4.2.- jadval Qayta tiklanuvchi energiya manbalar solishtirma quvvati
Manba Quvvat, Vt/m2 Ilova Quyosh
100-250
Shamol
1500-5000
8-12 m/s tezlikda lekin
ko‘proq bo‘lishi mumkin
Geotermal issiqlik
0.06
Okeanning shamol
to‘lqinlari
3000 Vt/pog.m
1000 Vt/pog.m ga yetishi
mumkin
Taqqoslash uchun ichki
yonuv Motori
Turboreaktiv Motor
Yadro reaktori
100 kVt/l atrofida
1 MVt/l gacha
1 MVt/l gacha
Shamol energetikasi – bu shamoldan mexanik energiyani olib, keyinchalik uni
elektr energiyaga aylantirishdir. Vertikal va gorizontal aylanuvchi o‘qli shamol
Motorlari mavjud. Shamol energiyasini shamolning tezligi 5 va undan ortiq m/sek
bo‘lganda muvaffaqiyatli ishlatish mumkin. Kamchiligi katta shovqindir.
Dunyoda shamol energiyasining potensiali ulkandir. Nazariy jihatdan bu
energiya Yevropaning barcha talabini qondirishi mumkin. Kichik tezliklarda
ishlaydigan shamol generatorlarini qurishdagi oxirgi muhandislik muvaffaqiyatlari
shamoldan foydalanishni iqtisodiy o‘z-o‘zini oqlashini ko‘rsatmoqda. Lekin SHES
qurilishiga bo‘lgan cheklanishlar, ayniqsa, aholi zich joylashgan tumanlarda, bu
energiya manbaining potensialini pasaytiradi.
Shamol energiyasining narxi yiliga 15% ga pasaymoqda va hatto bugun
bozorda raqobatbardoshdir, asosan- AESlarda olinadigan (yiliga 5%ga oshib
bormoqda) energiya narxidan farqli o‘laroq kelajakda pasayish imkoniyatiga ega;
bunda shamol energiyasini ortish jadalligi yiliga 25% dan ortiq. Turli davlatlarda
shamol energiyasidan foydalanish kuchaymoqda.
Rivojlangan
davlatlarda
shamol
energiyasini
o‘zlashtirish
shuni
ko‘rsatayaptiki, quvvati 100 kVtdan ortiq, ayniqsa 200-500 kVt oralig‘idagi shamol
qurilmalari eng optimal hisoblanadi. Bunda masalan, Daniyada shamol elektr
stansiyasida ishlab chiqarilgan 1 kVt∙s elektr energiya, issiqlik elektr
stansiyadagidan arzonroqdir.