5-BOB. ENERGIYA TEJAMLASH VA EKOLOGIYA
Tabiat resurslarini chegaralanishi
muammosidan tashqari, organik yoqilg‘ini
ishlatishning atrof-muhitga salbiy ta’sirlari mavjud. Masalan, neft va
gazlarni qazib
olish tuproqni cho‘kishiga olib keladi. Yer yuzasi ostidagi g‘ovak turida yig‘ilgan
gaz va neft uning ustida yotgan turni o‘ziga xos “yostig‘i” hisoblanadi. Bu yostiq
qazib olingandan so‘ng neft va gaz yotgan hududidagi yer yuzasi 10
metrgacha
chuqurlikka tushadi. Bundan tashqari yer qa’ridan foydali
qazilmalarni olish yer
kurrasida, yerning silkinishiga olib keladigan gravitatsion
kuchlanishni qayta
taqsimlaydi.
Yoqilg‘ini yoqish – bu, nafaqat
energiyaning asosiy manbai, balki atrof –
muhitga ifloslantiruvchi moddalarni muhim yetkazib beruvchisidir.
Issiqlik elektr
stansiyalari transport bilan birga atmosferaga texnogen uglerodning asosiy ulushini
(asosan SO ko‘rinishida) 50%
yaqin dioksid serani, 35% azot oksidini va 35%
changni yetkazib beradi.