E=Mr/n(H)=98/2=49g/ekv




Download 43,59 Kb.
bet6/12
Sana25.11.2023
Hajmi43,59 Kb.
#105435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 imtihon

17-bilet

  1. Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga turli rang beradi. Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4 – ) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi.

2.Mr=C%*10*p/M=22,4*10*1/4=56g


3.CuO+H2O=Cu(OH)2
FeO+ H2O=Fe(OH)2

18-bilet
1. Elektroliz qonunlarini ingliz olimi M.Faradey kashf etgan. * Faradeyning 1-qonuni: Elektroliz davomida elektrodlarda ajralib chiqadigan moddaning massasi elektrolit eritmasi orqali o‘tgan elektr tokining miqdoriga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. * Faradeyning 2-qonuni: Agar turli xil elektrolitlar eritmalari orqali bir xil miqdorda elektr toki o‘tkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massasi, shu moddaning ekvivalent og‘irliklariga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi. Faradeyning qonunlariga muvofiq, bir necha elektrolit eritmasi yoki suyuqlanmasi orqali 1 F elektr toki о‘tkazilsa, elektrodlarda oksidlangan yoki qaytarilgan moddalarning miqdorlari ularning ekvivalent miqdorlariga teng bo‘ladi. Masalan, bir idishga AgNO3, ikkinchi idishga CuSO4, uchinchi idishga FeCl3 eritmasi solinib, har bir idishga 1 F (farad) yoki 96500 kulon elektr toki ta’sir ettirilsa, har bir idishda katod va anodda 1 g/ekv modda hosil bo‘ladi. 1 g/ekv modda necha gramm bo‘lishini aniqlash uchun esa, ularning ekvivalent miqdorlarini (nekv) tegishli moddaning ekvivalent og‘irliklariga (E) ko‘paytirishimiz kerak bo‘ladi. Ya’ni birinchi idishda 108 g (1∙108 =108) kumush va 8 (1∙8=8) g kislorod, ikkinchi idishda 32 (1∙32=32) g mis va 8 g (1∙8=8) kislorod, uchinchi idishda 18,66 g (1∙18,66=18,66) temir va 35,5 (1∙35,5=35,5) g xlor ajralib chiqadi. 96500 kulon faradey soni deb ataladi va F harfi bilan belgilanadi
2.250g------------220g
100g-----------x=88
3.Na2CO3 + 2HCl= 2NaCl + H2CO3
2Na + + CO3 2- + 2H+ + 2Cl - =2Na + + 2Cl - + CO2 +H2O
CO3 2- + H+ =CO2 +H2O


Download 43,59 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 43,59 Kb.