-mavzu. Benzinli dvigatellarni




Download 9,22 Mb.
bet5/7
Sana27.12.2019
Hajmi9,22 Mb.
#5732
1   2   3   4   5   6   7

6-mavzu. Benzinli dvigatellarni o’t oldirish tizimi. (2 soat)

Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 45-50 nafar

1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

O’quv mashg’ulotining shakli





Kirish, vizual ma’ruza


Ma’ruza mashg’ulotining rejasi

1.O’t oldirish tizimining tarkibiy sxemasi va uning tahlili.

2. O’t oldirish tizimining turlari.

3. Kontaktli o’t oldirish tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipi.

4. Ikki elektrodli gazli tirqish orasidagi elektr razryad.

5.Teshib o’tish kuchlanishi va unga ta’sir qiluvchi omillar.


O’quv mashg’ulotining maqsadi: “O’t oldirish tizimi” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

- O’t oldirish tizi-mining tarkibiy sxemasi va uning tahlilini tanish-tirish;

- O’t oldirish tizi-mining turlari o’ziga xos tomon-lariga ta’rif berib tushuntirish;

- Kontaktli o’t oldirish tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipini o’rgatish.


O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- O’t oldirish tizimining tarkibiy sxemasi va uning tahlilini izohlaydi;

- O’t oldirish tizimining turlari o’ziga xos tomonlariga ta’rif beradi;

- Kontaktli o’t oldirish tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipini tavsiflaydi;

- Ikki elektrodli gazli tirqish orasidagi elektr razryadni ta’rif beradi;

- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

- Teshib o’tish kuchlanishi va unga ta’sir qiluvchi omillar tushuntirib beradi ;




O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (6-mashg’ulot)

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Kirish

(10 min.)



1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: - O’t oldirish tizimining tarkibiy sxemasi va uning tahlilini bilasizmi ? - O’t oldirish tizimining turlarini bilasizmi ?

- Kontaktli o’t oldirish tizimining qanday paydo bo’ldi ?



2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. O’t oldirish tizimining tarkibiy sxemasi va uning tahlilini tushuntiradi.

2.3. O’t oldirish tizimining turlarini tushuntiradi.

2.4. Kontaktli o’t oldirish tizimining umumiy sxemasi va ishlash printsipini tushuntiradi.



2.5. Ikki elektrodli gazli tirqish orasidagi elektr razryadni tushuntirib beradi.

2.6. Teshib o’tish kuchlanishi va unga ta’sir qiluvchi omillarni tushuntirib beradi.




2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

O’ylaydi, javob bera-di. Javob beradi va to’g’ri javobni eshita-di.



2.2. Berilgan ma’-lumotlarni mazmu-nini muhokama qila-di. Savollar berib, asosiy joylarini yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar kel-tiradi.

2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “O’t oldirish tizimi”ga klaster strategiya tuzishni vazifa qilib beradi.

3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.



Ilova

Benzinli dvigatellarni o’t oldirish tizimi.

O’t oldirishi tizimi, karbyuratorli dvigatellarning tsilindrlarida yonilg’i - havo aralashmasini tsilindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o’z vaqtida ishonchli o’t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o’t oldirish, har bir tsilindirning yonish kamerasiga o’rnatilgan o’t oldirish svechasi elektrodlari orasidagi elektr razryad natijasida hosil bo’lgan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O’t oldirish shamlarining elektrodlari orasidagi uchqun hosil bo’lishi, ularga uzatilgan yuqori kuchlanish (12000 V) ta’sirida sodir bo’ladi. Ishchi aralashmani ishonchli o’t oldirish uchun o’t oldirish svechasi elektrodlari orasidagi uchqunli razryad yetarli energiyaga ega bo’lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razryad energisi 20-100 mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimda me’yorida ishlashini ta’minlaydi.

To’plagich turiga qarab o’t oldirish tizimi ikkiga bo’linadi:

- energiyani magnit maydonda (induktivlikda) to’plash;

- energiyani elektr maydonda (sig’imda) to’plash.

Avtomobil dvigatellarida, aksariyat holda, energiyani induktiv g’altakning magnit maydonida to’plash asosida ishlaydigan o’t oldirish tizimlari tatbiq etilgan bo’lib, ularning quyidagi turlari mavjud:

- kontaktli;

- kontakt-tranzistorli;

- kontaktsiz-tranzistorli.

Kontaktli tizimni ko’pincha batareyali yoki klassik o’t oldirish tizimi deb ataladi.

O’t oldirish tizimi asosan kuydagi qismlardan tashkil topgan.

1.Tok manbai - AB va generator.

2.O’t oldirish g’altagi. U tok manbaining past kuchlanishini (12-14 V), o’t oldirish svechalarining elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil qilishi uchun zarur bo’lgan yuqori kuchlanish impul’slariga (12000-24000 V) aylantirib beradi.

3.Uzgich-taqsimlagich. U bir o’qqa joylashgan ikki mexanizm uzgich-taqsimlagichdan iborat. Uzgich zarur vaqitda past kuchlanish zanjirini uzish uchun xizmat qilsa, taqsimlagich o’t oldirish g’altagida hosil bo’lgan yuqori kuchlanishli impul’slarini, ishlash tartibiga mos ravishda o’t oldirish shamlariga yetkazish vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, uzgich-taqsimlagich o’t oldirishni ilgarilatish burchagini, dvigatelning ishlash sharoitiga mos ravishda o’zgartiruvchi asboblar - markazdan qochma va vakuum rostlagichlar hamda oktan-korrektor o’rnatilgan.

4.O’t oldirish shamlari. Ular dvigatel tsilindrlarining yonish kamerasida uchqunli razryad hosil qilish uchun xizmat qiladi.

O’t oldirish tizimining vazifasi tsilindrdagi yonuvchi aralashmani o’z vaqtida, elektr uchqini yordamida alangalantirishdan iborat. TICO va DAMAS avtomobillarining o’t oldirish tizimining sxemasi 1-rasmda keltirilgan.



1-rasm. O’t oldirish tizimining sxemasi.

1-akkumulyator batareyasi; 2-asosiy saqlagich; 3-o’t oldirishni o’chirgichi; 4-saqlagich; 5-o’t oldirish g’altagi; 6-taqsimlagich; 7-taqsimlagich rotori; 8-elektr magnitli datchik; 9-tranzistorli boshqarish bloki; 10-rotor; 11-o’t oldirishni vakuum rostlagichi; 12-o’t oldirgichni markazdan qochma rostlagichi; 13-o’t oldirish svechalari.

Teshib o’tish kuchlanishi va unga ta’sir qiluvchi omillar.

Teshib o’tish kuchlanishi. O’t oldirish sham elektrodlari orasidagi tirqishni teshib o’tadigan darajadagi qiymatlarga ega bo’lgan kuchlanishga teshib o’tish kuchlanishi - Utesh deb ataladi. U Pashen qonuniga binoan dvigatel tsilindrlaridagi bosimga va sham elektrodlari orasidagi tirqish kattaligiga to’g’ri proportsional va yonilg’i aralashmasi haroratiga teskari proportsional bo’ladi. Teshib o’tish kuchlanishi qiymati yonilg’i aralashmasining temperaturasi va tsilindrdagi bosimga bog’liqligi ko’rsatilgan. Bundan tashqari Utesh yonilg’i aralashmasining tarkibiga sham elektrodlari materialiga, shakliga va temperaturasiga, uzatilgan yuqori kuchlanishli impu’sining davomiyligiga va uning qutb ishorasiga va nihoyat dvigatelning ishlash sharoitlariga ham bog’liq. Masalan, atrof muhit temperaturasi past bo’lganda dvigatelni ishga tushirishda tsilindr devorlari va sham elektrodlari sovuq, so’rilayotgan yonilg’i aralashmasining temperaturasi past yaxshi aralashmagan bo’ladi. Natijada, siqish taktida aralashma yaxshi qizimaydi va yonilg’i tomchilarining bug’lanishi sust sodir bo’ladi. SHam elektrodlari orasidagi tirqishga tushgan bunday aralashma Utesh qiymatini 15-20 % ga oshirilishini talab qiladi.
Mashg’ulotda qo’llaniladigan interfaol metodlar:

“Bumerang” texnologiyasi

Mashg’ulotning didaktik ta’minoti:

- jihozlar va uskunalar: sinf taxtasi, magnitlar, tarqatma materiallar, marker va flomasterlar, o’quv qo’llanmalari va sh. k.

- video-audio uskunalar: proektor, tasviriy slaydlar va sh.k.

- kompьyuter va mulьtimediali vositalar.

Texnologiyaning tavsifi:

Ushbu texnologiya tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o’rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so’zlab berish, fikrni erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumotlarga ega bo’lish, hamda dars davomida o’qituvchi tomonidan barcha tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan.


7-mavzu. O’t oldirish tizimidagi ishchi jarayon. (2 soat)

Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 45-50 nafar

1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

O’quv mashg’ulotining shakli





Kirish, vizual ma’ruza


Ma’ruza mashg’ulotining

rejasi

1.Uzgich kontaktlarining tutashi va birlamchi tokning o’sishi.

2.Kontaktlarning tuzilishi va ikkilamchi yuqori kuchlanishning induktsiyalanishi.

3.Uchqunli razryad jarayonlari.

4.O’t oldirish tizimining elektr tavsifnomalari va ularni yaxshilash usullari. Variatorlarning qo’llanilishi.

5.O’t oldirishni ilgarilatish burchagi va uni aniqlovchi omillar. O’t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash usullari. Markazdan qochma va vakuum-rostlagichlar. Oktan-korrektor.

6.Kontaktli o’t oldirish tizimi jihozlarining tuzilishi. O’t oldirish g’altaklari, uzgich-taqsimlagichlar.



O’quv mashg’ulotining maqsadi: “O’t oldirish tizimidagi ishchi jarayon” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

- O’t oldirish tizimidagi ishchi jarayonni tanish-tirish;

- Uzgich kontakt-larining tutashi va birlamchi tokning o’sishini ta’rif berib tushuntirish;

- Kontaktlarning tuzilishini o’rgatish.

- O’t oldirish tizimining elektr tavsifnomalarini yaxshilash usullarini o’rganadi



O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- Uzgich kontaktlarining tutashi va birlamchi tokning o’sishini izohlaydi;

- Kontaktlarning tuzilishi va ikkilamchi yuqori kuchlanishning induktsiyalanishini ta’rif beradi;

- Uchqunli razryad jarayonlarini tavsiflaydi;

- O’t oldirish tizimining elektr tavsifnomalari va ularni yaxshilash usullariga ta’rif beradi;

- Variatorlarning qo’llanilishiga ta’rif beradi ;

- O’t oldirishni ilgarilatish burchagi va uni aniqlovchi omillarni tushuntirib beradi ;

- O’t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash usullari. Markazdan qochma va vakuum-rostlagichlar. Oktan-korrektorga ta’rif beradi ;

- O’t oldirish g’altaklari, uzgich-taqsimlagichlar. Kontaktli o’t oldirish tizimining kamchiliklariga ta’rif beradi



O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (7-mashg’ulot)

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Kirish

(10 min.)



1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: - Uzgich kontaktlarining tutashi va birlamchi tokning o’sishini bilasizmi ? - O’t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash usullari. Markazdan qochma va vakuum-rostlagichlar. Oktan-korrektorni ko’rganmisiz ?

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foyda-langan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Uzgich kontaktlarining tutashi va birlamchi tokning o’sishini tushuntiradi.

2.3. Kontaktlarning tuzilishi va ikkilamchi yuqori kuchlanishning induktsiyalanishini tushuntiradi.

2.4. O’t oldirish tizimining elektr tavsif-nomalari va ularni yaxshilash usullari. Varia-torlarning qo’llanilishini tushuntiradi.



2.5. O’t oldirishni ilgarilatish burchagi va uni aniqlovchi omillar. O’t oldirishni ilgarilatish burchagini rostlash usullari. Markazdan qochma va vakuum-rostlagichlar. Oktan-korrektorni tushuntirib beradi.

2.6. Kontaktli o’t oldirish tizimi jihoz-larining tuzilishi. O’t oldirish g’altaklari, uzgich-taqsimlagichlar. Kontaktli o’t oldirish tizimining kamchiliklarini tushuntirib beradi.



2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.



2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.

2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “O’t oldirish tizimidagi ishchi jarayon”ga BBB strategiya tuzishni vazifa qilib beradi.

3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.


Ilova

O’t oldirish tizimidagi ishchi jarayon
O’t oldirish tizimida sodir bo’ladigan jarayonlarni uch bosqichga bo’lish mumkin: 1). Uzgich kontaktlarini tutashishi va o’t oldirish g’altagining birlamchi chulg’amida tokning ortib borishi;

2). Uzgich kontaktlarini uzilishi va o’t oldirish g’altagining ikkilamchi chulg’amida yuqori kuchlanish induktsiyalanishi;

3). O’t oldirish shamlari elektrodlari orasida uchqunli razryad hosil bo’lishi.

Uzgich kontaklari tutashganda akkumulyator bataeyasining kuchlanishi - U1 birlamchi tok - I ni hosil qilinadi va u quyidagi janjir bo’yicha o’tadi. Akkumulyator batareyasini musbat qutibi - qo’shimcha qarshilik R1 o’t oldirish g’altagining birlamchi chulg’ami - uzgich kontaktlari K - massa - akkumulyator batareyasining manfiy qutibi bilan bog’langan.

Uzgich-taqsimlagich korpusiga kondensator, kondensatordan chiqqan sim esa yon qismaga mahkamlanadi.

SHu qismaning o’ziga induktsion g’altak qismasi R dan chiqqan sim ulanadi. Korpus ichida yon qismaga simning bir uchi, uning ikkinchi uchi esa stoyka va yassi prujina orqali qo’zg’aluvchan kontaktga ulangan.





a) past kuchlanishli elektr zanjiri :

- "massa" avtomobil; 2 - akkumulyator batareyasi; 3 - o’t oldirish kaliti; 4 - induktsion g’altak; 5 - birlamchi chulg’am (past kuchlanish); 6 - kondensator; 7 - harakatlanuvchi kontakt; 8 - harakatlanmaydigan kontakt; 9 - quloqcha ; 10 - qirrali kontakt.





b) yuqori kuchlanishli elektr zanjiri :

- g’altak; 2 - ikkilamchi chulg’am ; 3 - yuqori kuchlanishli sim; 4 - taqsimlagich qopqog’i; 5 - svechani yuqori kuchlanishli simi; 6 - svecha; 7 - yuqori tok taqsimlagich ("begunok"); 8 - rezistor; 9 - taqsimlagichni markaziy kontakti; 10 - yon kontakt qopqog’i.



Taqsimlagich (2-rasm ) dvigatel tsilindrlari bo’yicha yuqori kuchlanishli tokni taqsimlashga xizmat qiladi. U rotor karbolit qopqoq va sirpanuvchi kontaktdan tuzilgan. qopqoq uzgich-taqsimlagich korpusiga ikkita prujinali lo’kidon yordamida mahkamlangan. Taqsimlagichni korpusga to’g’ri biriktirish uchun unga korpus shtifti kirib turadigan paz qilingan. Pazga rezina qistirma qo’yilgan, bu birikma zichligini ta’minlaydi.


2-rasm. Uzgich-taqsimlagich:

vakuum sozlagich diafragmasi; 2 - vakuum sozlagich korpusi; 3 - tyaga; 4 - tayanch plastina; 5 - taqsimlagich rotori ("begunok"); 6 - kontaktni yon qopqog’i; 7 - markaziy kontakt qopqog’i; 8 - kontakt burchagi; 9 - rezistor; 10 - rotorni tashqi kontakt plastinisi; 11 - taqsimlagiq kopqog’i; 12 - markazdan qochma rostlagich plastinasi; 13 - uzgich quloqchasi; 14 - yukchalar; 15 - kontakt gruppasi; 16 - uzgichni suruluvchi plastinasi; 17 - kontakt guruppasini qotirish vinti; 18 - kontaktdagi zazorni sozlash pazi; 19 - kondensator; 20 - uzgich-taqsimlagich korpusi; 21 - ulovchi valik; 22 - quloqchani moylash fil’tsi.



Markazdan qochirma rostlagich (3-rasm) dvigatel’ tirsakli valining aylanish chastotasiga qarab o’t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o’zgartirishga xizmat qiladi. Uning asosiy qismlari pastki plastina, markazdan qochirma yukcha. Ularning o’qi va barmog’i, tortish prujinasi va yuritish valigi 6 lardan iborat. Plastina qo’zg’almas qilib valikka o’rnatilgan.





a) b)

2-rasm. Sozlagich detallarini joylashishi:

a) yukchalar joyida

b) yukchalar qochgan.

1 - uzgich quloqlari ; 2 - quloqcha vtulkasi; 3 - suriluvchi plastina; 4 - yukchalar; 5 - yukchalar o’qi; 6 - tayanch plastina; 7 - yurituvchi valik; 8 - squvchi prujina.

Yukchalar o’qda erkin aylanadi va prujina bilan tortilib turiladi. Yuk barmog’i vtulka bilan birga valikda erkin aylanadigan yuqorigi plastinka 8 teshigiga kirib turadi. Uzgichning mushtchali shaybasi va taqsimlagich rotorning yuqorigi vtulkasi vtulka bilan birga aylanadi. SHunday qilib, shayba taqsimlagich rotori markazdan qochirma rostlagich orqali yuritish valigidan harakatlanadi.

Vakuum rostlagichi (4-rasm) dvigatelga tushadigan yuklamaga qarab o’t oldirishni ilgarilatish burchagini o’zgartirishga xizmat qiladi. U korpus quvur prujina membrana va richagchadan tuzilgan. Quvur rostlagich korpusining ichki bo’shlig’ini karbyurator patrubogining ichki bo’shlig’iga tutashtiradi. Richagcha uzgich yuqorigi diskining shtiftiga kiygizilgan.


4-rasm. Vakuum rostlagichining ishlash sxemasi:

1-uzgichning yuqorigi diski; 2-richagcha; 3-membrana; 4-prujina; 5-korpus; 6-quvur; 7-drossel’ zaslonkasi.

Ba’zi hollarda vakuum rostlagichi faqat drossel’ zaslonkasining ochilishi darajasiga qarab emas, balki dvigatel tirsakli valining aylanish soniga qarab o’t oldirish burchagini o’zgartiradi. Masalan, drossel’ zaslonkasi bir xil holatdaligida dvigatel yuklamasi oshganda tirsali valning aylanish soniga kamayadi. Bu hol havoning harakat tezligini, shuningdek siyraklanish darajasini o’zgartirishga ham sabab bo’ladi. So’ngra vakuum rostlagichi dvigatel normal ishlashi uchun o’t oldirishni ilgarilatish burchagini korrektirlab ishga tushadi. Markazdan qochirma va vakuum rostlagich birga ishlashi natijasida ancha ratsional o’t oldirish burchagi hosil bo’lishiga erishiladi.


a). ilgarilatish burchagi kamayadi b). ilgarilatish burchagi ko’payadi


Oktan-korrektor (5-rasm) benzin sorti (uning oktan soni) va dvigatelning ishlash sharoitiga qarab o’t oldirishni ilgarilatish burchagini o’zgartirishga xizmat qiladi. Masalan, avtomobil dvigateli normal ishlashi uchun oktan soni 70 bo’lgan benzin ishlatiladi. Oktan soni kichiqroq bo’lgan benzinni ishlatish dvigatelning normal ishlashini buzushga olib keladi, ya’ni yuqori detonatsiya paydo bo’ladi.

5-rasm. Uzgich-taqsimlagich oktan-korrektori:

1-pastki plastina; 2- mahkamlash bolti uchun teshik; 3-yuqorigi plastina; 4-o’rnatish vinti teshik; 5-o’rnatish plastinasi; 6-o’rnatish vinti; 7-bolt uchun teshik; 8- vint; 9-rostlash gaykalari; 10-barmoq; 11-shtift; 12-pastki plastina kronshteyni.

U krivoship-shatunli mexanizm detallari va dvigatel tsilindri kallagining yemirilishi va tez yeyilishiga sabab bo’ladi. Agar oktan-korrektor yordamida o’t oldirishni ilgarilatish burchagi o’zgartirilsa, detonatsiyaning oshishini bartaraf etish mumkin.




6 - rasm. Induktsion g’altakni umumiy ko’rinishi.

1 - izolyator, 2 - asos, 3 - himoyalash qog’ozi, 4 - birlamchi chulg’am, 5 - ikkilamchi chulg’am, 6 - chulg’amlar orasidagi himoyalash qog’ozi, 7 - birlamchi chulg’am klemmasi, 8 - kontakt vint, 9 - markaziy klemma, 10 - qopqoq, 11 - birlamchi va ikkilamchi chulg’am klemmasi, 12 - markaziy klemma prujinasi, 13 - ikkilamchi chulg’am karkasi, 14 - birlamchi chulg’amni ustki ximoyasi, 15 - g’altakni qotirish markazi, 16 - tashqi magnit himoyasi, 17 - o’zak.

KEYS STADI

Inglizcha so’z bo’lib, (case – aniq vaziyat, xodisa, stadi – o’rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o’rganish, tahlil qilish asossida o’qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi.Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o’z ichiga quyidagilarni qamrab oladi. Kim? (Who), Qachon? (When), Qaerda? (Where), Nima uchun? (Why), Qanday/Qanaqa? (How), Nima natija? (What)

Aniq vaziyatlarni bosqichma-bosqich tahlil etish va hal etish bo’yicha tinglovchilarga uslubiy ko’rsatmalar

Иш босқичлари ва вақти

Маслаҳат ва тавсияномалар

Кейс билан танишиш (индивидуал) – 3 дақиқа

Тақдим этилган аниқ вазиятлар билан танишиб чиқинг. Муаммоли вазият мазмунига алоҳида э’tibor qarating. Muammoli vaziyat qanday masalani hal etishga bag’ishlanganligini aniqlang.

Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlash (individual va kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Keysdagi asosiy va kichik muammolarni aniqlang. O’z fikringizni guruh bilan o’rtoqlashing. Muammoni belgilashda isbot va dalillarga tayaning. Keys matnidagi hech bir fikrni e’tibordan chetda qoldirmang.

Muammo yechimini topish va erishiladigan natijani aniqlash – 7 daqiqa

Guruh bilan birgalikda muammo yechimini toping. Muammoga doir yechim bir necha variantda bo’lishi ham mumkin. SHu bilan birga siz topgan yechim qanday natijaga olib kelishi mumkinligini ham aniqlang.

Keys yechimi uchun taklif etilgan g’oyalar taqdimoti (kichik guruhlarda) – 5 daqiqa

Guruh bilan birgalikda keys yechimiga doir taqdimotni tayyorlang. Taqdimotni tayyorlashda sizga taqdim etilgan javdalga asoslaning. Taqdimotni tayyorlash jarayonida aniqlik, fikrning ixcham bo’lishi tamoyillariga rioya qiling


8-mavzu. Elektron o’t oldirish tizimi. (2 soat)

Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi

Vaqti – 2 soat

Talabalar soni: 45-50 nafar

1.1. Ma’ruza mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi.

O’quv mashg’ulotining shakli





Kirish, vizual ma’ruza


Ma’ruza mashg’ulotining

rejasi

1. Elektron o’t oldirish tizimlarining turlari va ularning tahlili.

2.Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimida ishlatilgan jihozlar tuzilishining o’ziga xos tomonlari. Kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish tizimining amaliy sxemalari. Xolli datchiklari o’rnatilgan kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish tizimlari.

3.Yuqori kuchlanishni elektron (statik) taqsimlash tizimlari. Kontaktsiz o’t oldirish tizimlarini o’ziga xos tomonlari.

4.Mikroprotsessorli o’t oldirish tizimlarining tarkibiy sxemasi va ularni ishlash printsipi.



O’quv mashg’ulotining maqsadi: “Elektron o’t oldirish tizimi” to’g’risida bilimlarni hamda to’liq tasavvurni shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

- Kontakt-tranzis-torli o’t oldirish tizimining ishlashi tanishtirish;

- Elektron o’t oldirish tizimlarga ta’rif berib tushuntirish;

- Kontakt-tranzis-torli o’t oldirish tizimini o’ziga xos tomonlarini o’rgatish.

- Yuqori kuchlanishni elektron taqsimlash tizimlari. Kontaktsiz o’t oldirish tizimlari jihozlar tuzilishini o’rganadi



O’quv faoliyatining natijalari:

Talaba:


- Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimining amaliy sxemasi va uning ishlashini izohlaydi;

- Elektron o’t oldirish tizimlarining turlari va ularning tahlilini ta’rif beradi;

- Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimida ishlatilgan jihozlar tuzilishining o’ziga xos tomonlarini tavsiflaydi;

- Kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish sistemasinipg amaliy sxemalari. Xolli datchiklari o’rnatilgan kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish tizimlariga ta’rif beradi;

- Yuqori kuchlanishni elektron (statik) taqsimlash tizimlari. Kontaktsiz o’t oldirish tizimlarida qo’llanilgan jihozlar tuzilishining o’ziga xos tomonlariga ta’rif beradi ;

- ilmiy bilishning asosiy usullarini sanab beradi va izohlaydi;

- Mikroprotsessorli o’t oldirish tizimlarining tarkibiy sxemasi va ularni ishlash printsipini tushuntirib beradi;


O’qitish uslubi va texnikasi

Vizual ma’ruza, blish-so’rov, bayon qilish, klaster, “ha-yo’q” texnikasi.

O’qitish vositalari

Ma’ruzalar matni, proektor, tarqatma materiallar, grafik organayzerlar.

O’qitish shakli

Jamoa, guruh va juftlikda ishlash.

O’qitish shart-sharoiti

Proektor, komp’yuter bilan jihozlangan auditoriya.


Ma’ruza mashg’ulotining texnologik kartasi (8-mashg’ulot)

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Talaba

1-bosqich. Kirish

(10 min.)



1.1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi.

1.1. Eshitadi, yozib oladi.

2-bosqich.

Asosiy


(60 min.)

2.1. Talabalar e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javob o’tkazadi: - Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimini bilasizmi ? Elektron o’t oldirish tizimlarining turlari va ularning bilasizmi ? Kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish tizimini bilasizmi ?

2.2. O’qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon etishda davom etadi. Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimini tushuntiradi.

2.3. Elektron o’t oldirish tizimlarining turlari va ularning taxlilini tushuntiradi.

2.4. Kontakt-tranzistorli o’t oldirish tizimida ishlatilgan jihozlar tuzilishining o’ziga xos tomonlari. Kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish tizimining amaliy sxemalari. Xolli datchiklari o’rnatilgan kontaktsiz-tranzistorli o’t oldirish tizimlarini tushuntiradi.



2.5. Yuqori kuchlanishni elektron (statik) taqsimlash tizimlari. Kontaktsiz o’t oldirish tizimlarida qo’llanilgan jihozlar tuzili-shining o’ziga xos tomonlarini tushuntirib beradi.

2.6. Mikroprotsessorli o’t oldirish tizim-larining tarkibiy sxemasi va ularni ishlash printsipini tushuntirib beradi.



2.1. Eshitadi. Navbat bilan savollarga javob beradi.

O’ylaydi, javob beradi. Javob beradi va to’g’ri javobni eshitadi.



2.2. Berilgan ma’-lumotlarning maz-munini muhokama qiladi. Savollar berib, asosiy joy-larini yozib oladi.

2.3. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi. Ta’rifni yozib oladi, misollar keltiradi.

2.4. Eslab qoladi, yozadi. Har bir savolga javob berishga harakat qiladi.

3-bosqich.

Yakuniy


(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalalarga qaratadi. Faol ishtirok etgan talabalarni rag’batlantiradi. Mustaqil ish uchun vazifa: “Elektron o’t oldirish tizimi”ni interfaol usullardan foydalanib vazifa qilib beradi.

3.1. Eshitadi, aniq-lashtiradi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.


Ilova

Elektron o’t oldirish tizimi

SHunday qilib, aylanishlar chastotasi va siqish darajasi katta bo’lgan, tejamli ishlaydigan hozirga zamon dvigatellariga o’rnatiladigan o’t oldirish tizimiga ancha yuqori talablar qo’yiladi.



  • ikkilamchi kuchlanish qiymatini orttirish bilan birga ishonchlilik darajasini va xizmat muddatini ko’tarish;

  • uchqun razryad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma rejimlarida yonilg’i aralashmasini ishonchli o’t oldirish uchun yetarli bo’lishi kerak (15...50 mDj va undan ortiq);

  • turli xil ekspluatatsiya sharoitida (o’t oldirish shamlarining ifloslanishi, atrof-muhit temperaturasining o’zgarishi, tok manbai kuchlanishining kamayib-ortishi va hokozo) barqaror uchqun hosil bo’lishini ta’minlash;

  • hamma elementlar katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror ishlashini ta’milashdan iborat.

Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz o’t oldirish tizimlarida Xolle effektiga asoslangan yarim o’tkazgichli datchiklar io’latila boshlandi. Xolle elementi germaniy, kremniy va boshqa yarim o’tkazgichlardan tayyorlangan yupqa (h=10-4 yo 10-6 m) to’rt elektrodli plastinadan iborat. Agar bunday plastinadan tok I o’tishi bilan bir vaqitda unga, magnit induktsiya vektori B, plastini tekisligiga magnit maydon ta’sir qilsa, uning tok yo’nalishiga parallel bo’lgan qirralarida Xoll EYuK E hosil bo’ladi.

(1)

Bu yerda: I - tok kuchi, a

V - magnit induktsiyasi vektori;

kx - plastina materialiga bog’liq bo’lgan Xoll doimiysi;

d - plastinaning qalinligi.

Hozirgi vaqtda avtomobillarda magnitoelektrik datchiklardan tashqari yarim o’tkazgichli datchiklar ham ishlatilmoqda. Bu datchiklarning ishlashi Xollning gal’vonomagnit hodisaga asoslangan. Bu hodisa yarim o’tkazgichlardan tashkil topgan. To’rtta elektrodli yupqa plastinada sodir bo’ladi, 1-rasm.





1-rasm. Yarim o’tkazgichli datchikning ishlash sxemasi.

Xoll elementining signali uncha katta bo’lmaydi va tokning kattaligi va haroratga bog’liq bo’ladi. Yarim o’tkazgichli datchik Xoll elementidan tashqari, kuchlanish stabilizatori, kuchaytirgich, haroratni hisobga oluvchi sxema, signalni hosil qilish va chiqarish tranzistorini o’z ichiga oladi. Barcha elementlar bitta mikrosxemada jamlangan. Agar bir-biriga nisbatan uncha katta bo’lmagan masofaga sezuvchi element sxemasini va doimiy magnitni joylashtirib, tirqishlar o’tadigan magnit oqimini davriy ravishda ochib-yopadigan kesimlarga ega bo’lgan disk o’rnatilsa, o’t oldirish tizimini boshqaradigan signal olinadi.

Hozirgi zamon avtomobillarda elektron o’t oldirish tizimi qo’llanilgan bo’lib ular quydagilardan tuzilgan (rasm.2):

- elektron boshqaruvi blogi (EBU);

- datchilar (tirsakli valni aylanish burchagini, drossel zaslonkani xolati haqida)

- detonatsii, (sovitish suyuqlikgi temperaturasi);

- induktsion g’altak (umumiy yoki bir nechta g’altak xar bir tsilindrga);

- yuqori tok kuchlanishni taqsimlagich (umumiy g’altakda);

- yuqori kuchlanishli o’tkazgich;

- o’t oldirish shami.





Download 9,22 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 9,22 Mb.