Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
FFF

Gelioenergetika – energiyani Quyoshdan olish. Quyosh energetikasining bir 
nechta texnologiyasi mavjud. Katta sondagi ketma-ket va parallel ulangan 
elementlardan yig‘ilgan, Quyoshning nurlanish energiyasini to‘g‘ridan- to‘g‘ri 
o‘zgartiradigan fotoelektrogeneratorlar quyosh batareyalari degan nom oldi. 
Quyosh nurlaridan energiya olish atmosferaga zararli chiqindilarni 
chiqarmaydi, standart silikon quyosh batareyalarni ishlab chiqarish ham kam zarar 
keltiradi. Lekin katta masshtabda ko‘p qatlamli elementlarni galliy arsenidi yoki 
kadmiy sulfidi kabi g‘ayriodatiy materiallardan foydalanish zararli chiqindilarni 
chiqarish bilan bog‘liq.
Quyosh batareyalari katta joyni egallaydi. Lekin boshqa manbalar bilan 
taqqoslaganda, masalan, ko‘mir bilan, ular to‘la o‘rinlidir. Bundan tashqari Quyosh 
batareyalari uylarning tomlarida, shosse yo‘llari chetlarida joylashtirilishi mumkin 
hamda quyoshga boy bo‘lgan cho‘llarda ishlatilishi mumkin.
Quyosh batareyalarining xususiyatlari ularni uzoq masofalarda joylashtirish 
imkonini beradi, modul konstruksiyalarni esa yengil tarzda olib borish va boshqa 
yerda joylashtirish mumkin. Shuning uchun qishloq joylarida va uzoq joylarda 
qo‘llaniladigan Quyosh batareyalari ancha arzon elektr energiya beradi. 
Uzoq yerlarda joylashgan aholi Quyosh batareyasi energiyasini yoritish, radio 
eshittirish va boshqa ro‘zg‘or ehtiyojlariga ishlatadi, Quyosh energiyasidan amaliy 
tarzda quduqdan suvni ko‘tarishda va sog‘liqni saqlash ehtiyojlariga ham ishlatiladi. 
Quyosh energiyasidan keng foydalanishni to‘xtatib turadigan bosh sabab, bu 
uning yuqori narxidir. Bu kelajakda arzon va samarali texnologiyalarni rivojlanishi 
natijasida pasayadi. Quyosh elektr energiyasining hozirgi narxi 1Vt quvvatga 4,5 
dollarga teng, 1,0 kVt∙s elektr energiyaning bahosi yoqilg‘ini an’anaviy yo‘l bilan 
yoqilganda olingan energiyadan olti marta qimmat. Qachon Quyosh energiyasini 
ishlab chiqarish bahosi yoqilg‘ini yondirib olinadigan energiya bahosi bilan 
tenglashsa, u keng tarqalishi mumkin, lekin 90- yillardan gelioenergetika rivojlanish 
tezligi yiliga 6% ni tashkil etadi, bu vaqtda neftning dunyo iste’moli yiliga 1,5% ni 
tashkil etadi. 
Quyosh energiyasini issiqlik olishda, xususan, turar joylarni issitishda ishlatish 
mumkin. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish