70-yillarda energetik inqirozdan so‘ng, g‘arb davlatlari katta energiya tejamlash
tadbirlarini amalga oshirish uchun, o‘z ichiga huquqiy va iqtisodiy qiziqtira oladigan
energiya tejamlash dasturini yaratdilar va bunda ular yoqilg‘i (asosan neft va neft
mahsulotlari) va energiya iqtisodiga zarur moliyaviy va mineral resurslarni
kiritdilar. Energiya tejamlash majmuasini amalga oshirish natijasida g‘arb davlatlari
va AQSH iqtisodiyoti, neft va neft mahsulotlari bilan ustuvor va ishonchli
ta’minlangani holda, gullab yashnamoqda. Masalan, bu asrda neft iste’mol qilish
AQSHda 65ga, Angliyada 20ga, GFRda 21ga, Fransiyada 30min.t. shartli yoqilg‘iga
pasaydi. Bu davrda AQSH va Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti,
energiyaresurslar iste’moli o‘smagan holda rivojlandi.
Rivojlangan mamlakatlardagi energiya tejash siyosatini o‘tkazish tajribasi
shuni ko‘rsatadiki, energiya tejashni uch ulkan yo‘nalishi mavjud [1,4,5].
Energiya tejamlash siyosatini amalga oshirishning boshlang‘ich bosqichi uchun
birinchi samarali, kichik sarfli yo‘nalish – bu yoqilg‘i va energiyadan foydalanishni
ratsionalizatsiyalashtirish. Iqtisodiy sarflar amalda bo‘lmagan, asosiy bosim,
iqtisodiy asoslarni yaratish bilan birga tashkillashtirish chorasi amalga oshirilib,
bunda yoqilg‘i hamda energiya ishlab-chiqaruvchilar va iste’molchilar energiya
tejamlashga safarbar etiladi.
Chet el tajribasining tahlili shuni ko‘rsatadiki, amalga oshirilayotgan energiya
tejash potensialining 50 dan to 70% birinchi navbatda tashkiliy tadbirlarga to‘g‘ri
keladi[2].