Bosim elektr datchiklari (xabarchilar) bilan o‘lchanadi, kichik bosimlarni
nazorat qilish uchun quyushqoqlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik, ionlashtirish darajasini
o‘lchashda bevosita o‘lchov datchiklaridan foydalaniladi.
Umum qabul qilingan holatlarga binoan modda sarfini o‘lchashga
xizmat
qiladigan asbob yoki qurilma sarf o‘lchagich deb, moddalar miqdorini o‘lchashga
xizmat qiladigan asbob yoqi qurilma – hisoblagich deb yuritiladi.
Sarfni o‘lchashning bir necha usullari mavjud. Sarfni o‘lchash va
hisoblagichlarning
ham
turli
konstruktiv
ko‘rinishlari
mavjud. Sarf
o‘lchagichlarining quyidagi turli ko‘rinishlari tarqalgan:
turli xil toraytiruvchi qurilmali o‘zgaruvchi bosim o‘zgarishini o‘lchagichlar;
doimiy bosim o‘zgarishi;
taxometrik;
elektromagnit;
ultra tovushli.