• 2 - mavzu. Transport vositalarining el e ktr ta’minot tizimi. (2 soat) Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
  • O’quv mashg’ulotining maqsadi
  • O’quv faoliyatining natijalari
  • Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (2-mashg’ulot)
  • O’qituvchi T alaba
  • Iloav Transport vositalarining el e ktr ta’minot tizimi.
  • Ta’lim texnologiyalari va ishlanmalar
  • Venn diаgrаmmаsi metodini
  • Generаtorlаrning tuzilishi vа ishlаsh printsipi” mаvzusigа Venn diаgrаmmаsi qo’llаsh
  • 3-mavzu. Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari. (2 soat) Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
  • Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (3-mashg’ulot)
  • Ilova Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari.
  • Ur = Er – Uo – ZIr = C·n·F – Uo – ZIr
  • Avtomobillarni elektr jixozlari 8-ta gruppaga bo’lingan




    Download 9,22 Mb.
    bet2/7
    Sana27.12.2019
    Hajmi9,22 Mb.
    #5732
    1   2   3   4   5   6   7

    Avtomobillarni elektr jixozlari 8-ta gruppaga bo’lingan.


    1-gruppa. Elektr ta’minot tizimi; Generator, kuchlanish rostlagichi, akkumlyator batareyasi .

    2-gruppa. IYoDni ishga tushirish tizimi; akkumlyator batareyasi, startyor, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslama.

    3-gruppa. O’t oldirish tizimi; Tok manbai akkumlyator batareyasi, generator, yondirish g’altagi, uzgich-taqsimlagich, tranzistorli komutator, shamlar (svechalar) .

    4-gruppa. Nazorat-o’lchov asboblari va diagnostika tizimi; Ko’rsatkichlar, datchiklar, nazoratchilar.

    5-gruppa. Yoritish va xabar berish tizimi; elektr energiyani yorug’lik energiyasiga aylantiradi (faralar, fonarlar, plafonlar, signal lampalari va boshqalar).

    6- gruppa. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi; (oynatozalagichlar, isitkich elektr dvigatellari, konditsioner, oyna ko’rargich va hokozo)

    7-gruppa. Dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi; yonilg’ini elektron boshqarish, (uzatmalar kutisini avtomatik boshkarish, EBB, ishga tushirish isitgichlari va boshqalar) .

    8-gruppa. O’tkazgich va kommutatsiya jixozlari.




    Avtomobil elektr jihozlarining umumiy sxemasi:

    1 - startyor; 2 - AB; 3 - ampermetr; 4 - generator; 5 - rele-rostlagich; 6 - o’t oldirish shamlari; 7 - taqsimlagich; 8 - uzgich; 9 - o’t oldtrish g’altagi; 10 - nazorat o’lchov asboblari; 11 - bosh yoritish faralari; 12 - faralarni almashlab ulagich; 13 - yoritish tizimining markaziy almashlab ulagich; 14 - yoritish va darak berish asboblari

    Energiyani faqat akkumulyator batareyasidan oluvchi startyor ancha kuchli elektr

    Bundan tashqari, himoya asboblari elektr jihozlarini qisqa tutashishdan saqlaydigan saqlagichlar bor.



    2 - mavzu. Transport vositalarining elektr ta’minot tizimi. (2 soat)

    Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Vaqti – 2 soat

    Talabalar soni: 45-50 nafar

    1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

    O’quv mashg’ulotining shakli





    Kirish, vizual ma’ruza


    Ma’ruza mashg’ulotining rejasi

    1. Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi va uning alohida elementlarini vazifalari. Elektr ta’minot tizimiga kiruvchi asboblarning tahlili.

    2. Generatorlarning turlari va ularning texnik tavsifnomasi. O’zgaruvchan tok generatorining tuzilishi va ishlash printsipi.

    3.Generatorda induktsiyalangan 3 fazali o’zgaruvchan tokni to’g’rilash tamoillari. To’g’rilangan tok va kuchlanishning o’rtacha qiymatlari. Generatorlarning tashqi, tok-tezlik, tezlik-rostlash, ishchi elektr tavsifnomalari.

    4. O’zgaruvchan tok generatorlarining mavjud konstruktsiyalari. Qopqoq (ixcham) tuzilishga ega bo’lgan kontaktsiz o’zgaruvchan tok generatorlari.

    5. 5. Xar-xil turdagi avtomobil generatorlarining afzallik va kamchiliklari.


    O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Transport vositalarining elektr ta’minot tizimi” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

    Pedagogik vazifalar:

    -fanning predmetini tushuntirish;

    - Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi va uning alohida element-larini vazifalarini tanishtirish;

    - Elektr ta’minot tizimiga kiruvchi asboblarning tahli-liga ta’rif berib tushuntirish;



    O’quv faoliyatining natijalari:

    Talaba:


    - Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi va uning alohida elementlarini vazifalarini izohlaydi;

    - Elektr ta’minot tizimiga kiruvchi asboblarning tahliliga ta’rif beradi;

    - Generatorlarning turlari va ularning texnik tavsifnomasi vazifalarini tavsiflaydi;

    - Generatorda induktsiyalangan 3 fazali o’zgaruvchan tokni to’g’rilash tamoillarini ta’rif beradi;

    - ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

    - Xar-xil turdagi avtomobil generatorlarining afzallik va kamchiliklari tushuntirib beradi ;




    O’qitish uslubi va texnikasi

    Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

    O’qitish vositalari

    Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

    O’qitish shakli

    Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

    O’qitish shart-sharoiti

    Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


    Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (2-mashg’ulot)

    Bosqichlar, vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O’qituvchi

    Talaba

    1-bosqich. Kirish

    (10 min.)



    1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

    1.1. Eshitadi, yozib oladi.

    2-bosqich.

    Asosiy


    (60 min.)

    2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi:

    - Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi va uning alohida elementlariga qanday tizimlar kiradi ?

    - Generatorlarning turlari va ularning texnik tavsifnomasini bilasizmi ?

    - O’zgaruvchan tok generatori qachon paydo bo’lgan ?



    2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Transport vositalarining elektr ta’minot tizimlarni tushuntiradi.

    2.3. Elektr ta’minot tizimiga kiruvchi asboblarning tahlilini tushuntiradi. Elektr jihozlarini turli sharoitda ishlashi tushuntiradi.

    2.4. Generatorlarning turlari va ularning texnik tavsifnomasini tushuntirib beradi.

    2.5. O’zgaruvchan tok generatori turli sharoitlarga moslab chiqarilishi va ularga qo’yiladigan Davlat standartlarining talablarini tushuntirib beradi

    2.6. O’zgaruvchan tok generatorlarining mavjud konstruktsiyalari. Qopqoq (ixcham) tuzilishga ega bo’lgan kontaktsiz o’zgaruvchan tok generatorlari -ni tushuntirib beradi.


    2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

    O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.



    2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.

    2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.

    2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

    3-bosqich.

    Yakuniy


    (10 min.)

    3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Generatorlarning tuzilishi”ga klaster tuzishni vazifa qilib beradi.

    3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

    3.2. Topshiriqni yozib oladi.


    Iloav

    Transport vositalarining elektr ta’minot tizimi.

    Elektr ta’minot tizimiga avtomobildagi barcha iste’molchilarni elekrt energiyasi bilan ta’milash uchun xizmat qiladi va uning tarkibiga asosan generator, kuchlanish roslagichi, AB kiradi.


    1-rasm. O’zgarmas tok generatori.



    1 - orqa qopqoq; 2 - biriktirish bolti; 3 - yakor; 4 - zichlama; 5, 14 -vintlar; 6 - sharikli podshipnik; 7 - qalpoqcha; 8 - gayka; 9 - shlitsalar; 10-izolyatsiya; 11 - g’altak; 12 - qutbli boshmoq; 13 - induktor korpusi; 15 - vint-maydon; 16 - yuritish shkivi; 17 - shponka; 18 - oldi qopqoq; 19 - qistirmali himoya lentasi.
    Generatorning tuzilishi

    Elektr toki hosil qiladigan mashina elektr generatori deb ataladi. Generatorda mexanikaviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Zamonaviy avtomobi elektr jihozlarida generator elektr energiyaning asosiy manbai hisoblanadi, bunda manba faqat iste’molchilarni tok bilan ta’minlab qolmasdan, akkumulyator batareyasini ham zaryadlaydi. Akkumulyatorlarga quyidagi talablar quyiladi: tuzilishining oddiy bo’lishi, uzoqqa chidamlilik, ishonchli ishlashi, gabarit o’lchamlari kichik va massasi yengil bo’lishi, tayyorlanishi arzonga tushishi, dvigatel sekin aylanishda ishlayotganda kerakli zaryad tokini bera olishi, aylanish chastotasi oshganda tokni o’z-o’zidan cheklay olishi

    Evropadagi generator firmalari.

    Evropada eng yetakchi avtomobillarga generator ishlab chiqadigan firmalar Bosch (Germaniya), Valeo (Frantsiya) va Magneti Marelli (Italiya).



    Masalan: Bosch firmasi Germaniyada – Mercedes, BMW, Audi, Opel, Volkswagen va xokoza., Frantsiyadagi Valeo firmasi – Peygeot, Citroen, Renault, Volvo avtomobillari uchun generator ishlab chiqadi. Angilyadagi ko’pgina avtomobil’larni generatorini Lucas firiasi ishlab chiqadi. Rossiya avtomobillarini ko’pchiligida Bosch generatorlar ishlatiladi.

    3-rasm



    4-rasm

    1 – gayka va shayba; 2 – shkiv; 3 – oraliq shayba; 4 – plastinani ushlab qotiruvchi bolt; 5,12 – oldingi va orqa qopqoq; 6,9 – podshipniklar; 7 – ushlovchi plastina; 8 – rotor; 10 –podshipnik kistirgichi; 11 – stator; 13 – siquvchi bolt; 14 – rostlagich bloki; 15 – rostlagich blokini qotiruvchi bolt; 16 – kojux; 17 – kojux maxkamlovchi bolti; 18 – shyotkaushlovchi; 19 – shyotkaushlovchi maxkamlovchi bolti; 20 – shyotka; 21 – shyotka prujinasi.
    Ta’lim texnologiyalari va ishlanmalar

    Blits-so’rov uchun savollar



    1. Sanoatda qanday generatorlardan foydalaniladi ?

    2. Generator nimalardan tashkil topgan ?

    3. O’zgarmas tok generatori deb nimaga aytiladi ?

    4. O’zgaruvchan tok generatori deb nimaga aytiladi ?

    5. Tok qanday hosil bo’ladi ?

    6. O’zgaruvchan tok nima ?

    7. O’zgarmas tok nima ?

    8. O’zgaruvchan tok generatorini qopqoqlarini tuzilishi qanday ?

    9. Rotorni tuzilishini qanday ?

    10. Istemolchilarga tok qanday taqsimlanidi ?






    Insert – samarali o’qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi xisoblanib, mustaqil o’qib-o’rganishda yordam beradi. Bunda ma’ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o’qib chiqib, “√; +; –; ?” belgilari orqali o’z fikrini ifodalaydi.

    Matnni belgilash tizimi

    (V) – men bilgan narsani tasdiqlaydi

    (+) – yangi ma’lumot

    (–) – men bilgan narsaga zid

    (?) – meni o’ylantiradi. Bu borada menga qo’shimcha ma’lumot zarur



    INSERT JADVALI

    Тушунчalar

    V

    +



    ?

    Tok hosil bo’lishi













    O’zgarmas tok generatori













    O’zgaruvchan tok generatori













    Generator qopqoqlarni ixchamligi













    Tok bermasligi













    SHartli klenmalar













    Generatorni istemolchiga ulanishi













    Rotorning tuzilishi













    Elektr energiyasi hosil bo’lishi













    Bir turdagi energiya ikkinchi tur energiyaga o’tishi













    Tokni cheklash va taqsimlash














    Venn diаgrаmmаsi metodini

    O’qituvchi Venn diаgrаmmаsi 2 tа tushunchаning o’zigа hos jihаtlаri vа ikkаlаsi uchun umumiy bo’lgаn jihаtlаrni аniqlаsh uchun qo’llаnilаdi.

      Venn diаgrаmmаsi tаlаbаlаrni tаhlil vа sintez intellektuаllik dаrаjаlаridа fikrlаsh qobiliyatlаrini rivojlаntirаdi. Demаk, bu usul o’quvchi tаlаbаlаrning mustаqil ijodiy fikrlаsh qobiliyatini rivojlаntirishdа kаttа аhаmiyatgа egа.

    Generаtorlаrning tuzilishi vа ishlаsh printsipi” mаvzusigа Venn diаgrаmmаsi qo’llаsh

    Bu usuldа, birinchi nаvbаtdа, tаlаbаlаrning o’rgаnilаyotgаn (аkkumulyator bаtаreyasi) mаvzugа tegishli bilim vа ko’nikmаlаrining mаvjud holаti аniqlаnаdi vа аyni shu nuqtаi nаzаrgа yondoshib nаvbаtdаgi vаzifаlаr belgilаnаdi. Endi o’qituvchi o’z tаlаbаlаrining аkkumulyator bаtаreyasining tuzilishi hаqidаgi umumiy tushunchа vа tаsаvvurlаrini аniqlаydi, ulаr yanа nimаlаrni o’zlаshtirishgа qiziqishаyotgаnligi oydinlаshdi. SHungа ko’rа, o’qituvchi dаsturgа tаyangаn holdа tаlаbаlаrni qiziqtirаyotgаn muаmmolаr echimini hаl qilаdi. Mаshg’ulot jаrаyonidа tаlаbаlаr o’zlаri uchun zаrur nаzаriy tushunchаlаrni o’rgаnаdilаr hаmdа, nimаlаrni tаhlil vа sintez intellektuаllik dаrаjаlаridа fikrlаsh qobiliyatlаrini bilib olgаnliklаrni dаrs ohiridа to’ldirаdilаr.

    1.O’zgаruvchаn tok generаtorining tuzilishi vа ishlаsh printsipi tushuntiring ?

    2. Genаrаtorning shkivi xаrаkаtni qаerdаn olаdi ?

    3. O’zgаruvchаn vа o’zgаrmаs tok generаtorini fаrqlаrini yozing ?

    4. Generаrorning vаzifаsini yozing ?

    5. O’zgаruvchаn vа o’zgаrmаs tok generаtorlаri qаndаy ish bаjаrаdi ?

    6. O’zgаruvchаn tok generаtori qаndаy qismlаrgа egа ?

    Venn diаgrаmmаsi. Bu usul tushunchаlаrning ikki yoki undаn ortiq tushunchаlаrni o’zigа xos vа umumiy jixаtlаrin tаxlil qilish vа umumlаshtirishdа qo’llаnilаdi. Bundа o’ng vа chаp аylаnаlаrgа tushunchаlаrning o’zigа xos jihаtlаri, doirаlаrning kesishgаn sohаsigа esа, ulаr uchun umumiy bo’lgаn jihаtlаr yozilаdi. Mаsаlаn, «Generаtorni vаzifаsi nimа» vа «Generаtorini qаndаy tok ishlаb chiqаdi» tushunchаlаri uchun Venn diаgrаmmаsi quyidаgi ko’rinishgа egа bo’lаdi:


    Sаvol ?


    1. Generаtorni vаzifаsi nimа ?

    2. Generаtorini qаndаy tok ishlаb chiqаdi ?

    3-mavzu. Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari. (2 soat)

    Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

    Vaqti – 2 soat

    Talabalar soni: 45-50 nafar

    1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

    O’quv mashg’ulotining shakli





    Kirish, vizual ma’ruza


    Ma’ruza mashg’ulotining rejasi

    1. Yarim o’tkazgichli kuchlanish rostlagichlari.

    2. Mavjud rostlagichlarning turlari. Kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlari.

    3. Elektromagnit kuchlanish rostlagichi. Elektromagnit kuchlanish rostlagichining ish jarayoni va uning tavsifnomasini yaxshilash usullari.

    4. Elektromagnit rostlagich kontaktlari orasida chiqadigan uchqunni kamaytirish.

    5. Ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichi.


    O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

    Pedagogik vazifalar:

    - Yarim o’tkazgichli kuchlanish rostlagich-lari vazifalarini tanishtirish;

    - Mavjud rostlagich-larning turlarini ta’rif berib tushun-tirish;

    - Kontakt-tranzis-torli, kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlari o’rgatish.


    O’quv faoliyatining natijalari:

    Talaba:


    - Yarim o’tkazgichli kuchlanish rostlagichlari vazifalarini izohlaydi;

    - Mavjud rostlagichlarning turlari. Kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlari tahliliga ta’rif beradi;

    - Elektromagnit kuchlanish rostlagichilarning turlari va ularning texnik tavsifnomasi vazifalarini tavsiflaydi;

    - Elektromagnit kuchlanish rostlagichining ish jarayoni va uning tavsifnomasini yaxshilash usullari tamoillarini ta’rif beradi;

    - ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

    - Ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichi tushuntirib beradi ;




    O’qitish uslubi va texnikasi

    Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

    O’qitish vositalari

    Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

    O’qitish shakli

    Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

    O’qitish shart-sharoiti

    Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


    Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (3-mashg’ulot)

    Bosqichlar, vaqti

    Faoliyat mazmuni

    O’qituvchi

    Talaba

    1-bosqich. Kirish

    (10 min.)



    1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

    1.1. Eshitadi, yozib oladi.

    2-bosqich.

    Asosiy


    (60 min.)

    2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: - Yarim o’tkazgichli kuchlanish rostlagichlariga nima kiradi ? - Mavjud rostlagichlarning turlarini bilasizmi ?

    - Kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlari qachon paydo bo’lgan ?



    2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Yarim o’tkazgichli kuchlanish rost-lagichlarini tushuntiradi.

    2.3. Mavjud rostlagichlarning tizimiga kiruvchi asboblarning tahlilini tushuntiradi.

    2.4. Kontakt-tranzistorli, kontaktsiz-tran-zistorli va integral kuchlanish rostlagichlari tushuntiradi.



    2.4. Elektromagnit kuchlanish rostlagichilarning turlari va ularning texnik tavsifnomasini tushuntirib beradi.

    2.5. Ikki bosqichli elektromagnit kuchlanish rostlagichi tushuntirib beradi.



    2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

    O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.



    2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.

    2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.

    2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

    3-bosqich.

    Yakuniy


    (10 min.)

    3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyil-lari”ga BBB strategiya tuzishni vazifa qilib beradi.

    3.1. Eshitadi, aniqlashtiradi.

    3.2. Topshiriqni yozib oladi.


    Ilova

    Generator kuchlanishini rostlashning asosiy tamoyillari.

    Avtomobil’ generatori o’ziga xos sharoitlarda ishlaydi. U xarakatni tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan olganligi sababli, rotorning aylanishlar chastotasi ishlab chiqargan kuchlanish ham nisbatan keng doirada o’zgarib turadi. Generatorning yuklamasi unga ulanayotgan ist’molchilar soni va ularning quvvatiga qarab o’zgarib turadi. Yuklama tokining o’zgarishi ham generatorning kuchlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Avtomobilga o’rnatilgan elektr toki iste’molchilari kuchlanishning ma’lum belgilangan (12 yoki 24V) o’zgarmas qiymatda ishlashga mo’ljallangan. Yuqorida keltirilgan sabablarga ko’ra, generator ishlab chiqqan kuchlanishni rostlab, belgilangan darajada o’zgarmas holda saqlash zaruriyati tug’iladi. Bu vazifani kuchlanish rostlagichlari bajaradi. Ishlash printsipiga ko’ra rostlagichlar quydagi guruxlarga bo’linadi: kontaktli (vibratsiyali), kontakt - tranzistorli, kontaktsiz - tranzistorli.

    Generator kuchlanishini rostlashning asosiy printsipi quydagilardan iborat.

    Ichki qismiga to’g’rilagich bloki o’rnatilgan o’zgaruvchan tok generatorining qisqichlaridagi kuchlanishni quydagi bog’lanish orqali ifodalash mumkin:


    Ur = Er – Uo – ZIr = C·n·F – Uo – ZIr . (1)

    Bunda: Er= C·n·F – generatorning EYuK,

    C - generatorning tuzilishiga bog’liq bo’lgan o’zgarmas koeffitsient,

    n - rotorning aylanishlar chastotasi,

    F – magnit oqimi,

    Uo – to’g’rilagich blokida kuchlanishning pasayishi,

    Z – stator chulg’amlarining to’la qarshiligi,

    Ir – to’g’rilangan tokning o’rtacha qiymati.

    Rotorda vujudga keladigan magnit oqimi F ning qiymati quydagicha:

    F = Iy (a + bIy) .

    Bunda: Iy - uyg’otish toki, a va b – generatorning tuzilishi va ishlatilgan materiallarning magnit xususiyatlariga bog’liq bo’lgan o’zgarmas koeefitsentlar.

    Magnit oqimining bu ifodasini (1) ga qo’ysak hamda to’g’rilangan blokdagi va stator chulg’amlaridagi kuchlanish pasayishini hisobga olsak,
    Ur = C n Iy (a + bIy) . (2)

    Bu ifodadan ko’rinib turibdiki, generator rotorining aylanishlar chastotasini va yuklama o’zgarganda generatorning kuchlanishini belgilangan darajada saqlab turish uchun faqat uyg’otish toki Iy qiymatini o’zgartirish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. Rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan uyg’otish tokini kamaytirish va yuklama tok ko’payishi bilan uyg’otish tokini ham oshirish zarur.

    Rostlagich o’z navbatida, solishtirish, rostlash va o’lchov elementlaridan iborat. O’lchov elementi generator kuchlanishini qabul qilib oladi va uni signalga aylantirib signalli solishtirish elementida uning belgilangan etalon qiymat Ue bilan taqqoslanadi. Ular orasidagi farq generator kuchlanishi Ur bilan belgilangan rostlanish kuchlanishi Up orasidagi farqqa proportsionaldir. Agar Ue bilan U orasida farq bo’lsa, solishtirma elementda Uo signal hosil bo’ladi. Bu signal rostlash elementiga keladi va natijada u uyg’otish toki qiymatini va generator kuchlanishi Ur ni Uo signal nolga, ya’ni Uyp signal Ue ga Ur esa Up ga teng bo’lguncha o’zgartiradi.

    Yarim o’tkazgichli asboblarni tayyorlashda germaniy va kremniydan keng foydalaniladi. Germaniy mo’rt kumushsimon kul rang metall bo’lib, u Mendeleev davriy tizimning to’rtinchi gruppasiga kiradi. Demak, bu element atomining tashqi elektron qobig’ida to’rt valentli elektron bor. Bu elektron qo’shni to’rtta atom elektronlari bilan birga qo’sh elektrik bog’lanish deb ataluvchi bog’lanish hosil qiladi (1-rasm). Bu bog’lanish elementning kristall panjarasidagi atomlarni ushlab turadi.



    Kristaldagi germaniyning har bir atomi to’rtta qo’shni atom bilan bog’liq bo’lib qoladi. Bu bog’lanishda mazkur va qo’shni atomlar elektronlaridan ikkitadan qatnashadi.


    Mutlaqo sof germaniyda juda past temperaturada erkin elektronlar bo’lmaydi, ya’ni tashqi orbitalardagi barcha elektronlar qo’sh elektron bog’lanishlarda qatnashadi. Bunday sharoitlarda germaniy sof dielektrik (izolyator) hisoblanadi. Biroq elektronlarning kinetik energiyasi issiqlik yoki yorug’lik energiyasi ta’sirida kattalashadi. Ularning ko’pchiligi atomlar bilan tortishish kuchini yengib, o’z bog’lanishini uzadi va erkin bo’lib qoladi. Elektr maydoni mavjudligida erkin elektronlar ma’lum bir yo’nalishda harakatlanadi va yarim o’tkazgichda elektr toki hosil bo’ladi. Yarim o’tkazgichining erkin elektronlar harakati hisobiga o’tkazuvchanligi elektron o’tkazuvchanlik yoki n tipidagi o’tkazuvchanlik (negative-manfiy) deb ataladi.

    Tashqi orbitadan bir yoki bir necha elektron yo’qotgan yarim o’tkazgich atomi musbat ion bo’ladi, yarim o’tkazgichlardagi bunday atom teshik deb nomlangan. Bunda bu atomda bitta elektron yetishmasligini ta’kidlab o’tish kerak. Hosil bo’lgan teshikni qo’shni atom elektroni to’ldirishi mumkin, bunda qo’shni bog’lanishda xuddi yuqoridagidek elektron bilan to’ldirish mumkin bo’lgan yangi teshik hosil bo’ladi va hokazo. Yarim o’tkazgichda teshikning tartibsiz harakati sodir bo’ladi, ya’ni u elektron harakat yo’nalishiga qarama-qarshi tomonga siljiydi. Avvalgidek zaryadlarni elektronlar tashisa ham, biroq ularning o’tishi yagona musbat zaryadlarning qarama-qarshi tomonga siljishiga sabab bo’ladi. Teshiklarning harakati tufayli o’tkazuvchanlik teshikli o’tkazuvchanlik yoki p tipidagi (positive-musbat) o’tkazuvchanlik deb ataladi.



    Kuchlanishni stabillash, ya’ni uni ma’lum miqdorda saqlab turish uchun stabilitronlar yoki tayanch diodlardan foydalaniladi (2-rasm). Ular kremniydan tayyorlanadi, ish rejimi esa teskari tok elektron-teshikli o’tishni teshganda sodir bo’ladi. Elektron-teshikli o’tish orqali o’tuvchi tok teskari kuchlanishning nol qiymatdan stabillash kuchlanishigacha oshishi bilan unchalik ko’paymaydi, chunki uni ikkinchi darajali tok tashuvchilar hosil qiladi.


    2-rasm. Yarim o’tkazgichli diod:

    a-tuzilish sxemasi; b-ulash sxemasi; v-stabilitronni ulash sxemasi; 1-elektron o’tkazuvchanlikli germaniy; 2-teshikli o’tkazuvchanlikli germaniy; 3-indiy.



    Download 9,22 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 9,22 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarni elektr jixozlari 8-ta gruppaga bo’lingan

    Download 9,22 Mb.