Ushbu o‘quv qo‘llanma Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash
muhandislari instituti Ilmiy Kengashining 2020 yil 24-sentabrdagi 2-son
bayonnomasi
qaroriga asosan chop etishga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: A.I.Anarbayev PhD dotsent
D.B.Qodirov
PhD dotsent
Taqrizchilar: R.A.Zahidov “O‘zbekenergo” AJ
Ilmiy texnika
markazi bosh ilmiy xodimi, O‘R Fanlar
Akade-
miyasi akademigi t.f.d., professor.
R.T.Gazieva t.f.n., professor.
(c) Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti
2021 yil.
Аннотация
Energetika korxonalari ishlab chiqarish barqarorligini
faqat energiya
resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hisobiga ta’minlay oladilar. Shu
bilan birga, energiya tejash masalalari atrof-muhit ekologiyasi bilan bevosita
bog‘liqdir. O‘quv qo‘llanmada O‘zbekiston Respublikasi
hukumatining dasturiy
hujjatlari asosida energiya tejash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va energiya
sarfini hisobga olish tizimlarini kompleks ravishda baholash amalga oshirildi.
shuningdek, elektr va issiqlik ta’minoti tizimlarida,
ikkilamchi energiya
manbalaridan
foydalanish,
nasos
stansiyalarida
chastotali o‘zgaruvchan
yuritmalardan foydalanish bo‘yicha tashkiliy-texnik tadbirlar ko‘rib chiqildi.