоp etishgа vа fоydаlаnishgа ruхsаt bеrildi. (ro’yхаt rаqаmi №___)
    KIRISH

    Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o’z oldiga ezgu va ulug’ maqsadlar qo’yib, tinch - osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o’z kuch imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo’lida ulkan natijalarni kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.

    Biz o’z taqdirimizni o’z qo’limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va obod va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yulda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro jamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz. Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bulmasligi, farzandlarimizning bizdanda kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, xech shubxasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi.

    O’zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohatlarning maqsadi inson va uning manfatlari, uning xavfsizligi va farovonligini ta’minlash hamda barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgandir. O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyingi qisqa vaqt ichida bosib o’tgan taraqqiyot yo’li asrlarga arzigulik mazmun va mohiyat kasb etmoqda.

    Ma’lumki, taraqqiyotni harakatga keltirish va turmushda ro’y berayotgan jarayonlarga o’z ta’sirini o’tkazishda jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy yangilanishining muhim sub’ekti bo’lgan yoshlarni barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalasi muhim ahamiyatga ega.

    Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg’or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o’qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta’minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama rivojlangan shaxs - fuqaroning tashkil topishini ko’zda tutadi. Bu ushbu ta’lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta’lim xizmatlarining iste’molchisi, buyurtmachisi sifatida va xuddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi.

    Bizga ma’lumki, O’zbekiston hukumati, shaxsan muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, ayniqsa, so’ngi yillarda ma’naviyat va ma’rifat masalalariga, ta’lim tizimini takomillashtirib, uni jahon andozalariga muvofiqlashtirish bo’yicha ibratli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

    Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzuliksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Respublikamizda “Ta’lim to’g’risidagi” gi Qonun va ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

    Ta’lim mazmunini isloh qilib, uni jahon ta’lim standartlariga muvofiqlashtirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etishga alohida e’tibor berilgan. Xususan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida «O’quv jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash» zarurligi ham alohida ko’rsatib o’tilgan.

    Ma’lumki, uzluksiz va uzviylik ta’lim tizimida ortiqcha takroriylikka chek qo’yib, avvalo, jamiyatning ma’naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning ijtimoiy va ilmiy- texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Innovatsion pedagogik texnologyalarning rivojlanishi va ularning o’quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog – o’qituvchi o’z kasbiy tayyorgarligini, pedagogik mahoratini rivojlantirib borishni talab etadi.

    Uzluksiz ta’lim chuqur, har taraflama asosli ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, uslub, vosita, usul va yo’nalishlarining mukammal uyg’unligidan iboratdir. Uzluksiz ta’lim sifatini turli komponentlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorligi, muayyan uslublar va usullarni ta’lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishini ta’minlaydi.

    Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o’quvchining dasturiy bilim, tasavvur va ko’nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlash, o’quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi, zamonaviy pedagog texnologiyalarining o’quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda.

    Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin takomillashib borayotgan axborot-ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun, ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.

    O’zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidan borayotgan bir paytda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keliruvchi kuchi har tomonlama rivrjlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir.

    Mamlakatimiz rivojlanishining muhim sharti zamonaviy iqtisodiyot, fan, madaniyat, texnika, texnologik rivoj asosida kadrlar tayyorlashning takomillashgan tizimini amal qilishiga erishishdir.


    «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fanidan ta’lim texnologiyasining kontsnptual asoslari


    1. «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fanining dolzarbligi va ahamiyati.

    «Elektrotexnika va avtomobillarning elektr jihozlari» fanini o’qitishda bakalavr faoliyatining asosiy maqsadi avtomobilni elektr jihozlarini muntazam ravishda o’rganish, qulay va samarali bo’lishini ta’minlash hamda tashkiliy tadbirlarni tuza bilish va ularni amalga oshirishdan iboratdir. «Elektrotexnika va avtomobillarning elektr jihozlari» fanini o’qitish jarayonida talabalarga Avtomobilning elektr jihozlarini (tuzilishi, turlari, ishlashi) sifatida avtomobilni elektr jihozlarini ish faoliyat ko’rsatishlari uchun zarur nazariy bilimlar hamda amaliy ko’nikmalar o’rgatiladi.

    Ushbu fanni o’rganayotgan talabalar quyidagi fanlarni chuqur o’zlashtirgan bo’lishlari kerak: «Oliy matematika», «Fizika», «Kimyo» «Informatika», «CHizma geometriya», «Nazariy mexanika», «Materiallar qarshiligi», «Transport vositalarining tuzilishi», «Elektr texnikasi va elektronika», «Issiqlik texnikasi», «Ichki yonuv dvigatellari» «Avtomobilni boshqarish» va h.k.

    «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fanini o’qitish jarayonida kompyuter va zamonaviy elektron o’quv texnologiyalarini qo’llash, amaliy mashg’ulotlarda talabalar ko’cha yo’l sharoitlarida yo’l harakati qoidalarining bandlari bo’yicha berilgan masalalarni yecha olishga o’rganadilar.

    «Elektrotexnika va avtomobillarning elektr jihozlari» fani hisoblanib, 6-semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, kimyo, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari; mashina va mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; gidravlika va gidromashinalar; elektr yuritma, elektr mashinalar va h.k.) fanlaridan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi.

    «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fanini o’zlashtirish uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar hamda real holatdagi transportlarining elektr jihozlarini video yozuvlari va foliyalardan foydalaniladi.

    Davlat ta’lim standartida bakalavrning tayyorgarlik darajasiga quyidagi talablar qo’yilgan.



    Bakalavr:

    - dunyo qarash tavsifidagi bilimlar tizimini egallagan bo’lishi; gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asosini, davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi; ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qilish qobiliyatiga ega bo’lishi;

    - Vatan tarixini bilishi; milliy va umuminsoniy qadriyatlar bo’yicha o’z nuqtai nazarini bayon etishi va ilmiy asoslay olishi, milliy g’oya asosida faol hayotiy o’rinni egallashi;

    - tabiat va jamiyatda yuz berayotgan jarayonlar va hodisalar haqida yaxlit tasavvurga ega bo’lishi, tabiat va jamiyat rivojlanishi haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olishi;

    - insonlar orasidagi jamiyatga, atrof-muhitga bo’lgan munosabatini tartibga soluvchi huquqiy va axloqiy me’yorlarni kasbiy faoliyatda hisobga ola bilishi;

    - axborotni to’plash, tahlil qilish, saqlash, ularga ishlov berish va unumli foydalanish metodlarini egallash; o’zining kasbiy faoliyatida asosli mustaqil fikrlash va kerakli qarorlar qabul qila olishi;

    - bakalavriatning mos yo’nalishi bo’yicha raqobatbardosh umumkasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishi;

    - yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtira olishi, o’zini takomillashtirish va o’z mehnatini ilmiy asosda tashkil qila bilishi;

    - sog’lom turmush tarzini shakllantirish, jismonan baquvvat va sport bilan shug’ullanib borish zarurati haqida ilmiy tasavvurga va e’tiqodga ega bo’lishi;

    - kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishi kerak.



    «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fani o’qituvchisi doimo o’z pedagogik mahoratini oshirib, uni san’at darajasiga yetkazib borishi kerak. O’z fikrini tushunarli, ko’rgazmali ifodalay bilishi, jahon va mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi voqealarga o’z munosabatini bildirishi, ta’lim berishga ijodiy yondoshuvni rivojlantirib borishi kerak.

    O’qituvchining ijodiy yondoshuvi talaba tomonidan yo’l harakati qoidalari va xavfsiz harakatlanish asoslarini o’rganishga ijodiy yondoshuvining bevosita shartidir.

    Odatdagi ma’ruza darslarining an’anaviy tarzda, ilg’or pedagogik usullarsiz olib borilishi talabadan faollik talab qilmaydi. Darsni o’zlashtirish ham osonday tuyuladi, fanga nisbatan qiziqish uyg’onmaydi. Muammoli holatlarning yaratilishi, aniq misollar yordamida masalalarning yechilishi, talabani fanga qiziqtirish, uning faolligini oshirib, kengroq fikrlashga, maqsadga qarab intilishga, kerakli bilim va ko’nikmalar hosil qilishga yordam beradi.

    Respublikamizda yetakchi olimlar tomonidan bu sohada munosib ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent avtomobil-yo’llar institutida chop etilayotgan yangi darsliklar, o’quv qo’llanmalar talaba va o’qituvchilarning bu boradagi ehtiyojlariga qaratilgan.


    2. «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fani bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari

    Ta’lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu yo’nalishning o’ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e’tibor berish orqali namoyon bo’ladi.



    SHulardan kelib chiqqan holda «Elektrotexnika va avtomobillarning elektr jixozlari» kursining ta’lim texnologiyalarini loyihalashtirishda quyidagi asosiy kontseptual yondashuvlarga e’tibor berish kerak.

    Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi. O’z mohiyatiga ko’ra bu yo’nalish ta’lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to’laqonli rivojlanishini ko’zda tutadi. Bu esa Davlat ta’lim standarti talablariga rioya qilgan holda talabaning intellektual rivojlanishi darajasiga yo’naltirilib qolmay, uning ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi.

    • Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam qilishi zarur: jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o’zaro aloqadorligi, yaxlitligi.

    • Amaliy yondashuv. SHaxsda ish yuritish xususiyatlarini shakllantirishga ta’lim jarayonini yo’naltirish; o’quvchi faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo’yadi.

    • Dialogik yondashuv. Ta’lim jarayonidagi ishtirokchi sub’ektlarning psixologik birligi va o’zaro hamkorligini yaratish zaruratini belgilaydi. Natijada esa, shaxsning ijodiy faolligi va taqdimot kuchayadi.

    • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub’ektlar munosabatida o’qituvchi va o’quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko’zda tutadi.

    • Muammoli yondashuv. Ta’lim jarayonini muammoli holatlar orqali namoyish qilish asosida o’quvchi bilan birgalikdagi hamkorlikni faollashtirish usullaridan biridir. Bu jarayonda ilmiy bilishning ob’ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo’llash ta’minlanadi.

    • Axborot berishning eng yangi vosita va usullaridan foydalanish, ya’ni o’quv jarayoniga komp’yuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish.

    Yuqoridagi kontseptual yondashuv va “Harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” fanining tarkibi, mazmuni, o’quv axborot hajmidan kelib chiqqan holda o’qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi.

    • O’qitish usullari va texnikasi: muloqot, keys stadi, muammoli usul, o’rgatuvchi o’yinlar, “aqliy hujum”, insert, “Birgalikda o’rganamiz”, pinbord, ma’ruza (kirish ma’ruzasi, vizual ma’ruza, tematik, ma’ruza-konferentsiya, aniq holatlarni yechish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy).

    • O’qitishni tashkil qilish shakllari: frontal, kollektiv, guruhiy, dialog, polilog va o’zaro hamkorlikka asoslangan.

    • O’qitish vositalari: odatdagi o’qitish vositalari (darslik, ma’ruza matni, tayanch konspekti, kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, komp’yuter va axborot texnologiyalari.

    • O’zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o’qitishning diagnostikasi (tashxisi).

    • Boshqarishning usuli va vositalari. O’quv mashg’ulotini texnologik karta ko’rinishida rejalashtirish o’quv mashg’ulotining bosqichlarini belgilab, qo’yilgan maqsadga erishishda o’quvchi va o’qituvchining hamkorlikdagi faoliyatini talabalarning auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarini aniqlab beradi.

    Monitoring va baholash. O’quv mashg’uloti va butun kurs davomida o’qitish natijalarini kuzatib borish, o’quvchi faoliyatini har bir mashg’ulot va yil davomida reyting asosida baholash.
    Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari:



    Ma’ruza shakllari

    O’ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari

    1

    2

    3

    1

    Kirish ma’ruzasi

    Fan to’g’risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo’nalishlar beradi.

