– BOB. ENERGETIKA RESURSLARI




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
FFF

1 – BOB. ENERGETIKA RESURSLARI 
1.1 Jamiyat hayotida va rivojlanishida energetikaning o‘rni 
Insoniyat hayoti davomida tabiat tomonidan minglab yillarda to‘plangan 
energiyadan foydalanib kelinmoqda. Bunda ushbu energiyadan foydalanish usullari, 
undan maksimal samara olish maqsadida doimo takomillashib kelmoqda. Energetika 
insoniyat hayotida doimo muhim rol o‘ynaydi. Inson faoliyatining barcha turlari 
energiya sarfi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan, inson o‘zining evolutsion 
rivojlanishining boshida inson faqat o‘z tanasi mushaklarining energiyasidan 
foydalangan. Keyinchalik esa inson olov energiyasini olishni va undan 
foydalanishni o‘rgandi. Insoniyat jamiyati evolutsion rivojlanishining navbatdagi 
o‘rami shamol va suv energiyasidan foydalanishga olib keldi va natijada birinchi suv 
va shamol tegirmonlari, suv charxpalaklari, o‘z harakati uchun shamol kuchidan 
foydalanuvchi yelkanli kemalar paydo bo‘ldi. XVIII asrda o‘tin yoki ko‘mirni 
yoqish natijasida hosil bo‘lgan issiqlik energiyasini mexanik harakat energiyasiga 
aylantiruvchi bug‘ mashinasi ixtiro qilindi. XIX asrda volt yoyi, elektr yoritish kashf 
qilindi. Elektro Motor, undan keyin esa elektr generator ixtiro qilinishlari elektr asri 
boshlanishiga olib keldi. XX asr insoniyat tomonidan energiya ishlab chiqarish va 
undan foydalanish usullarini o‘zlashtirish bo‘yicha haqiqiy inqilobni amalga 
oshirish asri bo‘ldi. Ya’ni: juda yuqori quvvatli issiqlik, gidravlik va atom elektr 
stansiyalar, yuqori va o‘ta yuqori va ultra yuqori kuchlanishga ega bo‘lgan elektr 
energiyasini uzatuvchi liniyalar qurildi. Elektr energiyani ishlab chiqarish, 
o‘zgartirish va uzatishning yangi turlari ishlab chiqilmoqda (boshqariluvchi 
termoyadro reaksiyasi magnit gidrodinamik generator, o‘ta o‘tkazuvchan 
turbogenerator va shunga o‘xshash). Katta quvvatli energiya tizimlari barpo 
qilinmoqda, shu bilan birga katta quvvatli neft va gaz ta’minoti tizimlari paydo 
bo‘lmoqda. 
Shunday qilib bizni o‘rab turgan dunyo turli ko‘rinishdagi tuganmas energiya 
manbalariga egadir. Hozirda ularning ba’zilaridan, ya’ni: quyosh energiyasi, yer va 
oyning o‘zaro ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan energiya, termoyadrosintezi 
energiyasi, yer issiqligi energiyasidan to‘laqonli foydalanilmayapti. Hozir inson 
tamaddunining rivojlanishida energiya hal etuvchi rol o‘ynaydi. Mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi va energiya sarfi orasida uzviy o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Insoniyat 
hayotida energetika katta ahamiyatga ega. Uning rivojlanish darajasi, jamiyat ishlab 
chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini, ilmiy texnik taraqqiyot imkoniyatlarini 
va aholi turmush darajasini aks ettiradi.
Afsuski, inson tarafidan iste’mol etilayotgan energiyani ko‘p qismi, mavjud 
bo‘lgan energetik resurslardan foydalanishning past samaradorligi tufayli befoyda 
issiqlikka aylanmoqda. Dunyoda bir yilda foydalaniladigan energiyaning taxminiy 


taqsimoti 1.1 - jadvalda keltirilgan. Bu jadvaldagi energiya qiymati, yoqilganda 
mavjud energiyani beruvchi ko‘mir miqdorining megatonnalardagi (Mt) o‘lchamida 
keltirilgan. 

Download 2,49 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish