• Energiya tejamlash sohasida ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: Tashkiliy – iqtisodiy yo‘nalishlar
  • Energiya tejamlash siyosatining umumiy yo‘nalishlari va ustunliklari




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    3.2. Energiya tejamlash siyosatining umumiy yo‘nalishlari va ustunliklari 
    Chiqarilayotgan mahsulotning energiya sig‘imdorligini pasaytirish maqsadida 
    Respublikada energiya tejamlash doirasida davlat siyosatini o‘tkazish uchun asos 
    hisoblangan energiya tejamlashning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilmoqda. 
    Ustuvor texnik yo‘nalishlar, Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan energiya 
    tejamlash bo‘yicha tadbirlar ro‘yxati va energiya tejamlashning hududiy dasturi, 
    sohalar doirasidagi energo samaradorlik loyihalarini investitsiya qilish yo‘li bilan 
    amalga oshiriladi. 
    Energiya tejamlash sohasida ustuvor yo‘nalishlarga quyidagilar kiradi: 
    Tashkiliy – iqtisodiy yo‘nalishlar: 
    1. Noan’anaviy 
    va tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish 
    to‘g‘risidagi qonunni ishlab-chiqish va qabul qilish; 
    2. Yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqish va foydalanish doirasida 
    me’yoriy huquqiy bazani takomillashtirish; 
    3. Davlat sektorida energiya tejamlashni moliyalashning yangi bozor 
    mexanizimlarini rivojlantirish; 
    4. Energiya tejamlashning respublika, soha va ratsional dasturlarini ishlab – 
    chiqish va bajarish mexanizmining samaradorligini oshirish; 
    5. Soha iqtisodiyoti va loyihaviy rivojlantirishning energetik samaradorligini, 
    davlat ekspertizasini takomillashtirish; 
    6. Energetik ko‘ruvdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarni 
    o‘z vaqtida bajarish ustida nazoratni ta’minlash. YoER sarfining rivojlanish - 
    me’yorlash tizimini rivojlantirish. 
    7. Mahsulotni energo sig‘imdorligi va energiya iste’moli bo‘yicha 
    sertifikatlash; 
    8. Qaytarish asosida innovatsion fond mablag‘idan energiya tejamlash 
    tadbirlarini moliyalashtirish ulushini ko‘paytirish; 
    9. Energiya samarador innovatsion loyihalarni tatbiq etish uchun bank 
    kreditlaridan foydalanishning kengaytirish sharoitlarini yaratish; 
    10. Ilmiy texnik dasturi ko‘lamida ishlab-chiqarilgan yangi energiya samarador 
    texnologiyalar, jihoz va materiallarini faol tatbiq etish; 


    11. Hamma joylardagi tashkilotlarda energiya tejamlashning maxsus 
    rag‘batlantirish. Bu rag‘batlantirish davlat xo‘jalik hisobidagi tashkilotlari va budjet 
    mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi; 
    12. Noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, keng masshtabda 
    tatbiq etish uchun, ularning xarajatini qoplash muddatini pasaytirish maqsadida 
    iqtisodiy va institusional sharoitlarni yaratish; 
    13. Energiya tejamlash doirasi uchun kadrlar bilimi va tayyorgarligi sifatini 
    oshirish, hamda O‘zbekistonda energiya tejamlash faoliyatining axborot ta’minotini 
    oshirish.

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energiya tejamlash siyosatining umumiy yo‘nalishlari va ustunliklari

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish