karbonot angidrid gazi, azot, vodorod va oltingugurt vodorod aralashmasi). Biogazni
sanoatda olish yo‘li, o‘tgan asrdan oldingi 1885 yilda ma’lum bo‘lgan. Dunyoda 8
mln.dan ortiq biogaz oluvchi qurilmalar mavjud.
Biomassa – tiklanuvchan energiyani yig‘adigan eng arzon va yirik masshtabli
shakli. “Biomassa” atamasi ostida, har qanday kelib chiqishi biologik bo‘lgan, hayot
faoliyatining ozuqasi va organik chiqindilar ko‘zda tutiladi. Biomassa, yerda hayot
bo‘lar ekan doim mavjud Yerda organik moddaning yillik ortishi,
zamonaviy
bosqichda barcha insoniyatning bir yilda iste’mol etadigan energiyasidan 10 marta
ortiq bo‘lgan energiya miqdoriga ekvivalentdir.
Bizning Respublika uchun xarakterga ega bo‘lgan biomassalar manbalarini
uchta asosiy guruhga bo‘lish mumkin:
tabiiy o‘sish ozuqalar (o‘tin, o‘tin chiqindilari,barglar va h.k);
insonlarning hayot faoliyati davomidagi chiqindilari
va ishlab chiqarish
faoliyatini hisobga olgan holda (qattiq maishiy chiqindilar, sanoat ishlab chiqarishi
chiqindilari va h.k);
maxsus yetishtiriladigan yuqori hosilli o‘simliklar.
Kichik gidro energetika. Hozirgi vaqtda GES larni kichik gidrostansiyalar
qatoriga kiritishning aniq mezonlari mavjud emas. Bizlarda quvvati 0.1 dan 30 MVt
bo‘lgan gidrostansiyalarni
kichik deb qabul qilingan, bunda turbinaning ishchi
g‘ildiragi diametrini 2 m gacha bo‘lishi va birlik quvvati 0.1 MVtdan kam bo‘lgan
GESlar mikro GES kategoriyasiga kiritilgan.
Hozirgi vaqtda dunyoda gidroenergetika o‘z taraqqiyoti
tarixida uchinchi
o‘ramni boshdan kechirmoqda. Birinchi GESlarning qurilishi oldingi asrda
boshlangan va ular ayrim zavod va qishloqlarni elektr ta’minotiga mo‘ljallangan.
Shundan so‘ng
ularning qurilishi, kichik IES raqobatbardoshligi hisobiga,
sekinlashdi. Kichik GES larning ommaviy qurilishining ikkinchi bosqichi 40
yillarning oxiri va 50 yillarning boshlariga to‘g‘ri keladi,
bunda kolxozlar,
sovxozlar, korxona va davlat tomonidan minglab kichik GESlar qurildi. 70 – 80
yillarda katta energetikaning yirik issiqlik, gidravlik
va atom elektr stansiyalar
bazasida tez rivojlanishi hisobiga, minglab va yuzlab kichik GES lar foydalanishdan
chiqarildi, konservatsiya qilindi.
Uchinchi rivojlanish bosqichida kichik GES lar,
tabiatni asosiy energetik
qurilmalarning yangi texnik darajasida, avtomatlashtirish
va kompyuterlashtirish
darajasida qayta tug‘ilmoqda.