Elektr energetika. Markaziy Osiyo hududida O‘zbekiston eng yirik davlatga
aylandi. O‘zbekiston elektr energetikasi respublika iqtisodiyotining asosiy sohasiga
aylandi va muhim ishlab-chiqarish hamda ilmiy-texnik potensialga ega bo‘lib,
uning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shmoqda[1,4,16,17,25,28]. Elektr
energetika sanoat, transport, ishlab-chiqarish va ijtimoiy infratuzulmasining
rivojlanishini ta’minlaydi (2.6 - rasm).
Oxirgi 30 yilda Respublikada elektr energiya ishlab chiqarish 3 martadan
ko‘pga ortdi [1,16], bunda elektr energiyani ishlab-chiqarish imkoniyati 55-60
mlrd.kVt.soatga yetdi(2.4- rasm).
Elektr energetika rivojlanishining zamonaviy bosqichida elektr energiyani
ishlab-chiqarish, uzatish va taqsimlashning energiya samaradorligini orttirish,
o‘zining ko‘pchilik holida o‘tgan asrning 60-70 yillarda ishga tushirilgan energiya
sig‘imli ishlab-chiqarish qurilmalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston eneretikasi uchun
muhim masaladir.
2.6. - rasm. O‘zbekiston iqtosodiyoti sohalari bo‘yicha energiya iste’molining
tuzilmasi, %, 2017 yil [27].
2.7- rasm. O‘zbekiston elektr stansiyalarining elektr energiya ishlab-
chiqarishi [28].
Energetika ministrligi 2019 yilda tashqil qilindi va respublikada elektr energiya
ishlab-chiqarish va yetkazib berish bo‘yicha asosiy hisoblanadi.
Bugungi kunda ministrligi tarkibiga 52, shu jumladan 39 ta OAJ, 11ta unitar
korxona va 2ta ma’suliyati cheklangan korxona kiradi. O‘zbekiston elektr
energetikasi o‘z ichiga elektr stansiyalar va tarmoqlaridan tashqari loyihalash,
qurilish-montaj, sozlash, ta’mirlash va boshqa korxonalarni olgan majmuaviy
tashkilotdir.
Mazkur bosqichda 8 ta issiqlik elektr stansiyalar, shu jumladan o‘rnatilgan
quvvati 3000 MVtga ega bo‘lgan Sirdaryo IES aksionerlik jamiyatga o‘zgartirildi.
Qolgan IESlarni aksionerlashtirish jarayoni davom etmoqda.
Kompaniya elektr stansiyalarining o‘rnatilgan quvvati 12,0 mln. kVtdan ortiq,
shu jumladan IES – 10,6 mln.kVt, GES – 1,4 mln.kVt. korxonalarning elektr
stansiyalari ulushi quvvat ishlab-chiqarish tizimida 3% ni tashkil etadi.
Barcha gidravlik elektr stansiyalar davlat qaramog‘ida bo‘lib unitar korxonalar
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Eng yirik GESlar Chirchiq daryosi yuqori oqimida
joylashgan (Chorvoq, Xo‘jakent, Gʻazalkyent) va quvvatni rostlash rejimida
ishlashni ta’minlaydigan suv havzalariga ega, qolgan GES lar asosan kaskadlarga
birlashgan bo‘lib irrigatsiya talablari bilan aniqlanadigan suv o‘tkazish bo‘yicha
ishlaydi.
Elektr tarmoqlarida elektr energiyani uzatish va taqsimlash funksiyalari aniq
chegaralangan holda amalga oshiriladi. Elektr energiyani uzatishga mo‘ljallangan
magistral elektr tarmoqlari “O‘zelektrtarmoq” unitar korxonasi balansida turadi va
elektr energiyani taqsimlash va sotish vazifasi yuklatilgan, bu korxonalar har bir
hududda OAJga o‘zgartirilgan. Elektr tarmoqlarining umumiy uzunligi 235 ming
km.ni tashkil etadi. Shu jumladan 220 va 500 kV kuchlanishli magistral elektr
liniyalarning uzunligi – 7,8 ming km.
Qurilmalar ko‘p qismining ishlash muddati chegara muddatiga yetib bo‘lgan.
Demontaj yoki qayta qurollanishga muhtoj, o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan elektr
stansiyalar qurilmalarining quvvatlari borgan sari tezlik bilan ortib bormoqda.
Energetika tizimining asosi bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalardagi asosiy
fondlarning eskirishi juda katta muammoga aylanmoqda. Kompaniyaning quvvati
10,6 mln.kVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalarida birlik quvvati 25 dan 800 MVt
gacha bo‘lgan 63ta turbogenerator o‘rnatilan bo‘lib, shundan quvvati 5,9 mln.kVt
(yoki 55%) bo‘lgan 39 turbina 30 yildan ortiq muddat bilan ishlab kelmoqda.
Shunga o‘xshash holat gidroenergetikada mavjud, 69 tadan 63 ta gidro turbina
30 yildan ortiq muddatda ishlamoqda.
Kompaniya tomonidan sohani rivojlantirishning yangi darajasi, elektr
energiyani ishlab chiqarishdan energosig‘imni pasaytirish bo‘yicha majmuaviy
choralar ishlab chiqilgan.
Oldingi energetik resurslarni katta ko‘lamda o‘stirishga mo‘ljallangan, hozirgi
energetika strategiyasining yuqori birinchilik o‘rta muddatli istiqbolli
ishlayotgan
qurilmalarda energiya resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishdan iborat.
Shundan kelib chiqqan holda energiyani ishlab chiqarishda, energetikani
rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari aniqlandi:
Energiya stansiyalarining o‘rnatilgan quvvatini saqlashga, ularning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilashga qaratilgan energetik qurilmalarni texnik
qayta qurollantirish, rekonstruksiyalash va modernizatsiyalash ishlari ;
Yoqilg‘i energetika resurslarining iqtisodi va energiya ishlab-chiqarishning
atrof-muhitga ekologik ta’sirini pasaytirishni ta’minlaydigan zamonaviy yuqori
samaradorlikka ega bo‘lgan texnologiya va qurilmalarni tatbiq etish.
2000 yildan boshlab kompaniya bir maromda bu yo‘nalishlar bo‘yicha ish olib
bormoqda va bunda chet el investitsiyalarini jalb etish katta rol o‘ynaydi.
Ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish asnosida, Yevropa
rekonstruksiyalash va rivojlantirish bankining kredit resurslari hisobidan Sirdaryo
IES ning ikkita (№7 va №8) energiyabloklarini rekonstruksiyasi bajarildi.
Rekonstruksiya jarayonida turbogeneratorning ayrim qismlari (o‘rta bosim rotori,
kondensator va ta’minot nasoslari) almashtirildi. Kondensator quvurlarining
tozalashning samarador tizimlari va texnologik avtomat vositalari o‘rnatildi.
Dasturni amalga oshirish, bloklarni haqiqiy quvvatini 60 MVtga oshirish, yoqilg‘ini
solishtirma sarfini 40 g/kVt.soat gacha pasaytirish yo‘li bilan, energiyabloklarning
ishlash samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Markaziy Osiyo hududida tengi yo‘q, Tolimarjon IESda 800 MVt quvvatga ega
bo‘lgan №1 kondensasion energiyablok ishga tushirildi. 800 MVt li blokda elektr
energiya ishlab-chiqarishning yuqori texnologiyasi 2005 yilda 4,8 mlrd. kVt.soat
elektr energiyani, 323,7 g/kVt.soat yoqilg‘ining solishtirma sarfi bilan ishlab
chiqarish imkonini beradi. Shuni qayd etish kerakki, bu vaqtda energiya tizimidagi
yoqilg‘ining o‘rtacha sarfining qiymati 381 g/kVt.soatni tashkil etadi.
Toshkent IES da elektr quvvati 370 MVt va issiqlikni 78 Gkal/soat aralash
ishlab chiqaruvchi bug‘-gaz qurilmasini modernizatsiya qilish bo‘yicha ishlar
boshlandi. Hajmi 2,8 mlrd.kVt.soatga teng bo‘lgan qo‘shimcha elektr energiya
qurilmasining FIK ni 65,4 %gacha ko‘tarish hisobiga ishlab chiqariladi. BGQ ni
ishga tushirish bilan har yili tabiiy gazni 300 mln.m
3
hajmida iqtisod qilish
ta’minlandi.
Toshkent shahar iste’molchilarini energiya bilan ta’minlashni yaxshilash uchun
elektr quvvati 80 MVt va issiqlik – 100 Gkal/soat bo‘lgan gaz turbina qurilmasini
tatbiq etish yo‘li bilan, Toshkent shahar issiqlik markazini modernizatsiyalash
ko‘zda tutilgan. Qurilmaning 87% FIK yiliga 70 mln.m
3
tabiiy gaz iqtisod qilishni
ta’minlaydi. Elektr energiyani uzatish sohasida kompaniyaning faoliyati, energiya
uzatilayotgandagi sarfni pasaytirish, elektr energiyani uzatish sxemasining
qayishqoqligi va ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilgan nimstansiyalar va elektr
uzatish liniyalarini qurish yo‘li bilan, magistral tarmoqlarning optimal tuzilishini
shakllantirishga qaratilgan.
Samarqand viloyatida 500 kVli “So‘g‘diyona” nimstansiya (nm) qurilishi
tugatildi, uning transformatorlarining o‘rnatilgan quvvati 1002 MVA ni tashkil
etadi. Energotugunda 500 kV li ustun NS kiritilishi bilan elektr uzatish
samaradorligi, hudud iste’molchilarini elektr bilan ta’minlashning sifati ortdi, elektr
energiyani uzatishdagi yo‘qotishlar 200 mln.kVt.soatga kamaydi.
Kompaniya Farg‘ona viloyatida o‘rnatilgan quvvati 501 MVA li
transformatorlari bo‘lgan “O‘zbekiston” 500 kV gi NS ni qurib bitirdi va Yangi-
Angren IES dan tortilgan uzunligi 180 kmli 500 kV li elektr uzatish liniyasi (EUL)
ni qurib bitirdi. Ushbu obyektlar majmuasining qurilishi Farg‘ona vodiysining uchta
viloyatining energiyatuguniga qo‘shimcha 70 MVt quvvat berish bilan,
iste’molchilarni energiya bilan ta’minlash ishonchliligini oshirish imkonini beradi.
Uzunligi 200 km bo‘lgan Sirdaryo IES dan “Sug‘diyona” NS gacha bo‘lgan 500 kV
li EULni qurish bo‘yicha loyiha-qidiruv ishlari boshlandi. Keyinchalik uzunligi 217
km bo‘lgan Tolimarjon IES gacha bo‘lgan EUL ni qurilishini davom ettirishni
rejalashtirilmoqda, buning uchun IES da 500 kV li ochiq taqsimlash qurilmasi
(OTQ) qurildi. Sirdaryo va Tolimarjon IES orasida 500 kV elektr uzatishning
ikkinchi zarjirini barpo qilish, O‘zbekiston energiya tizimining yanada ustuvor
ishlashini ortishi va Respublikaning janubiy-g‘arbiy hududi iste’molchilarning
elektr ta’minotini ishonchliligini ta’minlaydi.
Toshkent shahrida o‘z ichiga Toshkent IES dan 220 kV elektr uzatish
tarmog‘ini olgan, 220 kV li “Keles” podstansiya, 110 kV li “Navoiy” podstansiyaga
qayta ulash punkti 6 km uzunlikka ega 110 kV kabel liniyali 110 kV li “Sayilgoh”
NS kabi elektr tarmoq majmualarini qurish amalga oshirilmoqda. Yuqorida
keltirilgan elektr tarmoq obyektlarining qurilishi, shahar iste’molchilarini elektr
ta’mnoti ishonchliligini sezilarli darajada oshiradi, Respublika poytaxti markazini
oshib borayotgan yuklanishini qoplash va elektr ta’minotini sxemasini optimallashni
ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Energiyadan ratsional foydalanish to‘g‘risida”
qonunini hayotga tatbiq etish asnosida kompaniya tomonidan energiya tejamlash
dasturi ishlab chiqilib, bu dastur hajmi 5 mln. t.sh.yo. hajmida baholangan, sohadagi
energiya tejash potensalini amalga oshirish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutadi.
Tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 328 ming t.sh.yo. yoqilg‘i, 547
mln
kVt
soat elektr energiyani tejash ta’minlandi.
Energiya tejash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun, birinchi navbatda,
barcha kategoriyadagi iste’molchilarni zamonaviy asboblar va elektr energiya
sarfini hisobga olish vositalari bilan ta’minlash, elektr energiyani hisobga olish va
kommersiya nazoratining avtomatlashtirilgan axborot-o‘lchov tizimini (ASKUE)
tatbiq etish zarur.
Elektr energiyani ishlab-chiqarish, uzatish va iste’mol qilishda, yo‘qotishlarni
qisqartirish dasturi ishlab chiqib tasdiqlandi. Bunga ko‘ra 2006-2008 yillar davrida
maishiy iste’molchilarda, ko‘p qavatli va shahsiy uylarda kompaniya mablag‘lari
hisobidan 4 mln. dan ortiq zamonaviy hisob-asboblari tatbiq etish ko‘zda tutilgan.
Shuni ta’kidlash kerakki foydali berilgan elektr energiyaning hajmi, elektr
tarmoqlaridagi uzatilgan energiya texnologik sarfi yo‘qotishlarni hisobiga, faqat
iste’molchilarni yuqori aniqlikdagi hisobga olish asboblari bilan jihozlangandagina
aniq bo‘ladi. Bu o‘z navbatida qisqa muddatda katta hajmdagi energiya resurslarini
iqtisod qilishning asosiy shartlaridan biridir. 2015 yilda 130,5 mingta elektr
energiyani o‘lchovchi zamonaviy asboblar tatbiq etildi, shu jumladan: kompaniya
obyektlarida 1,6 mingta, elektr energiya iste’molchilarida 128,8 mingta.
Elektr energiyani hisobga oladigan induksion asboblarni 2003 yildan boshlab
almashtirish, elektr energiyani hisobga olish aniqligini 33% ga ko‘paytirdi, elektr
energiya isrofini 340 mln.kVt.soat kamaytirdi.
Iste’molchilarning energiya qurilmalarini zamonaviy asboblar va hisobga olish
tizimlari bilan jihozlash dasturini to‘la hajmda amalga oshirilishi va ASKUE ni
qo‘llash elektr energiyani 2,0 mlrd.kVt.soat gacha iqtisod qilishni ta’minlaydi.
Hozirda o‘zining bajaradigan ishlari, konstruktiv elementlari, turlari bilan
xarakterlanadigan
avtomatlashtirilgan
hisobga
olish,
nazorat
qilish
va
boshqarishning bir qator tizimlari ishlab chiqarilmoqda. Bu tizimlarning tarkibiga:
o‘zgartgich datchiklari (analog va diskret signallari), o‘zgartgichlardan axborot olish
qurilmalari, axborotni qayta ishlash qurilmalari; tabloga yoki termo pechat
(bosish)ga axborotni chiqarib berish qurilmalari kiradi.
ASKUE korxonalarga amaldagi tariflar bo‘yicha kommersiya hisob-kitobini
olib borish, elektr quvvat va energiya hamda energiya tashuvchilarning boshqa
turlari ustidan nazoratni tashkil etishni ta’minlaydigan, avtomatlashtirilgan axborot
o‘lchov tizimini qurishga mo‘ljallangan. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
yig‘uvchilarda hisoblash nuqtalari bo‘yicha raqamlashtirilgan impulslarni qayd etish
(yarim soatli, soatli, bir kecha-kunduzli), berilgan tartibda ishlov berish, o‘lchov
jarayonini aks ettirish, o‘lchov kanallari va tizimini ishlashi ustidan nazorat qilish va
hisobga olish natijalarini hujjatlashtirish.
Bu funksiyalarning har biri odatda quyidagilarni o‘z ichiga oladi;
-kanallar bo‘yicha har 30 minut, bir kecha-kunduz, hisoblash davridagi
impulslarni to‘plash;
-kanallar bo‘yicha har 30 minut, bir kecha-kunduz, hisoblash davridagi
energiya sarfini o‘lchash;
-har bir ishlab chiqarish bo‘linmasining oldingi 30 minutdagi iste’mol
qilayotgan quvvatini guruhlar bo‘yicha hisobini o‘lchash;
-ertalabki va kechqurungi maksimum yuklama soatlaridagi maksimal quvvatni
aniqlash;
-bir kecha-kunduzdagi hisobiy davr uchun energiya sarfini o‘lchash;
-hisobiy davr uchun, keskin tushib ketgan vaqtdagi o‘rtacha quvvatni hisoblash;
-har bir smenadagi energiya sarfini aniqlash;
-oy uchun o‘sib borish tartibida energiya sarfini jamlab borish.
Raqobatli bozor sharoitida energiya tejamlash va sanoat korxonalarini energiya
samaradorligining sharti, bu energiya resurslarni hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashgan axborot o‘lchov tizimidir.
Ikkilamchi energiya resurslaridan (I.E.R) foydalanish dolzarbligini alohida
qayd etish zarur. Hozirgi paytda sohada katta quvvatli I.E.R ga ega bo‘lgan qator
agregatlar mavjud. Ikkilamchi energiya resurslarni o‘zlashtirish ikkita yo‘nalish
bo‘yicha olib borilmoqda:
- barcha turdagi xom ashyo va yoqilg‘ilardan maksimal foydalangan holda
yopiq moddiy davr prinsipi bo‘yicha ishlaydigan elektr texnologik agregatlarni
ishlab chiqish;
-mavjud va yangi kiritilayotgan metallurgiya agregatlari qurilmalarini
utilizatsion jihozlash, utilizatsion qurilmalarning mavjud konstruk-siyasini
takomillashtirish va modernizatsiyalash hamda yangi turlarini ishlab-chiqish, elektr
texnologik agregatlarning tarkibiy elementlari sifatida mavjud issiqlik utilizatsion
qurilmalardan foydalanish.
Rangli metallurgiya issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalar sifatida asosan
qozon-utilizatorlar, pech elementlarini bug‘lantirib sovitish qurilmalari, to‘kiladigan
shlaklarning issiqligidan foydalaniladigan qurilmalar va boshqalar qo‘llaniladi.
Issiqlik-utilizatsion qurilmalari ishlab-chiqaradigan issiqlik energiyasining
narxi, sanoat qozonxonalaridan olinadigan issiqlik energiyasidan taxminan 2 marta
kam. Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatdiki utilizatsion qurilmalarni qurilishiga bo‘lgan
kapital sarf xarajatlar 3-5 yilda bug‘lantirib sovituvchi qurilmalarniki esa, 1-2 yilda
qoplanadi.
Ikkilamchi energiya resurslarni foydalanishiga bunday yondashuv soha
korxonalarining issiqlikning yonuvi va orqaga qaytariluvi jarayonlarini rostlash,
ya’ni birlamchi yoqilg‘i sarfini qisqartirish masalalari bilan shug‘ullanishga majbur
qiladi.
Lekin holat shu bilan mukammalashadiki, issiqlik-utilizatsion qurilmalarning
ortishi bilan ta’mirlash va ishlatish uchun ketadigan sarf xarajatlar ortib boradi,
natijada yangi issiqlik-utilizatsion qurilmalarining hajmini kengaytirish uchun soha
imkoniyatlari qisqaradi. Shunday qilib I.E.R dan foydalanish hisobiga, issiqlik
energiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirish tizimi, har tomonlama va chuqur ishlab
chiqilishi zarur.
ta’minlovchi issiqlik hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi.
|