• 5-mavzu. Ichki yonuv dvigat e llarini ng ishga tushirish tizimi . ( 2 soat)
  • O’quv mashg’ulotining maqsadi
  • O’quv faoliyatining natijalari
  • Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (5-mashg’ulot)
  • O’qituvchi T alaba
  • Ilova Ichki yonuv dvigat e llarini ng ishga tushirish tizimi .
  • Startyrlarni tuzilishi va ishlash printsipi ” mavzusiga Venn diagrammasi qo’llash
  • Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari




    Download 9,22 Mb.
    bet4/7
    Sana27.12.2019
    Hajmi9,22 Mb.
    #5732
    1   2   3   4   5   6   7

    Indikator qora rangda bo’lib, o’rtasida yashil rangda nuqta hosil bo’lsa, akkumulyator to’yingan va ishlatish mumkinligidan dalolat beradi;

    Indikator qora rangda, o’rtasida to’q yashil rangda nuqta hosil bo’lsa, akkumulyatorga texnik xizmat ko’rsatish zarurligidan dalolat beradi;

    Indikator rangsiz yoki och sariq rangda bo’lsa, akkumulyatordagi elektrolit sathini kamayib ketganidan dalolat beradi. Bu turdagi akkumulyator batareyaning qopqog’ida elektrolit yoki distillangan suv quyish uchun qopqoqlar o’rnatilmagan bo’lib, faqat gaz chiqarish uchun ikkita shamollatish teshiklariga ega.

    Ishqorli akkumulyatorlar batareyasi

    Ba’zan avtomobillarga ishqorli temir-nikelli akkumulyatorlar batareyasi o’rnatiladi. Ularning qo’rg’oshinq kislotali akkumulyatorlar batareyasiga nisbatan afzalliklari quyidagilardan iborat: mexanikaviy mustahkamligi (baklar po’latdan yasalgan), qisqa tutashish va ortiqcha zaryadsizlanishga sezgir emas, o’z-o’zidan zaryadsizlanishi kichikroq; tez zaryadlanuvchan. Kamchiliklari: massasi og’ir, ya’ni o’lchamlari o’zgarmagan holda kislotali akkumulyator batareyalariga nisbatan ikki marta og’ir, qimmatga (akkumulyator tarkibiga kiruvchi nikel qimmatbaho metalldir) tushadi.

    5-mavzu. Ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimi. (2 soat)

    Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Vaqti - 2 soat

    Talabalar soni: 45-50 nafar

    1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

    O’quv mashg’ulotining shakli





    Kirish, vizual ma’ruza


    Ma’ruza mashg’ulotining rejasi

    1.Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlili. Startyorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlari.

    2.Dvigatelni ishga tushirish sharoitlari. IYoD tirsakli valning aylanishga qarshilik momenti.

    3.Sovuq xolatdagi IYoDni ishga tushirishning minimal aylanishlar chastotasi.

    4.Startyor elektrodvtgatelning elektromexanik tavsifnomasi.

    5.Startyor zanjirida kuchlanish pasayishining, uning elektromexanik tavsifnomasiga ta’siri. Ishga tushirish tizimini diagnostik parametrlari, ularni rostlash va ishlatish.



    O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimi” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

    Pedagogik vazifalar:

    - Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlili bilanni tanish-tirish;

    - Startyorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va kons-truktsiyasining o’ziga xos tomonlariga ta’rif berib tushuntirish;

    - Sovuq xolatdagi IYoDni ishga tushi-rishning minimal aylanishlar chasto-tasini o’rgatish.


    O’quv faoliyatining natijalari:

    Talaba:


    - Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlili izohlaydi;

    - Startyorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlariga ta’rif beradi;

    - Dvigatelni, ishga tushirish sharoitlari. IYoD tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini tavsiflaydi;

    - Sovuq xolatdagi IYoDni ishga tushirishning minimal aylanishlar chastotasi ta’rif beradi;

    - ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

    - Startyor elektrodvtgatelning elektromexanik tavsifnomasi tushuntirib beradi ;

    - Startyor zanjirida kuchlanish pasayishining, uning elektromexanik tavsifnomasiga ta’sirini tushuntirib beradi ;

    - Ishga tushirish tizimining diagnostik parametrlari, ularni rostlash va ishlatishni tushuntirib beradi .



    O’qitish uslubi va texnikasi

    Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

    O’qitish vositalari

    Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

    O’qitish shakli

    Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

    O’qitish shart-sharoiti

    Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.



    Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (5-mashg’ulot)

    Bosqichlar, vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O’qituvchi

    Talaba

    1-bosqich. Kirish

    (10 min.)



    1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

    1.1. Eshitadi, yozib oladi.

    2-bosqich.

    Asosiy


    (60 min.)

    2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: - Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlili bilasizmi ? - Startyorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va konstruktsiya-sining o’ziga xos tomonlarini bilasizmi ?

    - Dvigatelni, ishga tushirish sharoitlari qanday paydo bo’ldi ?



    2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlilini tushuntiradi.

    2.3. Startyorlarning tuzilishi, ishlash printsipi va konstruktsiyasining o’ziga xos tomonlarini tushuntiradi.

    2.4. Dvigatelni, ishga tushirish sharoitlarini tushuntiradi.



    2.5. Ichki yonuv dvigateli tirsakli valning aylanishga qarshilik momentini tushuntirib beradi.

    2.6. Sovuq xolatdagi IYoDni ishga tushirishning minimal aylanishlar chastotasini tushuntirib beradi.

    2.7. Startyor elektrodvtgatelning elektromexanik tavsifnomasini tushuntirib beradi.

    2.8. Startyor zanjirida kuchlanish pasayishining, uning elektromexanik tavsifnomasiga ta’siri. Ishga tushirish tizimining diagnostik parametrlari, ishga tushirish tizimi asboblariga xizmat ko’rsatish, ularni rostlash va ishlatishni tushuntirib beradi.



    2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

    O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.



    2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.

    2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.

    2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

    3-bosqich.

    Yakuniy


    (10 min.)

    3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Ishga tushirish tizimining tarkibiy sxemasi va tahlili”ga klaster strategiya tuzishni vazifa qilib beradi.

    3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

    3.2. Topshiriqni yozib oladi.



    Ilova

    Ichki yonuv dvigatellarining ishga tushirish tizimi.

    Avtomobil dvigatelarining ishga tushirish tizimi dvigatel tirsakli valini majburiy ravishda aylantirishni ta’minlovchi moslamalar majmuyasidan iborat. IYoDni ishga tushurish uchun mexanik startyorli, benzin dvigatelli, pnevmatik, gidropenvmatik va elektrostrtyorli tizimlar qo’llaniladi. Avtomobillarda boshqa usullarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lgan, elektrostartyorli ishga tushirish tizimi tadbiq etilgan. Bu tizim ixcham, ishlatishdagi ishonchlilik darajasi yetarli darajada yuqori va murakkab bo’lmagan elektrotexnik va elektron moslamalar yordamida dvigatelni ishga tushirish jarayonini avtomotlashtirish imkoniyati bor.

    Barcha turdagi startyorlarning elektrodvigatellari deyarli bir hil tuzilgan bo’lsa, ulardagi yuritma mexanizmlari tuzilishi va io’lashi bo’yicha bir-biridan ko’p jixatidan farq qilishi mumkin.

    Yuritma mexanizmlarining turi va ishlash printsipi bo’yicha quydagi guruhlarga ajratish mumkin.



    • yuritma shesternyasining mexanik yoki elektromexanik usuludan majburiy ravishda xarakatlantirish;

    • shesternyani elektromexanik usulda majburiy ravishda maxovikning tishli gardishiga ilashtirish va dvigatel’ ishga tushgandan keyin shesternyani avtomatik ravishda ilashuvdan chiqarish;

    • shesternyani inertsiya kuchi ta’sirida harakatlantirish;

    - shesternyani elektromagnit kuchlar ta’sirida, ya’ni elektrodvigatel’ yakorining hrakatlanishi hisobiga ilashuvga kiritish.

    Elektr startyorlarga quyidagi talablar qo’yiladi: tuzilishi oddiy bo’lishi va texnikaviy ko’rsatish osonligi, gabarit o’lchamlari kichikligi va massasining yengilligi; tayyorlash arzonligi; ishlatishda ishonchliligi va uzoqqa chidamliligi; solishtirma quvvatining kattaligi (ya’ni quvvati 1 kg massaga to’g’ri keladi), karbyuratorli dvigatellar uchun 40-50 aylmin va dizel dvigatellari uchun 80-120 aylminga teng bo’lgan ishga tushirish aylanish sonini ta’minlovchi burovchi momentning katta bo’lishi; salt yurish rejimida startyor vali aylanish sonining kichik bo’lishi va ta’minlovchi tokning kam bo’lishi.



    1 - rasm. 4216.3708-02 markadagi starter.

    1 - starterni oldingi qopqog’i ; 2 - yelkali richakni o’qi; 3 - starter korpusi; 4 - starterni tortish relesi; 5 - tortish relesini «50» chiqig’i; 6 - kontakt bolt; 7 - starterni orqa qopqog’i.




    2 - rasm. 4216.3708-02 markadagi starterni detallari.

    1 - starterni oldingi qopqog’i; 2 - uplotnitel’; 3 - erkin aylanish muftasi va shestnrnali uzatish; 4 - richak ; 5 - to’siq; 6 - torti shpilkasi; 7 - shtok; 8 - starterni tortish relesi; 9 - sozlash shaybasi; 10 - yakor valini qopqog’i; 11 - qotirish halqa; 12 - starterni orqa qopqog’i; 13 - shetka ushlagich; 14 - starterni qobig’i; 15 - starterni yakori; 16 - yuritmani o’qi; 17 - to’htatadigan halqa ; 18 - zichlovchi halqa; 19 - shesternya aylanishini cheklovchi halqa.



    3-rasm. 4216.3708-02 markadagi starterni elektr ulanish sxemasi.



    1 - generator; 2 - akkumulyator batareyasi; 3 - starter; 4 starterni qo’shish relesi; 5 - qotirish bloki (montajnыy blok); 6 - yondirish qulifi (zamok zajiganiya)


    4-rasm. Elektromagnit ulagichli startyor sxemasi:

    1-akkuumlyator batareyasi, 2-o’chirgich, 3-elektromagnit cho’lg’ami; 4-yakor, 5-prujina, 6-richag, 7-tishli g’ildirak, 8-val, 9-maxovikning tishli gardishi, 10-elektrdvigatel, 11-elektrdvigatel kontaktlari, 12-mis shayba.

    Startyrlarni tuzilishi va ishlash printsipi” mavzusiga Venn diagrammasi qo’llash

    1. Startyrning tuzilishi va ishlash printsipi tushuntiring ?

    2. Startyrning shkivi xarakatni qaerdan oladi ?

    3. Startyrning farqlarini yozing ?

    4. Startyrning vazifasini yozing ?

    5. Startyrn qanday ish bajaradi ?

    6. Startyr qanday qismlarga ega ?

    Venn diagrammasi. Bu usul tushunchalarning ikki yoki undan ortiq tushunchalarni o’ziga xos va umumiy jixatlarin taxlil qilish va umumlashtirishda qo’llaniladi. Bunda o’ng va chap aylanalarga tushunchalarning o’ziga xos jihatlari, doiralarning kesishgan sohasiga esa, ular uchun umumiy bo’lgan jihatlar yoziladi. Masalan, «Startyrning vazifasi nima» va «Startyr qanday tok ishlab chiqadi» tushunchalari uchun Venn diagrammasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:



    Савол ?

    Savol ?

    1.Startyrning vazifasi nima ?



    2.Startyrning qanday tok ishlab chiqadi ?

    Bu kabi savollarga talabalar imkoniyatlari doirasida javob beradilar va o’qituvchi olindan 2 guruxga bo’lingan talabalarni javobini 2 ta aylana ichiga yozadi. Ularni umumiylashtirib qolgan so’zlarni aylanalar kesishgan joyni to’ldiradi, nazariy tushunchalar bilan boyitadi, talbalarga umumiy jihatlarini tahlil qilib uning xususiyatlarini keng tushuntirib beradi. Bunda talabalarni tahlil va sintez intellektuallik darajalarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi, darslikda berilgan mashqlar tizimi ustida ishlanadi, ayrim topshiriqlar dars jarayonida, ba’zilari esa uyda bajariladi.




    Download 9,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 9,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrotexnika, elektronika va elektr yuritmalari

    Download 9,22 Mb.