• 8 – BOB. ENERGIYA RESURSLARINI ISTE’MOL QILISHNI HISOBGA OLISH VA ROSTLASH 8.1. Elektr energiyani hisobga olish tizimi
  • Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    7.4-rasm . Issiqlik nasosining oqim jadvali: SBV - chiqindi suv; SLV - chiqindi 
    suvlarni chiqarish; VVTP - suvni texnologik jarayondan qaytarish; GVTP - 
    texnologik jarayonda issiq suv 


    7.5-rasm. Issiqlik nasos:1 - kondensator; 2 - kompressor; 3 - bug‘latkich; 4 - 
    aylanma valf; PNV - tashqi havo ta’minoti; PVN - isitiladigan havoning tashqariga 
    chiqishi; PVP - xonaga isitiladigan havo yetkazib berish; VOP - havo ichkarida 
    sovutiladi 


    8 – BOB. 
    ENERGIYA RESURSLARINI ISTE’MOL QILISHNI HISOBGA 
    OLISH VA ROSTLASH 
    8.1. Elektr energiyani hisobga olish tizimi 
    Elektr energiya berishni rostlash, odatda, markazlashgan holda, iste’mol qilish 
    esa asosan qo‘lda asboblarni o‘chirish yordamida yoki ularning iste’mol qilayotgan 
    quvvatini reostatlar va avtotransformatorlar yordamida rostlanadi. Ba’zi hollarda 
    soat mexanizmlari (vaqt relesi) bilan jihozlangan avtomatik o‘chirgichlardan, 
    masalan, jamiyat binolari yo‘laklarida, kirishlarida foydalaniladi.
    Tabiiy yoritilganlikni hisobga olib ishlaydigan fotoelementlarda ishlaydigan 
    tizimlar bo‘lsa ham, ko‘cha yoritilganligini o‘chiruvchi vaqt relelari qo‘llaniladi. 
    Elektr iste’molining hisobini elektr hisoblagichlar amalga oshiradilar. 
    Elektr va issiqlik energiyani hisobga oluvchi asboblar issiqlik energetika 
    resurslarini ularni haqiqiy iste’molini aks ettirib iqtisod qilishni ta’minlaydi. Va 
    odatda hisobotlarga, ko‘p hisobga olish asboblari o‘rnatilgandan so‘ng, berilgan 
    issiqlik energiyasiga to‘lovlar ularning o‘rnatilganicha bo‘lgan davrnikidan 2-3 
    marta past bo‘ladi. Asboblarning yo‘qligi aniq bo‘lmagan axborotni olish, 
    hisobotlarni buzib ko‘rsatilishiga va natijada ko‘pgina noxush hodisalarga olib 
    keladi. Asboblarni loyihalari muhandislik kommunikatsiyalari hisobga olish 
    asboblari bilan ishlaydigan yangi binolarda o‘rnatish kerak va mumkin bo‘ladi. 
    Energiya iste’moli tashkil etuvchilarini va narxini minimallashtirish, hisobga olish, 
    nazorat qilish faqat energiya berish jarayonlari avtomatlashtirilgan korxonalardagina 
    mumkin bo‘lib, bu energiya resurslarni avtomatlashtirilgan hisobga olish va nazorat 
    qilish tizimining bosh yo‘llaridan biridir. 
    Gaz, suv va issiqlik energiyasining sarfini asboblar yordamida hisobga 
    olishning rivojlanish konsepsiyasi, issiqlik energiya resurslarini sarfini 
    kommersiyali hisobga olish asboblari bilan jihozlashning quyidagi yo‘nalishlarni 
    belgilaydi: 

    uy-joy-kommunal xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, maorif, madaniyat va ijtimoiy-
    maishiy xizmat sohalari obyektlari; 

    barcha turdagi xalq xo‘jaligi sohalarining korxona va tashkilotlari. 
    Issiqlik energiyasi hisoblagich asboblarini va avtomatik rostlash tizimini tatbiq 
    etish quyidagilardan iqtisodiy samara olish imkonini beradi: 

    yoqilg‘i, energiya va suvning iste’molini pasaytirish; 

    gaz, suv va issiqlikning ishlab chiqarishga va foydalanishga bo‘lgan 
    xarajatlarni kamaytirish; 

    suv o‘tkazgichlar va issiqlik tashuvchilarning avariyasini bartaraf qilish va 
    tiklashga bo‘lgan xarajatlarni kamaytirish. 


    Maksimal iqtisodiy samara olish maqsadida markaziy va yakka tartibdagi 
    punktlar issiqlik energiyasi va suvni hisobga olish va rostlash asboblarini o‘rnatish 
    zarur. 
    Suv va gazni yakka tartibda hisobga olish asboblarini ommaviy o‘rnatishni 
    energiya tashuvchilarga bo‘lgan tarifni ularni ishlab chiqarish va berish bo‘yicha 
    aholi qarzlarini 100% to‘lovini ta’minlovchi darajagacha ko‘tarish ko‘zda tutilganda 
    amalga oshiriladi. 
    Elektr energiyani kommersiyali  hisobga olish tizimi iste’molchilar va yetkazib 
    beruvchilar orasidagi hisob-kitoblarda qo‘llaniladigan tariflarga mos kelishi kerak.

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish