Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Bog'liq
FFF

Ortiqcha bosim IER ga yuqori bosim ostida qurilmani tark etayotgan gazlar, 
suv bug‘larning potensial energiyasi kiradi. Qaysiki atmosferaga, suv havzalariga, 
sig‘imlarga va boshqa qabul qiluvchilarga chiqarib tashlashdan oldin ishlatilishi 
mumkin bo‘lgan energiya. 
Ortiqcha genetik energiya ham ortiqcha bosim IER ga kiradi. 
IER foydalanishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardir: yoqilg‘i-qachonki ular 
bevosita yoqilg‘i sifatida ishlatilganda; issiqlik-qachonki ular bevosita issiqlik 
sifatida yoki utilizatsion qurilmalarda issiqlik ishlab chiqarish uchun 
foydalanilganda; kuchli-qachonki ular utilizatsion qurilmalarda elektr yoki mexanik 
energiya ko‘rinishida olib foydalanilganda; aralash- qachonki ular bir vaqtning 
o‘zida IER hisobiga utilizatsion qurilmalarda olingan elektr (mexanik) energiya va 
issiqlik sifatida foydalanilganda. 
Yonuvchi IERning ko‘p miqdori bevosita yoqilg‘i ko‘rinishida ishlatiladi
xuddi shunday bevosita qo‘llanilishni issiqlik IER, masalan, isitish uchun sovutish 
tizimining issiq suvi va h.k.
Shuni ta’kidlash zarurki, texnologik agregatlar ichidan energiya resurslarini 
ishlatish yaxshilanganda va buning natijasida ikkilamchi resurslarning chiqishi 
qisqarganda, yoqilg‘i va issiqlikni iste’mol qilish sxemasini o‘zgarishi IERdan 
foydalanish hisoblanmaydi. Sxemalarning bunday o‘zgartirilishi, zarur agregat 
(qurilmalar)ning texnologik jarayonini yaxshilaydi xolos. 
Texnologik agregatlarda chiquvchi gazlarning issiqligi, asosiy va yordamchi 
mahsulotlarining issiqligi ko‘rinishida hosil bo‘lgan ikkilamchi issiqlik energetika 
resurslaridan to‘g‘ri foydalanilganda, yoqilg‘ini sezilarli iqtisod qilishga erishiladi. 
Olib borilgan hisob-kitoblar natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, utilizatsion 
qurilmalarda olingan issiqlik energiyasining narxi, asosiy energiya qurilmalarda, shu 
issiqlik energiyasining ishlab-chiqarishga ketgan xarajatlardan past bo‘ladi. IER 
chiqishini va mumkin bo‘lgan ishlatilishini hisobga olishni aniqlash-barcha 


korxonalarda, ayniqsa yoqilg‘i, issiqlik va elektr energiyani ko‘p sarf qiladigan 
korxonalarda yechilishi zarur bo‘lgan masalalardan biridir. 
IER dan foydalanish, faqat energetika samarasi bilan chegaralanmaydi, bu atrof 
– muhitni himoya qilish, zararli moddalarni chiqarib tashlash, miqdorini 
kamaytirishga olib keladi. Bu chiqindilardan ba’zi birlari qo‘shimcha mahsulot 
beradi, masalan, chiqib ketayotgan gaz bilan chiqarib tashlanayotgan oltingugurt 
angidridni tutib olib oltingugurt kislotani chiqarishga yo‘naltirish mumkin.
Agar harakatdagi korxonalarni kengaytirish va rekonstruksiya qilishda hamda 
yangi korxonalar loyihalanayotganda IER dan foydalanish bo‘yicha tadbirlar, ularni 
iqtisodiy samaradorligini asoslangan holda ishlab chiqarish ko‘zda tutilsa, maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Iste’molchilarning amaldagi hamda loyihalanyotgan 
korxonalarda IER foydalanishdan yuz o‘girishlar, faqat bu korxonalarda, IER 
foydalanishning texnik jihatdan yoki iqtisodiy jihatdan samarasiz ekanligini 
tasdiqlovchi hisob-kitoblar natijasidagina mumkin bo‘ladi. 
Amalda faqat shamollatishdan chiqadigan bu sovituvchi havo issiqligi, oqava 
suvlar va boshqa past potesialli oqimlardan foydalanilmaydi. 
IER ishlatishning past darajasi ko‘p hollarda tekis bo‘lmagan rejimlarda va 
ularning chiqishlari mavsumiy bo‘lganligi, iste’molchilarning mavjud ekanligi, 
utilizatsion jihozlarni tatbiq qilishdagi moliyaviy qiyinchiliklar (ayniqsa past 
potensialli 
IER 
utilizatsiya 
uchun), 
ikkilamchi 
energiya 
resurslaridan 
foydalanishning muassasalararo mexanizmini yo‘lga qo‘yilmaganligi tufayli kelib 
chiqadi. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish