KIRISH
Respublika qishloq va suv xo‘jaligining aniq sohalarda energetik (resurs)
boyliklaridan samarali foydalanish muammosining eng muhim tarkibiy qismlaridan
biri – energiya tejamkorlik sohasidagi bilimlarga ega bo‘lgan
mutaxassislarni
tayyorlashdir. Shuning uchun taqdim qilinayotgan ishning maqsadi – bu bo‘lg‘usi
energetiklarda energiya tejamkorlik sohasida jahon tajribasi va O‘zbekiston
Respublikasining davlat siyosati asosida energetik resurslardan samarali foydalanish
muammolarini qo‘yish va yechimini topishga umumiy metodologik yondashishni
shakillantirishdir.
O‘quv uslubiy qo‘llanma energetikaning jamiyat hayotidagi roli ko‘rib chiqildi,
energiyani hosil qilish, uni an’anaviy va noan’anaviy
usullar bilan ishlab
chiqarishning asosiy tushunchalari berilgan. Bundan tashqari jahon energetikasining
rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqildi, energetika va energiya tejamkorlik
iqtisodining masalalari batafsil
ishlab chiqildi, shu jumladan: ishlab chiqarishdagi
energiya sarfini normalash asoslari, energetika menejmenti, audit,
korxonaning
energetik balansi
.
Xalq xo‘jaligining turli sohalarida energiya tejamkorligining
ustunlik yo‘nalishlari hamda energetik resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha
dasturlar va chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi, energiya tejamkorlik siyosatidagi sanoati
rivojlangan davlatlarning tajribasi ifodalangan (keltirilgan).
Energiya iste’molini boshqarish masalalari va energiya tejash sohasidagi davlat
siyosatining eng muhim yo‘nalishlari ta’kidlangan.
Suvni boshqarish sohasidagi
texnologiyalarning energiya sarfini kamaytirish imkoniyatlari va istiqbollari
ko‘rsatilgan.