Issiqlik energetikasining ekologik muammolari




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81
Bog'liq
FFF

Issiqlik energetikasining ekologik muammolari. IES chiqaruvida katta 
miqdordagi metallar va ularning birlashmalari bor. 1 mln·kVt quvvatli IES bir yillik 
chiqaruvini o‘lim dozasiga qayta hisoblaganda alyuminiy va uning birlashmalari 
100 mln.dozadan ko‘p, temir 400 mln.dozani, magniy-1.5 mln.dozani tashkil etadi. 
Bu ifloslantiruvchilarning o‘lim effekti shuning uchun namoyon bo‘lmaydiki, ular 
tirik organizmga oz miqdorda kiradi, lekin bu suv orqali, yer va ekologik tizimning 
boshqa zvenolari orqali salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Issiqlik energetikasi atrof-muhitni barcha elementlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, 
shu jumladan , insonga va boshqa jonzotlarga ham. 
Energetikaning atrof –muhitga ta’siri, foydalanilayotgan yoqilg‘iga kuchli 
bog‘liq. Eng “toza” yoqilg‘i tabiiy gaz bo‘lib, u yoqilganda atmosferaga eng kam 
ifloslantiruvchi moddalar beradi. Undan keyin neft(mazut), toshko‘mir, qo‘ng‘ir 
ko‘mir, slaneslar, torf turadi. 
Yuqorida aytilganidek, yoqilg‘ini yoqqanda ko‘p salbiy moddalar hosil bo‘ladi. 
Ko‘mirni yoqqanda ko‘p miqdorda kul va shlak hosil bo‘ladi. Kulning katta qismini 
tutib qolish mumkin, lekin hammasini emas. Barcha chiqib ketayotgan gazlar 
potensial zararli, hattoki suv bug‘i va uglerod dioksidi SO
2
ham. Bu gazlar yer 
yuzasining infraqizil nurlanishini yutadi va uning bir qismi yerda “Issiqxona effekti” 
hosil qiladi. Agarda SO
2
konsentratsiyasining darajasi yer atmosferasida ko‘paysa, 
global klimatik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. 
Yoqilg‘ini yondirganda issiqlik hosil bo‘lib, uning bir qismi atmosferaga 
chiqarib tashlanadi va uni issiqlik ifloslanishiga olib keladi. Bu, oxir oqibat, suv va 
havo basseynining haroratini ortishiga, muzliklarning erishiga va shunga o‘xshash 
hodisalarga olib keladi. Issiqlikni to‘planish jarayoni, agarda energiyadan 


foydalanish hozirgi jadallikda o‘ssa yerdagi haroratni sezilarli darajada ortishiga olib 
keladi. O‘z navbatida haroratning ortishi yerda iqlim chuqur o‘zgarishiga olib 
keladi. 
Shunday halokatli effekt atmosferaga qattiq jismlarni ko‘p miqdorda kelib 
tushishidan hosil bo‘lishi mumkin. 5.1-jadvalda organik yoqilg‘ida ishlamaydigan 
quvvati 1000 MVt namunaviy IES ishlaganda hosil bo‘ladigan turli moddalarning 
miqdoriy ma’lumotlari keltirilgan.

Download 2,49 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Issiqlik energetikasining ekologik muammolari

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish