Yadro energetikasining ekologik muammolari. Yaqin vaqtgacha yadro
energetikasi kelajagi porloq sifatida qarab kelinmoqda edi. Bu yadro yoqilg‘isining
nisbatan katta zaxiralari va ularning atrof-muhitga kam ta’siri bilan bog‘liq bo‘lgan.
AES afzalliklariga resurslarning konlariga bog‘liq bo‘lmagan holda qurilish
imkoniyati mavjudligi, chunki yadro yoqilg‘isini tashish uning hajmi kichik
bo‘lganligi uchun(0.5 kg yadro yoqilg‘isi 1000 tonna toshko‘mir yoqilganda
olinadigan energiyani beradi,) ko‘p xarajatlarni talab qilmaydi.
Yaqin vaqtgacha AES larning asosiy muammolari ishlatib bo‘lingan yoqilg‘ini
ko‘mish hamda AES o‘zini mumkin bo‘lgan foydalanish muddatidan keyin bartaraf
etishdan iborat edi.
AES normal ishlaganda radioaktiv elementlarni atrof-muhitga tashlash sezilarli
emas. O‘rta hisobda ko‘mirda ishlaydigan shu quvvatdagi IES ga nisbatan 2-4 marta
kam.
1986 yildan so‘ng AES bosh ekologik xavfini ulardagi avariyalar bilan bog‘liq
holda qaralmoqda. Shu turdagi eng yirik avariyalarga Chernobil AESda sodir
bo‘lgan avariyani keltirish mumkin. Turli ma’lumotlarga ko‘ra ChAES reaktoridagi
bo‘lingan ozuqalarning jami miqdori 3,5%dan (63 kg) 28%gachani(50 t) (taqqoslash
uchun Xirosimaga tashlangan bomba 740 g radioaktiv modda bergan) tashkil etadi.
ChAES avariyasi natijasida 2 ming km.ga teng radiusdagi hudud ifloslandi va
u 20 ta davlatning hududini egalladi. Oldingi davrning 17 mln kishi istiqomat
qiladigan 11 ta viloyati azob chekdi. Umumiy ifloslangan hudud 8 mln.ga dan ortadi.
AES lar avariya holatining qo‘rqinchli oqibatlari sifatida atrof-muhitga bo‘lgan
quyidagi ta’sirlarni keltirish mumkin:
-rudalarni qazib chiqaradigan ayniqsa ochiq holda qazib olinadigan joylarda
ekotizim va uning elementlarining buzilishi(tuproq, suv tashuvchi tizim va h.k);
-AES qurilishi uchun yer ajratib berish. Ayniqsa katta hudud isitilgan suvni
berish, suvlarni chetga chiqarish va sovitish uchun inshootlarni qurishga ajratib
berish. 1000 MVt quvvatli AES uchun maydoni 800-900 ga ga ega sovituvchi ko‘p
talab etiladi. Bu ko‘llar asosi 100-120 metr , balandligi 40 qavatli uylarga teng
bo‘lgan ulkan gradiriyalar bilan almashtirilishi mumkin;
- turli manbalardan juda katta hajmdagi suvni olib isitilgan suv tashlanishi. Agar
bu suvlar daryolarga yoki boshqa tabiiy manbalarga tushsa, ularda kislorod
yo‘qotishlari kuzatiladi, gullanish ehtimolligi ortadi, suv ichidagi o‘simlik va
hayvonot olamini issiqlik stressi hodisasi ortadi;
- radiaktiv ifloslanishning atmosfera havosiga tushishi ehtimoldan holi emas,
bundan tashqari ular suvga, xom-ashyoni qazib olishda, olib yurishda hamda AES
ishlaganda tuproqqa tushishi, chiqindilarni omborxonalarga taxlaganda, qayta
ishlanganda va ko‘milganda ham radioaktiv ifloslanishlar tarqaladi.
Shunday qilib energiyaning bu birlamchi manbalaridan issiqlik va elektr
energiyani IES va qozonxonalarda an’anaviy usul bilan ishlab chiqarilganda yoqilg‘i
iste’mol qilinadigan texnologik qurilmalarda yoqilg‘idan foydalanish atrof-muhitga
quyidagi turli lokal va global ta’siri bilan bog‘liq:
- atmosferaga zararli moddalarni chiqarib tashlash;
- minerallangan va isitilgan suvni chiqarib tashlash;
- ko‘p miqdorda kislorod va isitilgan suvlarni iste’mol qilish;
- chiqindilarni (shlak, kul) ko‘mish uchun katta maydondagi yerni ajratib
berish.
Bu tuproq va suvni achishiga ta’sir etadi, parnik effekti hosil bo‘lishiga yordam
beradi, bu esa koinot haroratini ortishiga olib keladi va boshqa qaytarilmaydigan
jarayonlarni hosil qiladi. Bundan tashqari organik yoqilg‘i to‘ldirib bo‘lmaydigan
energiya manbai, bu degani ularni tiklanish tezligi, ularni iste’mol qilish tezligidan
ko‘p marta past.
Insoniyatning antropogen faoliyati natijasida oxirgi 30 - 40 yilda koinot
harorati 0.6 – 0.7
0
S ga ko‘tarildi va oxirgi 600 yilda yuqori hisoblanadi. Dengizning
o‘rtacha sathi o‘tgan yuz yillikka nisbatan 10 – 15sm ga ko‘tarildi.
Zamonaviy texnologiyalar nafaqat iqlimga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, balki
insonlarning salomatligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1997 yilda e’lon qilingan bir
qator ekspertlarning ma’ruzasiga ko‘ra 2020 yilgacha faqat qattiq yoqilg‘ini
yoqishdagi ta’sir har yili 700000 kishini hayotdan ko‘z yumishiga olib kelishi
mumkin. Chiqindilarni 10 ÷ 15 foizga qisqartirish esa 8 mln kishini hayotini saqlab
qolishi mumkin ekan. Yuqorida aytilganlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
Aholining turmush darajasini oshira borib har bir davlatda shunday iste’mol va
ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqishga harakat qilish zarurki, ular
kamroq energiya miqdorini iste’mol qilishni uning parametrlarini o‘zidan oldingi
anolog parametrlaridan yuqori bo‘lishini ta’minlab va shu bilan atrof-muhitga zararli
ta’sirini kamaytiradi.
Inson yashash muhitini o‘rganish muhimligiga e’tibor qaratib 1992 yil iyunida
Rio-de-Janeyroda 156 davlatning birinchi shaxslari ishtirokida konferensiya bo‘lib
o‘tdi, ular iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida “Ramochnaya konvensiya”ni imzolashdi,
uning rivojlanishi sifatida 1997 yil Kiot protokoli imzolandi. Bu insoniyat tarixida
birinchi marta iqlimni muhofazalash bo‘yicha murakkab ilmiy masalani yechishga
dunyo hamjamiyatining amaliy jalb qilish holati bo‘ldi. Kiot protokolining asosiy
mazmuni, dunyoning 140 dan ortiq mamlakatlarining parnik gazlarini, birinchi
navbatda SO
2
ning emissiyasini 2012 yil oxiriga borib 92 dan 100 % gacha
qisqartirish (1990 yil asosga nisbatan) majburiyatini olganligidadir. Protokolga
binoan sanoati rivojlangan mamlakatlar bunday chiqarib tashlashlarni 5.2% ga
pasaytirishi kerak bo‘ladi.
2011 yil Kopengagenda (Daniya) va 2015 yilda iklimni himoya qilish bo‘yicha
Fransiyada Parij protokoli ko‘p davlatlar tomonidan imzolangan.
|