• Bosimning doimiy farqi sarf o‘lchagichi, rotametr deb
  • 8.1- rasm
  • Turbinali sarf o‘lchagichlar
  • Toraytiruvchi qurilmada bosim farqi bo‘yicha o‘lchash uslubi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    Toraytiruvchi qurilmada bosim farqi bo‘yicha o‘lchash uslubi, toraytruvchi 
    qurilmadan oqim o‘tganda torayguncha bo‘lgan tezlikka nisbatan, tezligi ortishiga 
    asoslangan, statik bosim esa pasayadi. O‘lchangan bosim farqi 

    R gradurovka 
    tavsifi 

    R=f(G) ga muvofiq moddalarning oqim sarfi aniqlanadi. 
    Bosimning doimiy farqi sarf o‘lchagichi, rotametr deb (7.1- rasm) vertikal 
    konussimon (tepasiga qarab yengil ajratuvchi) shisha quvurcha (2), bu quvurchada 
    suzgich (1) joylashtirilgan asbobga aytiladi. Suzgichning shakli turli bo‘lishi 
    mumkin, masalan pastki qismi konussimon, tepa qismi silindrik burtik ko‘rinishiga 
    ega bo‘lgan silindr ko‘rinishida va uning tepa qismida ariqchalar kesilgan. Sarfi 
    o‘lchanadigan muhit bu ariqchalardan oqib o‘tib, suzgichni quvurcha o‘qi atrofida 
    aylanishi va o‘z-o‘zidan markazlanishini ta’minlaydi, bu holda u asbob devorlariga 
    ishqalanmaydi. 
    Rotametrning ishlash prinsipi oqib o‘tayotgan muhit tomondan suzgichga ta’sir 
    qilayotgan og‘irlik muvozanatiga asoslangan. 


    8.1- rasm. Rotametr 
    Taxometrik sarf o‘lchagichlar – ularda sarf o‘zgartgichi (quvurcha, sharcha, 
    qanotcha va h.k.) o‘lchanayotgan muhit sarfi hajmiga to‘g‘ri proporsional bo‘lgan 
    tezlik bilan aylanadi. Taxometrik o‘zgartgichlar nafaqat sarf o‘lchagicharda 
    qo‘llaniladi, balki modda miqdori hisoblagichida ham qo‘llaniladi. 
    Konstruksiyasiga bog‘liq holda taxometrik sarf o‘lchagichlar turbinali, qanotli, 
    doirali va kameralilarga bo‘linadi. 
    Turbinali sarf o‘lchagichlar turli suyuqliklarning sarfini o‘lchashda 
    qo‘llaniladi. Lekin juda quyushqoq va kirlangan, ayniqsa qirindi moddalar mavjud 
    suyuqliklar bundan mustasno, chunki bu sarf o‘lchagichrlar uchun o‘lchanayotgan 
    muhitning moylash qobilyati muhim shart hisoblanadi. Shuning uchun gazlarning 
    sarfini o‘lchashda turbinali sarf o‘lchagichlar kamdan-kam qo‘llaniladi. 
    Elektromagnit sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi elektromagnit induksiya 
    qonuniga asoslangan, bunga muvofiq magnit maydonni kesib o‘tadigan elektr 
    o‘tkazuvchi suyuqliklarda, bu suyuqlik harakati tezligiga proporsional bo‘lgan 
    elektromagnit kuch induksiyalanadi. 
    Sarfni o‘lchashning ultra tovush uslubi (quvur)ga nisbatan ultra tovush 
    tarqalishining oqim tezligiga bog‘liqligiga asoslangan. U kontaktsiz o‘lchash 
    uslubiga kiradi. Bu guruhga induksion, ionizasion, radiasion va boshqa sarf 
    o‘lchagichlar kiradi. 
    Issiqlik energiyasining sarfini o‘lchash uchun ko‘chma aloqasiz uslublar keng 
    tarqalgan: elektromagnitli, ultra tovushli, o‘ta yuqori chastotali (O‘YuCh), 
    ionizasion, radiasion va h.k., ularning mohiyati shundan iboratki, qandaydir 
    manbadan nurlanish ta’siri ostida oqimga mos fluktasiya (lotincha-fluctytio-
    tebranish, kuzatilayotgan fizik qiymatning bexosdan og‘ishi; issiqlik fluktasiyasi 
    sim uchlaridagi potensial ayirmasi bilan belgilanadi) hosil bo‘ladi. Generator orqali 


    chastota impulsini berish momentini, qabul qiluvchi – registrning sezgir elementidan 
    “bulutcha”ni o‘tish momenti va oralig‘ini bila turib, moddaning sarfi aniqlanadi. 
    Iste’mol qilinayotgan issiqlik energiyasini o‘lchash uchun quyidagi asboblar 
    butlamasini tashkil etuvchi issiqlik hisoblagichlaridan foydalaniladi: sarf o‘lchagich, 
    qarshilik termometri va signallarga ishlov beruvchi hisoblash bloki (“Kvant” va 
    “Termo”). 
    Issiqlik ta’minoti tizimida, issiqlik manbalarida va iste’molchida issiqlik 
    energiyasini va quruq to‘yingan bug‘ massasini o‘lchash, RUP BEL-TEI ning 
    Novopolosk filialida ishlab chiqarilgan TP-2010 issiqlik o‘lchagichi, o‘zgaruvchan 
    bosim farqi uslubi bilan sarfni o‘lchashni ta’minlaydi. 
    Bir qator Yevropa mamlakatlarida issiqlik sarfini radiator yuzasiga 
    mahkamlangan, tetralin bilan to‘ldirilgan, graduirovka qilingan shisha quvurcha 
    ko‘rinishidagi individual issiqlik o‘lchagichlari yordamida baholanadi. Uning 
    sistematik ravishda qizishi suyuqlikni bug‘lanib ketishiga olib keladi va uning 
    sathiga qarab issiqlik sarfi haqida fikr yuritiladi. 
    Energiya tejamlash obyektiv hisobga olishsiz, obyektiv hisobga olish esa – 
    sifatli asboblarsiz mumkin emas. Hozirgi paytda xo‘jalik subyektlari tomonidan 
    issiqlik energiyasi, suv va gazlarni hisobga oladigan bir qator asboblar o‘zlashtirilib, 
    ishlab chiqarilmoqda. Issiqlik o‘lchagichlar umumiy qismidan eng ko‘p soni 
    quyidagilarni tashkil etadi: 

    elektromagnit ishlash prinsipidagi asboblar-“Kombi-metr”, TEM-05, TEM-
    05M, TERM-01, TERM-02; 

    ultra tovushli asboblar – SKU-01, SKU-02, SviT-01, ELSI-T-200; 

    tezlikli yoki taxometrik-MTS-97g‘, TS-0.1, TS-0.2, TS-0.3, TS-0.5. 
    Elektr magnit ishlash prinsipili hisoblagich asboblar quyidagi afzalliklarga ega:

    suyuqlik oqimida qo‘zg‘aluvchi qismlarning yo‘qligi; 

    o‘lchaganda minimal xatolik (0.25-1,5 %); 

    o‘lchov shkalasining chiziqliligi; 

    abraziv muhitda o‘lchash mumkinligi; sarf datchiklari oldida quvur 
    o‘tkazgichning to‘g‘ri uchastkalaridagi kichik uzunlik (quvur o‘tkazgichlarning 3-5 
    diametrlari) 
    Ularning asosiy yetishmovchiligi suvning kimyoviy tarkibiga yuqori 
    sezgirligidir. 
    Oxirgi paytda qanotchali sarf o‘lchagichli tezlikli issiqlik o‘lchagichlarini 
    qo‘llash sezilarli qisqartirildi. Bu uning quyidagi yetishmovchiliklari bilan 
    belgilanadi: 

    suvdagi mexanik aralashmalarga yuqori sezgirligi; 

    doimiy xizmat ko‘rsatishni talab etilgan filtrlarni o‘rnatish zarurligi; 



    ishlatish jarayonida xarakterlanuvchi mexanik qismlar yedirilishining 
    mavjudligi. 
    Ultratovushli asboblarning ko‘p qo‘llaniluvchisi bu qoplamali datchik ko‘chma 
    asboblar, chunki ular: muhit oqimiga gidravlik qarshilikni hosil qilmaydi, mexanik 
    harakatlanuvchi qismlarga ega emas, keng dinamik diapazon va yuqori chiziqlilikni 
    ta’minlaydigan hamda muhitning kimyoviy-fizik ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishga 
    bog‘liq emas, yuqori aniqlik va ishonchlilikka ega. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toraytiruvchi qurilmada bosim farqi bo‘yicha o‘lchash uslubi

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish