minimalga keltirish, berilgan sanoat mahsuloti sonini, ishlab – chiqarishda xizmat
ko‘rsatayotgan ishchi-xizmatchilar sonini va kapital qo‘yilmalarini qisqartirish,
energiya manbalari quvvatini oshirishdan iborat[8,9].
Bularning hammasi ishlab-chiqarish korxonasi tomonidan energetika ta’minoti
va energiyadan foydalanishni tanlangan tizimini belgilaydi.
Hozirda ishlayotgan
ko‘pchilik korxonalarning va yangi qurilayotgan korxonalarning energiya ta’minot
va energiyadan foydalanish tizimi ularni qurishning ratsional imkoniyatlariga javob
bermaydi.
Sanoat korxonalari issiqlik iste’molining talablarini 70 % ni o‘z manbalari
hisobiga va 30 % energiya tizimi hisobidan yopishni ta’minlaydilar [19]. Loyihalash
tashkilotlari issiqlik ta’minoti sxemasi variantlarini tanlashda, ko‘pincha, minimal
kapital sarfdan kelib chiqadilar va bunda ishlatish afzalliklari,
sxemalarning
energetik va iqtisodiy samaradorligi hisobga olinmaydi va ishlab-chiqarishni issiqlik
hamda elektr energiya bilan ta’minlash masalasini ajratilgan (izolatsiya) sxema
bo‘yicha, ya’ni: elektr energiyani – energiyatizimdan, issiqlikni mahalliy yoki tuman
qozonlaridan ta’minlanish sxemasini qabul qilishadi.
Boshqa energetika resurslarini aralash ishlab chiqarishini ko‘rib chiqish,
masalan siqilgan havo, kislorod va hokazolar umuman amalda qo‘llanilmayapti,
bundan o‘z tarkibida domna pechlari bo‘lgan qora metallurgiya korxonalari sxemasi
mustasno. Ma’lumki zamonaviy tog‘-kon korxonalari
uchun siqilgan havoga
bo‘lgan xarajatlar barcha energiyaga bo‘lgan sarf-xarajatlarning 40% ni tashkil
etadi.Metallurgiya korxonalardagi va ja’mi sarf-xarajatlarning 50% siqilgan
kislorod va texnologik kislorod uchun sarflanadi. Energetik resurslardan majmuaviy
foydalanish, ayniqsa ikkilamchi energoresurslarni foydali
qilish millionlab tonna
shartli yoqilg‘ini tejash imkonini beradi. Energiya ta’minotining optimal tuzilishi,
faqat texnik-iqtisodiy tahlil va ushbu ishlab-chiqarish korxonasining energiya sarfini
kamaytirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab-chiqish asosida aniqlanadi.