    Pedagogik vazifasi: Talabani ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o’rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo’nalishini belgilash, tavsiya qilingan o’quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash



    2

    Ma’ruza axborot

    Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: O’quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.

    3

    SHarhlovchi ma’ruza

    Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o’zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo’limlarining kontseptual asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: Ilmiy bilimlarni tizim-lashtirishni amalga oshirish, fanlarning o’zaro aloqadorligini ochish.

    4

    Muammoli ma’ruza

    Yangi bilimlar qo’yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o’quvchining o’qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo’yish va uni yechimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish.

    5

    Vizual ma’ruza

    Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotlarini o’qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.

    6

    Binar (ikki kishilik) ma’ruza

    Bu ma’ruza ikki o’qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyondasining, o’qituvchi-talabaning dialogidan iborat.

    Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotlarining mazmunini yoritish.



    7

    Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza

    Xatolarni izlashga mo’ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma’ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o’tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi. Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma’lumotni doimiy nazorat qilishga talabalarni rag’batlantirish.

    8

    Ma’ruza konferentsiya

    Avvaldan qo’yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o’quv dasturi chegarasida o’tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har tomonlama yoritishga qaratilishi kerak. Mashg’ulot oxirida o’qituvchi mustaqil ishlar va talabalarning ma’ruzalarga yakun yasab, to’ldirib, aniqlashtirib xulosa qiladi. Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotning mazmunini yoritish.

    9

    Maslahat ma’ruza

    Turli stsenariylar yordamida o’tishi mumkin. Masalan, 1) «Savol-javob» - ma’ruzachi tomonidan butun kurs bo’yicha yoki alohida bo’lim bo’yicha savollarga javob beriladi.

    2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi.

    Pedagogik vazifasi: yangi o’quv ma’lumotni o’zlashtirishga qaratilgan.


    Ma’ruza mashg’ulotlari. (34 soat)

    «Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari» fanidan ma’ruza va tajriba mashg’ulotlarini o’qitish texnologiyasi



    1-mavzu. Kirish. Elektr jihozlarini transport vositalarining samarali ishlashidagi ahamiyati va o’rni. (2 soat)

    Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Vaqti – 2 soat

    Talabalar soni: 45-50 nafar

    1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

    O’quv mashg’ulotining shakli





    Kirish, vizual ma’ruza


    Ma’ruza mashg’ulotining

    rejasi

    1.O’zbekistonda avtomobil sanoatini rivojlanishining ahvoli va istiqbollari. Elektr va elektron jihozlarining avtomobillarni ishlash unumdorligini oshirish, yonilgi sarfini va atrof muhitga zararli ta’sirini kamaytirish, harakat xavfsizligini oshirishdagi tutgan o’rni.

    2.Transport vositalarini elektr jihozlarining rivojlanish istiqbollari, bu sohada ilm-fan va texnika yutuqlari.

    3. Elektr jihozlarning avtomobilda ishlash sharoitlari. Elektr va elektron jihozlarni turli sharoitlarga moslab chiqarilishi va ularga qo’yiladigan Davlat standartlarining talablari.

    4. Transport vositalarini elektr jihozlarining umumiy sxemasini alohida funktsional tizimlarga bo’linishi.



    O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Elektrotexnika va avtomobillarning elektr jihozlari” fanining predmeti va bilish usullari, boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

    Pedagogik vazifalar:

    -fanning predmetini tushuntirish;

    - avtomobilni elektr jihozlari tushun-chalar bilan tanishtirish;

    -elektr jihozlarning vazifalarini tushun-tirish;



    -E va AEJni ishlashini o’rgatish.

    O’quv faoliyatining natijalari:

    Talaba:


    - fanning predmetini izohlaydi;

    - avtomobilni elektr va elektron jihozlariga ta’rif beradi;

    - avtomobilda elektr jihozlarini vazifalarini tavsiflaydi;

    - elektr jihozlariga ta’sir etuvchi asosiy omillarga ta’rif beradi;

    - ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

    - “Transport vositalarining elektr va elektron jihozlari” fanining boshqa fanlar bilan o’zaro aloqasini va uni fanlar ichida tutgan o’rnini tushuntirib beradi.



    O’qitish uslubi va texnikasi

    Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

    O’qitish vositalari

    Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

    O’qitish shakli

    Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

    O’qitish shart-sharoiti

    Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


    Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (1-mashg’ulot)

    Bosqichlar, vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O’qituvchi

    Talaba

    1-bosqich. Kirish

    (10 min.)



    1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

    1.1. Eshitadi, yozib oladi.

    2-bosqich.

    Asosiy


    (60 min.)

    2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi:

    - Transport vositalarining elektr va elektron jihozlari bo’yicha Vena shartnomasida qanday masalalar ko’rildi?

    - Tok manbalari va istemolchilarni o’qitishda atama va tushunchalar nima uchun kerak?

    - Amaldagi avtomobillarni elektr jihozlari qachon paydo bo’lgan ?



    2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Transport vositalarining elektr jihozlarini asosiy atama va tushunchalarni tushuntiradi.

    2.3. Elektr jihozlarini vazifalarini, majburiyatlarini tushuntiradi.

    Elektr jihozlarini turli sharoitda ishlashi tushuntiradi.



    2.4. Elektr jihozlarning avtomobilda ishlash sharoitlarini tushuntirib beradi.

    2.5. Elektr va elektron jihozlarni turli sharoitlarga moslab chiqarilishi va ularga qo’yiladigan Davlat standartlarining talablarini tushuntirib beradi .

    2.6. Avtomobillarini elektr jihozlarining umumiy sxemasini alohida funktsional tizimlarga bo’linishini tushuntirib beradi.


    2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

    O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.



    2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.

    2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.

    2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

    3-bosqich.

    Yakuniy


    (10 min.)

    3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Elektr jihozlarini avtomobillarning samarali ishlashidagi axamiyati va o’rni”ga klaster tuzishni vazifa qilib beradi.


    3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

    3.2. Topshiriqni yozib oladi.


    Ilova

    Kirish. Elektr jihozlarini transport vositalarining samarali ishlashidagi ahamiyati va o’rni.

    Klаstr metodi.



    Bilimlаrni fаollаshtirishgа yo’nаltirilgаn, fikrlovchi jаrаyon mаvzu bo’yichа yangi аssotsiаtiv tаsаvvurni erkin vа ochib jаlb qilishgа yordаm berаdi. O’quv mаshg’ulotining hаmmа bosqichlаridа qo’llаnilаdi.

    Avtomobillarning elektr jihozlari asboblari vazifasiga qarab elektr energiya (elektr toki) manbalari gruppasiga va iste’molchilar gruppasiga bo’linadi. Elektr toki manbalari, elektr energiyasini boshqa turdagi energiyadan ya’niy mexanikaviy yoki kimyoviy energiyani aylantirish yo’li bilan hosil qiladi. Iste’molchilar qabul qilgan energiyani o’z navbatida yorug’lik, mexanikaviy, issiqlik energiyasiga aylantirib beradi. Avtomobillarda asosan generatorlar, akkumulyatorlar batareyasi, elektr energiya manbalari sifatida foydalaniladi.



    Elektr ta’minot tizimi

    O’t oldirish

    tizimi


    IYoDni ishga

    tushirish tizimi









    Transport vositalarining elektr jihozlari




    Ёритиш ва хабар бериш тизими





    Nazorat-o’lchov

    asboblari va

    diagnostika





    Qulaylik yaratuvchi

    asboblar tizimiми





    O’tkazgich va kommutatsiya

    jihozlari




    Dvigatel va

    transmissiyani

    avtomatik boshqarish




    Download 9,22 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 9,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari

    Download 9,22 Mb.