O‘zbekistonda energiya tejashni tashkillashtirish masalalarining




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
FFF

2.3. O‘zbekistonda energiya tejashni tashkillashtirish masalalarining 
hozirgi holati 
Elektr energetika, energiya tejashning katta potensialiga ega bo‘lgan holda, 
respublika iqtisodiyotini rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi [4,7,10]. 
O‘zbekiston elektr energetika sohasining ishlash samaradorligining 
pasayishining hozirda mavjud bo‘lgan tendensiyasi elektr energetika jihozlarini 
moddiy-texnik va moliyaviy ta’minotining keskin yomonlashuvi tufayli, asbob va 
uskunalarni buzilishdan saqlash va ta’mirlash choralari sifatining pastligi va uning 
eskirishidan, bu jihozlarning energetik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini sezilarli 
darajada yomonlashuvi tufaylidir. 
Texnologik uskunalar ishlashi samaradorligining pasayishi yoqilg‘i narxining 
o‘sishi va yetkazilayotgan energiyaning past tariflarini mos emasligi bilan 
cho‘qurlashib boradi, bu esa ishlab chiqarish daromadlarini yetarli darajada qayta 
investitsiyalash, sohani ilgarilab boruvchi rivojlanishini to‘xtatib turadi. 


Elektr energiyaga oshib borayotgan talablarni sifatli qoniqtirish asnosida, elektr 
energetika ishlab chiqarilishi imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston 
iqtisodiyoti ko‘rsatkichlarini kutilayotgan o‘sishi sharoitlarida, kelajakdagi eng 
asosiy yo‘llardan biri iqtisodiyotning barcha sohalarida, shu jumladan energetika 
sohasida energiya tejash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni qabul 
qilishdir. Oldindan qilingan hisob-kitoblarga ko‘ra sohadagi energiya tejash 
potensiali respublika bo‘yicha energiya tejash potensialining 30 % ni tashkil qilishi 
mumkin ekan. 
Elektr energiyani ishlab chiqarishdagi samaradorlikning asosiy ko‘rsatkichi - 
yoqilg‘ini solishtirma sarfi oxirgi o‘n yillikda ortdi va hozirda 375.92/kVt.soat 
(2017y) ni tashkil etadi. Elektr energiyani uzatayotgan tarmoqlarni fizik yedirilishi 
hisobiga ularni o‘ta yuklanishi, hisobga olish asboblarining takomillashmaganligi 
tufayli energiyani uzatishdagi texnologik sarflar va umuman tizim bo‘yicha jami 
isroflar ortib ketdi, hamda ular 13.8% ni tashkil etadi [4]. 
Energiya resurslari bahosining ortishi, mahsulot tannarxidagi yoqilg‘i energetik 
tashkil etuvchini ortishiga olib keladi. Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 
energiya samaradorligini pasayishiga va oxir oqibat, yalpi ichki mahsulotni 
kamayishiga olib keladi [11,12] . Shuning uchun energiya tejash zaxiralarini amalda 
qo‘llash, energiya ta’minotining to‘xtovsiz va ishonchlilik darajasini ko‘tarishning 
zarur omillariidan biridir, bundan tashqari bu O‘zbekistonning rivojlanayotgan 
iqtisodiyoti sharoitida, ichki energetik talablarini iqtisodiy jihatdan qondirishni 
ta’minlaydigan omil bo‘lib, shu bilan birga u respublika energetikasining eksport 
potensialining ortishiga moyillik qiladi. 
Hozirda sohada energiya tejashning tashkiliy texnik potyensiali yiliga 2.5-5.0 
mln.t.sh.yo etib baholanmoqda va bu potensialni amalga oshirish elektr energiya 
rivojlanishining quyidagi ustuvor yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liqdir: 
- energiya ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qurollantirish, qayta 
qurish; 
- elektr tarmoqlarni bundan keyin ham rivojlanishi va qayta qurilishi; 
- ekologik jihatdan toza, tiklanuvchi energiya manbalari hamda yetarli zaxiraga 
ega bo‘lgan birlamchi issiqlikdan foydalanuvchi energiya ishlab chiqaruvchi 
tuzilmani optimallashtirishga yo‘naltirilgan quvvatlarni beradigan yangi manbalarni 
qurish. 
-energiya tejash masalalari bo‘yicha texnik va iqtisodiy jihatdan sohasini yaxshi 
biladigan mutaxassislarni tayyorlash. 
Bu ustuvor yo‘nalishlarning samaradorligi, elektr energetika ishlab 
chiqarishning hozirgi holati, hamda uning rivojlanishining ma’lum davrlarida, ularni 
amalga oshirishning texnik va iqtisodiy imkoniyatlariga bog‘liq. 


Energetik potensialni bundan keyin ko‘paytirish, iste’molchilarni issiqlik va 
elektr energiya bilan ishonchli va sifatli ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “ 2001-2010 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasi energetikasida generatsiyalanuvchi quvvatlarni rivojlantirish va 
rekonstruksiyalash dasturi to‘g‘risida ” qaror qabul qilindi. Bu qarorda sohani texnik 
qayta qurollash, qayta qurish va modernizatsiyalash bo‘yicha choralar, moliyalash 
manbalari, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlari hisobiga moliyalash 
aniqlandi, energiya resurslarni iqtisod qilish yo‘nalishlari ko‘rsatildi. 
Bu qarorga tayangan holda “O‘zbekenergo” AJda, 2010 yilda bo‘lgan davr 
uchun energiya tejash dasturi ishlab chiqildi. U ushbu davr uchun elektr energiyani 
ishlab chiqarish va iste’mol qilish ko‘rsatkichlari oldindan aytish bilan me’yorga 
keltiriladi. Dasturning asosiy maqsadi sohadagi energiya tejash potensialini 
yoqilg‘idan samarali foydalanish choralar tizimini bajarish hisobiga amalga oshirish, 
elektr energiya isrofini uning barcha zanjiri bo‘yicha ya’ni uni ishlab chiqarish, 
uzatish va ta’qsimlashdagi isrofni qisqartirishdan iborat. Bu maqsadga erishish, 
ishdan chiqib borishi yuqori darajada bo‘lgan jihozlarning energetik 
ko‘rsatkichlarini, elektr energiyani ishlab-chiqarish, uzatish va taqsimlashning 
zamonaviy rivojlanish darajasiga javob beruvchi jihozlar, qurilma va 
texnologiyalarini tatbiq etib va foydalanib, elektr stansiya va elektr tarmoqlarni 
rekonstruksiyalash, modernizatsiya qilish, sifatli ta’minlash-profilaktika tadbirlarini 
o‘tkazish, energiya resurslarini hisoblovchi asboblar va tizimlarini takomillashtirish 
choralarini bajarish hisobiga, hamda energiya iste’molini boshqarish bo‘yicha 
choralarni ko‘zda tutadi. 
Ko‘zda tutilgan choralar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 
Birinchi bosqichda, 1-3 yil muddat ichida ba’zi bir harakatdagi (ishlayotgan) 
IES ning asosiy va yordamchi qurilmalarini ishlash rejimini optimallash, qism va 
tugunlarni almashtirish va modernizatsiyalash yo‘li bilan ularning iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha choralar amalga oshirilib, bu ularning 
energetik tavsiflarini loyihadagi ko‘rsatkichlarga yaqinlashtirish imkonini beradi. 
Bunday qurilmalarning tarkibi katta qismni (60%dan ortiq) tashkil etishini 
hisobga olinsa, bu choralar muhim ahamiyatga ega va kelajakda nisbatan kichik sarf-
xarajatlar hisobiga yoqilg‘i ishlatish samaradorligini oshirish bilan energiya ishlab-
chiqarishning iqtisodiyotini yaxshilash imkonini beradi, hamda iste’molchilarni 
energiya bilan ta’minlash sifatini va ishonchliligini oshiradi. 
Energiya tejamlashning samarasini va ishonchliligini oshirish maqsadida chet 
el investitsiyalaridan optimal foydalanilmoqda. Masalan Sirdaryo IESda Yevropa 
rivojlanish va rekonstruksiyalash banki (YeRRB) krediti hisobiga 2 ta energiya 
blokini rekonstruksiyalash tugallandi. Natijada har bir blokning quvvati loyiha 
qiymatiga yetkazildi, ya’ni har yili 49 ming t.sh.yo dan ortiq yoqilg‘i-energetika 


iqtisod qilinib, 60 MVt ga ortdi. Bundan tashqari stansiyaning yana 2 ta energiya 
blokini rekonstruksiya qilish mo‘ljallanmoqda. Yuqorida keltirilgan choralarni 
ko‘llashdan kelib chiqadigan yoqilg‘i iqtisodiyoti, soha bo‘yicha 600 ming t.sh.yo 
tashkil etadi. 
Dasturni amalga oshirishning keyingi bosqichlarida issiqlik elektr stansiyalarni 
katta energetik ko‘rsatkichlarga, manyovrchanlikga ega bo‘lgan, nisbatan qisqa 
muddatda quriladigan, yuqori energo samaradorlikka ega zamonaviy jihoz va 
texnologiyadan foydalangan bug‘ gaz va gaz turbina qurilmalari (BGQ, GTQ) bilan 
texnik qayta qurollantirish va rekonstruksiyalash ko‘zda tutilgan [13,14]. 
BGQ va GTQ larni birinchi navbatda Toshkent va Navoiy IES, Muborak va 
Toshkent IEM da kiritish ko‘zda tutilgan. 2005 yili quvvati 800 MVt ni tashkil 
etadigan Tolimarjon IES bosh energoblokini ishga tushirilishi Samarqand-Buxoro 
energo-tuguni energo kuchlanganligini pasaytirishga olib keladi, hamda yiliga 320 
ming sh.yo. gacha iqtisod qilish imkonini beradi. Shu bilan birga Yaponiya 
hukumatining imtiyozli krediti hisobiga Toshkent IES ni modernizatsiya qilindi. 
Hisob-kitoblariga ko‘ra, 2025 yilgacha Respublikamiz elektr energiyasini hosil 
qilish balansini BGQ, GTQ va GES larni joriy etilishi hisobiga qo‘shimcha 4224 – 
5941 MVtga hamda shu davr mobaynida GES larni modernizatsiyalash va mini GES 
larni qurish hisobiga esa qo‘shimcha yana 1466 MVtga oshira olishimiz mumkin. 
Tadqiqot natijalariga ko‘ra energiyadan samarali foydalanish orqali yiliga 
birlamchi energiya manbalaridan foydalanishni 20% ga qisqartirish va 11,3 mln 
tonna shartli yoqilg‘ini tejash imkoniyati mavjuddir. 
IESning yirik iste’molchilari tarkibiga viloyatdagi sanoat korxonalari – 
Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement” aksiyadorlik 
jamiyatlari, shuningdek, mintaqadagi qishloq xo‘jaligining yirik nasos stansiyalari 
va boshqalar kiradi. Stansiyaning ekspluatatsiya faoliyati 1963 yilning fevral-mart 
oylarida unumdorligi soatiga 220 tonnadan bug‘ berish quvvatiga ega ikki qozon va 
har biri 25 megavatt quvvatga ega ikkita turboagregat ishga tushirilishi bilan 
boshlangan. 
2012 yilning IV choragidan boshlab, 478 MVt quvvatga ega bo‘lgan 
kombinatsiyalashgan siklli zamonaviy bug‘-gaz qurilmasi ham ishga tushdi. 478 
MVt quvvatli bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilgach, stansiyaning quvvati 1618 
megavattni, issiqlik quvvati esa soatiga 518 gigakaloriyani tashkil etdi. 
II davr stansiyani yanada kengaytirish hisobiga ishlab chiqarish quvvatlarini 
oshirish, zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni joriy etish va iste’molchilar 
energota’minotini barqarorlashtirish maqsadida 2017-2019 yillarda 450 megavatt 
quvvatli bug‘-gaz qurilmasi loyihasini amalga oshirish bilan davom ettirildi. 
Birinchi qurilmadan farqli o‘laroq, ushbu loyihada 200 gigakaloriya (issiqlik 
tarmog‘i uchun 100 Gkal miqdorda issiq suv hamda ishlab chiqarish korxonalari 


uchun 100 Gkal. sanoat bug‘i ko‘rinishida) issiqlik energiyasi ishlab chiqarish 
ko‘zda tutilgan. 
2019-2023 yillarda stansiyani navbatdagi uchinchi va to‘rtinchi bug‘-gaz 
qurilmalari loyihasini amalga oshirish orqali kengaytirish mo‘ljallanmoqda. 
Kombinatsiyalashgan siklda zamonaviy qurilmalarda 1 kVt soat elektr energiyasi 
ishlab chiqarish uchun 220-235 gramm shartli yoqilg‘i sarf qilinadi(solishtirish 
uchun – an’anaviy texnologiyalarga asoslangan qurilmalarda ushbu ko‘rsatkich 400 
grammga borib qoladi va hatto undan ham ortiqroqni tashkil etishi mumkin).
Dastlabki 478 MVt quvvatdagi qurilmaning ishga tushirilishi natijasida 
stansiyada yillik iqtisod qilib qolingan tabiiy gaz miqdori 350-400 million 
kubometrni, 2013-2018 yillar mobaynida 2,3 milliard kubometr gaz tejab qolinib, 1 
trillion so‘m mablag‘ iqtisod qilindi. 
Ikkinchi navbatdagi 450 MVt quvvatli qurilmaning ishga tushirilishi 
stansiya bo‘yicha ichki iste’molchilar uchun qo‘shimcha ravishda yiliga 3 milliard 
276 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkonini beradi. Loyihaning 
yana bir e’tiborga loyiq jihati shundaki, unda O‘zbekistonda birinchi bor texnik suv 
o‘rniga o‘rniga havo bilan sovitiladigan kondensator o‘rnatilgan. 
Yangi qurilma ishga tushirilishi bilan 112 ish o‘rni yaratilib, yillik tabiiy gaz 
iqtisodi esa 500 mln kubometrni tashkil etishi kutilmoqda. 
“Navoiy IES” aksiyadorlik jamiyatida har birining quvvati 650 MVt bo‘lgan 
navbatdagi uchinchi va to‘rtinchi investitsiya loyihalarini joriy etish 
mo‘ljallanmoqda. 
Bug‘ gaz turbina qurilmalaridan foydalanish energiya tizimi bo‘yicha 
yoqilg‘ining solishtirma sarfini o‘rtacha 340-350 g/kVt ga pasaytirish, energo 
tizimida yuklama cho‘qqisini rostlash manyovrliligini oshirish, issiqlik energiyasi 
ishlab-chiqarishni arzonlashtirish, atrof-muhit texnogenli yuklamasini pasaytirish 
imkonini beradi. 
Elektr tizimlarini energiya tejash masalalarini yechish doirasida rivojlanishi va 
rekonstruksiyalash esa, energiya tizimda elektr energiyani uzatishni va taqsimlashni 
optimal sxemasini bajarish, energiya uzatish liniyalarining yuklamalarini 
kamaytirish va energiya stansiya qurilmalarining ish rejimini yaxshilash imkonini 
beradi. Rivojlanish hududda elektr energiya bozorini shakllantirishga olib keladi. 
Elektr energiyani magistral tarmoqlarini modernizatsiyalashning hududiy loyihasini 
amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Bu loyihalarning barchasi isroflarni qisqartirish, 
iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash sifati va ishonchliligini oshirish imkonini 
beradi. 
Energiya tejamlash masalalarini yechishda, energiya resurslarini hisobga olish 
tizimini takomillashtirishni dolzarbligini hisobga olib, energiya tizim obyektlarida 
ularni modernizatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu tadbirlar 


o‘z ichiga hisobga olish tizimini yuqori aniqlikdagi o‘lchov asboblari bilan 
ta’minlashni, elektr energiyani avtomatik tarzda hisobga olish va nazorat qilishni 
avtomatlashgan tizimini (ASKUE, AIISKUE) ishlab chiqish va tatbiq etishni, 
namunali asboblar va zamonaviy tekshiruvchi stendlar bilan jihozlashni o‘z ichiga
oladi[15]. 
Dasturda atrof-muhitga ta’sir etadigan texnogen yuklamani pasaytirish 
bo‘yicha choralar ko‘zda tutilgan. Ishlayotgan, ya’ni harakatdagi issiqlik energiya 
stansiyalarida –Toshkent (630 MVt), Navoiy (346 MVt) IES larda va Muborak IEM 
da (106 MVt), bug‘-gaz qurilmalarini qo‘llash Yangi-Angren IES da oltin gugurtdan 
tozalash qurilmalarini qurish karbonot angidrid gazini chiqarib tashlashni ikki 
martagacha, azot va oltingugurtni chiqarib tashlashni 3-4 martagacha pasaytirish 
imkonini beradi. 
Dasturda tashkiliy choralar ko‘zda tutilgan bo‘lib, bular energiya ishlab 
chiqarish va energiya iste’mol qilish masalalari bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab 
chiqish, qurilma va texnologik jarayonlarning me’yoriy tavsiflariga tuzatish kiritish, 
energiya resurslarini iqtisod qilinganligi uchun xizmatchi va ishchi xodimlarni 
moddiy rag‘batlantirishning samarali holatlarini tatbiq etish va boshqalardir. 
Energiya ishlab chiqarishda yoqilg‘i va energiyani iqtisod qilish bo‘yicha 
samarali choralarini qabul qilishga olib keladigan muhim yechimlardan biri, bu ta’rif 
siyosatini takomillashtirishdir. Hozirda amal qilayotgan elektr energiyaga bo‘lgan 
past tariflar, soha ishlashining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur 
choralarni yetarli bo‘lmagan darajada amalga oshiradi. 
Ishlab-chiqarishning haqiqiy sarflariga asoslangan tariflarni qo‘llash, ustuvor 
va samarali ishlashini, hamda elektr energetika sohasini taraqqiyotini rivojlanishini 
ta’minlaydigan zaruriy moliyaviy bazasini yaratadi. 
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitlarida energiya tejash choralarini 
moliyalash, avvalambor korxonaning o‘z mablag‘laridan foydalanish, shu bilan 
birga chet el kreditlari va investitsiyalarini jalb etishga qaratilgan. Ayrim hollarda 
turli fond va tashkilotlarning hamda davlat qaramog‘idan chiqqan soha 
korxonalarini o‘zlashtirishdagi mablag‘larini, chet el va o‘z davlatining xususiy 
kapitalini jalb etishni ko‘zda tutadi. 
Yoqilg‘i iste’moli tuzilmasini o‘zgartirish ko‘zda tutilgan: ya’ni, ko‘mir 
iste’moli ulushini oshirish va tabiiy gaz iste’molini qisqartirish 2015 yilga kelib 
ko‘mir iste’moli ulushi 4,4 % dan 13,2 % gacha ortadi. Bunda gaz iste’moli hajmi 
14.2 mlrd·m
3
ni, ko‘mir – 9,4 mln. tonnani tashkil etadi. 
Shuni ta’kidlash zarurki, O‘zbekistondagi ayrim korxonalar va sohalarda 
energiya tejash bo‘yicha amalga oshirilgan choralarning birinchi natijalari, uni 
jadallashtirish bo‘yicha yetakchi zaxira borligini ko‘rsatadi.


Energiya ishlab chiqarishga eng yangi texnologiyalarni tatbiq etishni va mavjud 
energiya resurslaridan ratsional foydalanishni ko‘zda tutuvchi energiya tejash 
siyosatini ketma-ket o‘tkazish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (elektr energiya) 
tannarxini pasaytirish, soha daromadini ko‘paytirish, energiya tizimi ishining 
texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini beradi. 
Respublika elektr energetikasining energetik resurslarini iqtisod qilishning 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: 
- texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish darajasini oshirish, elektr 
energiyani uzatish va taqsimlashga ketadigan texnologik xarajatlar darajasini 
pasaytirish; 
- bug‘-gaz, bug‘-turbina qurilmalar bazasi asosida energetika ishlab-
chiqarishning yangi yuqori samarador texnologiyalarni qo‘llab amaldagi elektr 
stansiyalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish;
- IES energiya bloklarini texnik qayta qurollantirish, ishlayotgan qurilmalarni 
ayrim detal va tugunlarini almashtirish yo‘li bilan iqtisodliligini oshirish. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 O‘zbekistonda energiya tejashni tashkillashtirish masalalarining

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish