Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Bog'liq
FFF

4.1- rasm. IES asosiy qurilmalari 


Ko‘rib chiqilgan IES sxemasi asosiy bo‘lib, u yerda bug‘ generator ishlatiladi 
va bu generatorda suv bug‘i energiya tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi. Gaz turbina 
qurilmali issiqlik elektr stansiyalari ham bor. Bu qurilmalarda energiya tashuvchi 
havo bilan gazdir. Organik yoqilg‘i yonganda, gaz ajralib chiqadi va qizdirilgan 
havo bilan aralashadi. Gaz-havo aralashmasi 750 ÷ 770 
o
S haroratda turbinaga 
uzatiladi va u generatorni aylantiradi. Gaz turbinali IES bug‘ turbinalikka qaraganda 
ancha kirishimli: yengil ishga tushiriladi, to‘xtatiladi va rostlanadi. Hozircha bunday 
turbinalar bug‘likka qaraganda 5-8 marta kichik va ular yuqori navli yoqilg‘ida 
ishlaydi. 
Bug‘ turbinali va gaz turbinali qurilmalar birgalikda bug‘ gaz qurilmalarni 
hosil qiladi va ularda ikkita energiya tashuvchidan - bug‘ va gazdan foydalaniladi. 
IES larda elektr energiya ishlab chiqarishni uchta davrga bo‘lish mumkin: 

kimyoviy – yonish jarayoni natijasida issiqlik bug‘ga uzatiladi; 

mexanik – bug‘ning issiqlik energiyasi turbinaning aylanish energiyasiga 
uzatiladi; 

elektr – aylanishning mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantiriladi. 
IES umumiy foydali ish koeffitsienti (FIK) 
иэс

yuqorida sanab o‘tilgan 
davrlarning FIK lari ko‘paytmasiga teng ya’ni:
э
м
к
иэс








IES ning FIKi nazariy jihatdan quyidagiga teng: 
5
,
0
9
,
0
63
,
0
9
,
0




иэс

.
Amalda yo‘qotishlarni hisobga olganda IES FIK 36-39% ni tashkil etadi. Bu 
shuni ko‘rsatadiki, 64-61% yoqilg‘i “bekorga” atorf-muhitni ifloslab, atmosferaga 
issiqlik chiqindilari sifatida chiqib ketadi. IEM ning FIK IESga qaraganda 2 marta 
yuqori. Shuning uchun IEM lardan foydalanish energiya tejamlashning sezilarli 
omili hisoblanadi. 
Atom elektr stansiyasi IES dan farq qiladi, bu yerda qozon yadro reaktori bilan 
almashtirilgan. Yadro reaksiyasining issiqligi bug‘ olish uchun ishlatiladi.
AES larda birlamchi energiya ichki yadro energiyasi bo‘lib, bu yerda yadroning 
bo‘linishida juda katta kinetik energiya hosil bo‘ladi va u o‘z navbatida issiqlikka 
aylanadi. Bu o‘zgarishlar kechadigan qurilma reaktor deb ataladi. 
Reaktorning faol zonasi bo‘yicha issqilik tashuvchi modda o‘tadi, u issiqlikni
chiqarish, suv, inert gazlari va h.k. uchun xizmat qiladi. Issiqlik tashuvchi uni suvga 
beradi va issiqlikni bug‘ generatorga olib boradi. Hosil bo‘lgan suv bug‘i turbinaga 
kelib tushadi. Reaktor quvvatini rostlash maxsus sterjenlar
yordamida amalga 


oshiriladi. Ular aktiv zonaga kiritiladi va neytronlar oqimini o‘zgartiradi, natijada 
yadro reaksiyasining izchilligi o‘zgaradi.(4.2-rasm). 

Download 2,49 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish