• 4.2. Elektr stansiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari
  •  BOB. ENERGIYA TURLARI, ENERGIYANI OLISH, O‘ZGARTIRISH




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    4. BOB. ENERGIYA TURLARI, ENERGIYANI OLISH, O‘ZGARTIRISH 
    VA FOYDALANISH 
     
    4.1 Energiya va uning turlari. Elektr energiyaning afzalliklari 
    Energiya (grekcha energiya-harakat, faoliyat) umumiy harakat miqdori va 
    barcha materiya turlarini o‘zaro ta’siridan iborat. Bu ish bajarishga bo‘lgan 
    qobiliyatdir, ish esa obyektga fizik kuch (bosim yoki gravitatsiya) ta’sir etganda 
    bajariladi. Ish bu harakatdagi energiya. 
    Barcha mexanizmlarda ish bajarilganda energiya bir turdan ikkinchi turga 
    aylanadi. Lekin bunda bir tur energiyasini har qanday o‘zgarishida ham boshqasiga 
    nisbatan ko‘proq olish mumkin emas, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga 
    ziddir. 
    Energiyaning quyidagi turlari mavjud: mexanik, elektr, elektromagnit, issiqlik, 
    kimyoviy, atom (yadro ichki). 
    Xalqaro birlik tizimi (SI) da energiyani o‘lchash birligi sifatida 1 Joul (J) qabul 
    qilingan. 1 J=1 nyuton metrga (Nm) ekvivalentdir. Agarda hisob-kitoblar issiqlik, 
    biologik va energiyaning ko‘pchilik boshqa turlari bilan bog‘liq bo‘lsa, u holda 
    o‘lchov birligi sifatida sistemadan tashqari birlik qo‘llaniladi - kaloriya (kal) yoki 
    kilokaloriya (kkal), 1 kal=4.18 J. Elektr energiya Vatt∙soat (Vt∙s, kVt∙s, MVt∙s.) da 
    o‘lchanadi; 1 Vt∙s=3.6 MDj. Mexanik energiyani o‘lchashda 1kg·m qiymatdan 
    foydalaniladi, 1kg∙m=9.8Dj. 
    Elektr energiya energiyaning takomillashgan turidan biridir. Undan keng 
    ko‘lamda foydalanish quyidagi omillar bilan belgilanadi: 
    -resurslarning konlarida va suv manbalari yaqinida katta miqdorda olinishi 
    bilan. 
    4.2. Elektr stansiyalarning asosiy turlari va ularning tavsiflari 
    Birlamchi energiyani ikkilamchisiga o‘zgartirish, xususan elektrga aylantirish 
    o‘z nomida qaysi birlamchi energiya turi qanday ikkilamchi turga o‘zgartirilishini 
    ko‘rsatadigan stansiyalarda amalga oshiriladi. 
    IES-issiqlik elektr stansiya, issiqlik energiyasini elektrga o‘zgartiradi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     BOB. ENERGIYA TURLARI, ENERGIYANI OLISH, O‘ZGARTIRISH

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish