3.4. Energo-tejamkorlikni boshqarishning ma’muriy mexanizmi
Ma’muriy boshqaruvning asosiy instrumentlari quyidagilardir:
- boshqarishning tuzilishini shakllantirish;
- qonunchilikni shakllantirish;
- energetik standart va me’yorlarni shakllantirish;
- energetik menejmentni shakllantirish;
- energetik auditni o‘tkazish;
- energetik pasportlash;
-YoER va energiyani ishlatish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini litsenziyalash;
-energo tejamlash sohasida maqsadli dasturlar. Bizning respublikamizda
ma’muriy boshqaruvning bu qurollari qanday amalga oshirilishini ko‘rib
chiqamiz.
Energo tejamkorlikni ma’muriy boshqaruvda asosiy o‘rnini me’yoriy huquqiy
rostlash egallaydi. Uning ma’nosi energiya ishlab chiqarish va energiya iste’mol
qilish jarayonini qatnashchilarini energo samarador tadbirlarini amalga oshirishga
rag‘batlantirish. Qonunchilik, me’yoriy va boshqa aktlarni ishlab chiqarish va qabul
qilishga qaratilgan. Bu aktlar asosiy hujjatlarni o‘z ichiga oladi, energiya tejamlash
qonunchilik bazasini shakllantiradi:
Ma’muriy boshqarishning qurollaridan biri energetik audit o‘tkazishdir.
O‘zbekiston Respublikasining (energiya tejamlash) qonuniga muvofiq, yoqilg‘i-
energetik resurslarini bir yillik iste’moli 1,5 ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i
bo‘lgan korxonalar, majburiy energetik ko‘riklardan o‘tishlari shart. O‘tkazilgan
ko‘riklar asosida korxona energetik pasporti rasmiylashtiriladi va bu pasportda
YoER hajmi, korxonaga kelib tushgan elektr va issiqliq energiya hajmi; korxonaning
bir yillik tuzilmaviy hajmi bo‘linmasidagi yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyasi
hajmi; har bir texnologik jarayonlarda yoqilg‘idan, issiqlik va elektr energiyadan
foydalanishlar keltiriladi.
3.5. Energiya tejamkorlikni moliyaviy – iqtisodiy boshqarish mexanizmi
Energiya tejamlashini boshqarishning moliyaviy – iqtisodiy mexanizmining
asosiy qurollari quyidagilardir:
energiya tejamlash tadbirlarini moliyalashtirish tizimini shakllantirish;
energiya tejamlashning kredit mexanizmi;
energiya tejamlovchi jihozlarning eskirishini sekinlashtirish rejimi;
energiya tariflar;
yoqilg‘iga narxlar;
energetik soliqlar.
Energiya tejamlash tadbirlarini moliyalashtirish tizimi quyidagilardir:
1) Foyda va eskirishini qoplash hisobiga to‘planadigan, korxonaning o‘z
mablag‘i;
2) Soha innovatsion fondi mablag‘lari;
3) Energetika vazirligi ning innovatsion fondi mablag‘lari;
4) Kreditlar, qarzlar va jalb qilingan mablag‘lar;
5) Respublika va mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan va korxonalarni
mexanik qayta jihozlashga, noan’anaviy energiya manbalarini ishlatish
sohasida ilmiy tadqiqot, tajriba va texnologik ishlanmalarni bajarishga
ajratilgan respublika va mahalliy budjet mablag‘lari;
6) Aksionerlik mablag‘lari va investitsiyalar.
Chet elda soliqni rostlash sifatida quyidagilar qo‘llaniladi:
korxonalar tomonidan energiya tejamlash bo‘yicha o‘tkaziladigan
tadbirlarning tezkorligi va samaradorligiga bog‘liq holda soliqlarni differensiallash;
korxona energiyani qaysi manbalardan, an’anaviy yoki noan’anaviy
manbalardan ishlab chiqariladigan energiyadan sotib olishga bog‘liq holda,
soliqlarni differensiallash. An’anaviy manbalardan ishlab chiqarilayotgan
energiyaning narxi, noan’anaviy manbalardan ishlab chiqarilayotlgan energiya
narxidan past, lekin soliq yuqori. Shunday qilib davlat noan’anaviy energetikani
rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Yoqilg‘iga bo‘lgan baholar va soliqlar birinchi navbatda davlat budjetini
to‘ldirishga manba bo‘lib, ikkinchi tomondan iste’molchilarni uni sarfini
pasaytirishga harakat qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Natijada yoqilg‘ini kam sarf
qiladigan jihozlarga talab ortadi, bozor esa talabni ortishiga javob berib, bunday
jihozlarni ko‘plab ishlab chiqarishga olib keladi. Shunday qilib davlat yoqilg‘iga
narxlarni va soliqlarni o‘rnatish bilan, bilvosita sanoat ishlab chiqarishda
texnologiyalarni yangilashga ta’sir ko‘rsatadi.
Moliyaviy-iqtisodiy boshqarishning yana bir muhim qurollaridan biri,
energetikaga bo‘lgan tariflarni shakllantirishdir (5.1. ga qarang).
Chet elda tarifli rostlash sifatida iste’molchilarning barcha toifalari uchun
kechayu-kunduz, vaqt bo‘yicha tariflarni differensiallash qo‘llaniladi va bunda
kunduzgi, tungi tariflar farqi besh karra o‘lchamga teng.
O‘zbekiston Respublikasining "Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish to‘g‘risida" gi qonuni nazarda tutilgan:
• qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida imtiyozlar va
imtiyozlar, shu jumladan to‘lovlardan ozod qilish;
• qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab besh yil muddatga soliqlarning
barcha turlari;
• qayta tiklanadigan energiya manbalarini o‘rnatganlik uchun mol-mulk solig‘i
va ushbu qurilmalar egallab turgan joylardagi yer solig‘i (nominal quvvati 0,1 MVt
va undan yuqori), foydalanishga topshirilgan kundan boshlab o‘n yil muddatga;
• qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanadigan shaxslar tomonidan
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan oydan boshlab uch yil
muddatga, mavjud energiya tarmoqlaridan to‘liq uzilgan holda turar joy binolarida;
2020 yil 1 yanvardan boshlab har yili tasdiqlanadigan parametrlar doirasida
quyidagi tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladi:
a) jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektr stansiyalari, quyoshli suv isitgichlari,
shuningdek energiyani tejaydigan gaz brülörleri sotib olish narxining 30 foizi
miqdorida kompensatsiya bilan ta’minlash, lekin quyidagilar:
• 3 million so‘m - quyosh fotoelektr stansiyalari uchun;
• 1,5 million so‘m - quyosh suv isitgichlari uchun;
• 200 ming so‘m - gaz goryelkari uchun;
b) jismoniy va yuridik shaxslarga tijorat banklarining qayta tiklanadigan
energiya manbalarini, energiya tejaydigan gaz yoqilg‘ilari va qozonlarini,
shuningdek boshqa energiya tejovchi uskunalarni sotib olish uchun ssudalari
bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiyalar berish:
• jismoniy shaxslarga - ularning miqdori 500 million so‘mdan oshmaydigan
kreditlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash
stavkasidan oshib ketgan qismida, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
• yuridik shaxslarga - ularning miqdori 5 milliard so‘mdan oshmaydigan
kreditlar bo‘yicha - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash
stavkasidan oshib ketgan qismida, lekin 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
|