o‘sishni ta’minlash va aholi farovonligini oshirishga, yoqilg‘i-yenergetika
resurslariga bo‘lgan talabni uzluksiz qondirishga qaratilgan neft va gaz, elektr
energetikasi, ko‘mir, kimyo, qurilish sohalarini rivojlantirishning uzoq muddatli
strategiyalarini amalga oshirmoqda.
Shu bilan birga, yoqilg‘i-yenergetika sanoatining mavjud quvvatlari energiya
resurslariga o‘sib borayotgan talabni to‘liq qondira olmaydi, ichki iqtisodiyotning
energiya intensivligi rivojlangan mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha
yuqori.
Asosan gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan qayta
tiklanadigan energiya manbalari bugungi kunda mamlakatda ishlab chiqarilgan
elektr energiyasining atigi 10 foizini tashkil etadi. Mavjud ulkan imkoniyatlarga
qaramay, quyosh va shamol kabi qayta tiklanadigan energiya manbalarining
imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti.
Shu munosabat bilan, hozirgi bosqichda davlat siyosatining dolzarb
yo‘nalishlaridan biri iqtisodiy va ijtimoiy sohalarning energiya samaradorligini
oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanadigan energiya
manbalarini keng joriy etish bo‘lishi kerak.