• 2-mavzu. SOLOD VA SOLOD PREPARATLARI Solod to’g’risida umumiy ma’lumotlar
  • 3-mavzu. XAMIRNI ETILTIRUVCHILAR Achitqilar to’g’risida umumiy ma’lumotlar
  • 4-mavzu. KRAXMAL VA KRAXMAL MAHSULOTLARI
  • III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)




    Download 4.29 Mb.
    bet3/144
    Sana18.09.2022
    Hajmi4.29 Mb.
    #26057
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144
    Bog'liq
    «Oziq-ovqat xom ashyosi О‘QUV-USLUBIY MAJMUA

    III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

    1-Modul. «Oziq-ovqat xom ashyosi » ning umumiy asoslari

    1-mavzu. «Oziq-ovqat xom ashyosi » faniga kirish
    Oziq-ovqat mahsulotlari inson uchun energiya manbai, organizm to’qimalari uchun qurilish materiali va almashinuvni amalga oshiruvchi sifatida kerakdir.
    Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati xom ashyolarning xossalari, shu bilan birga xom ashyolarning birlamchi xossalarini o’zgartiruvchi va mahsulotning yangi xossalarini shakllantiruvchi texnologik jarayonlarga bog’liq. Masalan nonning sifati unning sifati va non pishirish jarayonlariga, sariyog’ning sifati qaymoqning sifati va yog’ ishlab chiqarish jarayonlariga bog’liq.

    2-mavzu. SOLOD VA SOLOD PREPARATLARI
    Solod to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Solod deb sun’iy sharoitlarda ma’lum harorat va namlikda undirilgan donlarga aytiladi. Donni sun’iy usulda undirish jarayoniga solod etishtirish deyiladi. Undirib olingan mahsulot yangi solod deyiladi va u keyinchalik quritiladi va quruq solodga aylantiriladi. Solod tayyorlash uchun asosan arpa va javdar donidan foydalaniladi.
    3-mavzu. XAMIRNI ETILTIRUVCHILAR
    Achitqilar to’g’risida umumiy ma’lumotlar. Xamirni etiltiruvchilar tarkibida qand mavjud bo’lgan muhitlarni bijg’itishga qobiliyatli achitqilarning biologik massasidan iborat bo’lgan novvoylik achitqilari kiradi.
    Sanoatda ishlab chiqariladigan bu xamir etiltiruvchilarni «xamirturush» emas, balki «achitqi» deb nomlash to’g’riroq bo’ladi. Chunki «xamirturush» degan ibora azaldan «eski xamir», yoki «etilgan turush (nordon) xamir» ma’noni bildiradi. Xamirturush nafaqat achitqilarning, balki sut kislotasi bakteriyalarning manbai hisoblanadi.

    4-mavzu. KRAXMAL VA KRAXMAL MAHSULOTLARI
    Sanoatda kraxmal asosan kartoshka va makkajo’xoridan olinadi. Kartoshka va makkajo’xorini qayta ishlab kraxmal-patoka korxonalari quruq kraxmal, glyukoza, kraxmal patokasining har xil turlari, modifikatsiyalangan kraxmal, dekstrinlar, glyukoza-fruktoza qiyomlari va boshqalarni ishlab chiqaradi. Kraxmal va kraxmal mahsulotlari oziq-ovqat sanoatining qandolatchilik, novvoylik, konserva, sut, oziq-ovqat konsentratlari, umumiy ovqatlanish mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va boshqa tarmoqlarida qo’llaniladi.

    Download 4.29 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   144




    Download 4.29 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)

    Download 4.29 Mb.