• AES – atom elektr stansiya
  • QES – quyosh elektr stansiyasi
  • KES – kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari
  • GES – gidroelektrstansiyasi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    GES – gidroelektrstansiyasi, suv harakatining mexanik energiyasini elektr 
    energiyaga aylantiradi. 
    GAES – gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiya, oldindan sun’iy 
    havzalarida yig‘ilgan suvning harakati mexanik energiyasini elektr energiyaga 
    aylantiradi; 
    AES – atom elektr stansiya – yadro yoqilg‘isining atom energiyasini elektr 
    energiyaga aylantiradi; 


    OES – oqim elektr stansiyasi – okean suvi quyilishi (priliv) va ortga qaytishi 
    (otliv) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi; 
    SHES – shamol elektr stansiyasi – shamol energiyasini elektr energiyaga 
    aylantiradi; 
    QES – quyosh elektr stansiyasi – quyosh nuri energiyasini elektr energiyaga 
    aylantiradi. 
    O‘zbekistonda 90 % dan ortiq energiya IES larida ishlab chiqariladi, shuning 
    uchun IES larda energiyani o‘zgartirish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Vazifasiga ko‘ra 
    IES lari ikki turga bo‘linadi: 
    KES – kondensatsion issiqlik elektr stansiyalari, faqat elektr energiya ishlab 
    chiqaradi. 
    IEM – issiqlik elektr markazlari, bularda elektr va issiqlik energiyalari 
    birgalikda ishlab chiqarish amalga oshiriladi. 
    IES lar organik yoqilg‘ida (gaz, mazut, ko‘mir) va ham yadro yoqilg‘ida 
    ishlashi mumkin. 
    IES larning asosiy qurilmalari (4.1- rasm) qozon bug‘ generatoridan (BG), 
    turbina (T) va generatordan (G) iboratdir. Yoqilg‘i yonganda issiqlik energiyasi 
    ajralib chiqadi va u suv bug‘i energiyasiga aylanadi. Turbinada suv bug‘i, 
    aylanuvchi mexanik energiyaga o‘zgaradi – turbina minutiga 3000 aylana tezlik 
    bilan (ya’ni 50 Gers chastota bilan) elektr generatorni aylantiradi. Issiqlik energiya, 
    o‘z iste’moli uchun bug‘ ko‘rinishida, turbinadan yoki qozondan olinishi mumkin. 
    Rasmda IES ning asosiy qurilmalaridan tashqari, ishlatilgan bug‘ tashqi suv ta’sirida 
    kondensasiyalanadi, bunda bug‘dan bir qancha issiqlik miqdori chetlatilib, atrof-
    muhitga chiqarib tashlanadi, bug‘ kondensatori (K) va kondensatni yangidan 
    qozonga beradigan sirkulatsion nasos (N) ko‘rsatilgan. Shunday qilib davr yopiladi. 
    IEM sxemasi shu bilan farqlanadiki, u yerda kondensator o‘rniga issiqlik almashgich 
    o‘rnatilgan bo‘lib, bu yerda bug‘ katta bosimda suvni isitadi hamda bu suv bosh 
    issiqlik magistraliga uzatiladi.

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish