• 4.1- jadval Turli turdagi elektr stansiyalarni iqtisodiy taqqosi Elektr stansiya turi Qurilishga bo‘lgan sarf xarajatlar, AQSH
  • Noan’anaviy energetika va uning tavsifi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    4.3 Noan’anaviy energetika va uning tavsifi 
    Agarda an’anaviy energetika organik va yadro yoqilg‘i kabi qayta 
    tiklanmaydigan energiya resurlaridan foydalanishga asoslangan bo‘lsa, noan’anaviy 
    energetika tuganmas tiklanuvchan energiya resurslar (TTEM) dan foydalanishga 
    asoslangan. 
    An’anaviy energiya resurslardan foydalanish, kislorodni yutishidan tashqari 
    atrof-muhitni sezilarli darajada ifloslanishga olib keladi. Energiya resurslarning 
    cheklanganligi, ularni ishlatish, havo atmosferasining tarkibiga ta’sir etishi va atrof-
    muhitga boshqa zararli ta’sirlari (chiqindilar hosil bo‘lishi yer qa’rini va yer yuzasini 
    buzilishi, iqlimning o‘zgarishi ) butun dunyoda noan’anaviy manbalarga bo‘lgan 
    yuqori qiziqishni uyg‘otadi, bularga: quyosh energiyasi; shamol energiyasi; 
    geotermal energiya; akkumlangan (yig‘ilgan) issiqlik, dengiz va okeanlarning 
    energiyasi; dengiz oqimi, dengiz to‘lqinlari, quyilish va orqaga qaytish 
    ko‘rinishidagi energiya; suv o‘simliklaridan, qishloq xo‘jaligi va shahar 
    chiqindilaridan, biomassalardan foydalanish. 
    Hozir noan’anaviy energetikaning rivojlanishi unga ketadigan katta xarajatlar 
    va bunday elektr stansiyalarda ishlab chiqariladigan energiyaning tannarxi bilan 
    cheklanmoqda. 
    Turli turdagi elektr stansiyalarni iqtisodiy taqqosi (1991 y uchun) 4.1 -jadvalda 
    keltirilgan. 
    4.1- jadval
    Turli turdagi elektr stansiyalarni iqtisodiy taqqosi 
    Elektr stansiya turi 
    Qurilishga bo‘lgan sarf 
    xarajatlar, AQSH 
    dol/kVt 
    Ishlab chiqarilgan 
    energiyaning narxi, 
    syent/kVt∙s 
    Ko‘mirda ishlaydigan 
    IES 
    1000-1400 
    5.2-6.3 
    AES 
    2000-3500 
    3.6-4.5 
    GES 
    1000-2500 
    2.1-6 
    SHES 
    300-1000 
    4.7-7.2 


    Oqib kelishi (OES) 
    1000-3500 
    5-9 
    To‘lqinli 
    13000 dan 
    15 dan 
    Quyosh 
    14000 dan 
    20 dan 
    Iqtisodiy jihatdan maqbuli, bu solishtirma kapital xarajatlar 2000 AQSH 
    dol/kVt gacha bo‘lgan elektr stansiyalarni qurish. 
    Noan’anaviy tiklanuvchi energiya manbalar solishtirma quvvatini an’anaviy 
    manbalar bilan taqoslash 4.2 jadvalda keltirilgan . 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Noan’anaviy energetika va uning tavsifi

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish