• 8.4. Issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish
  •  Issiqlik energetika resurslaridan foydalanishni hisobga olish asboblari




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet50/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    8.3. Issiqlik energetika resurslaridan foydalanishni hisobga olish asboblari 
    bilan jihozlashning asosiy choralari. 
    Ishlatilayotgan uy-joy fondlarining barcha mulk shakllarini gaz va suvning 
    shaxsiy hisoblagich asboblari bilan jihozlash hamda bu asboblarga xizmat 
    ko‘rsatish, uy-joy egalari hisobidan amalga oshiriladi. Yashash uylari va kommunal-
    maishiy hamda ijtimoiy yangi obyektlarni loyihalayotgan va qurilgan hamda kapital 
    ta’mir va rekonstruksiya o‘tkazilayotgan, ularni gaz, suv, issiqlik energiya isrofini 
    hisobga oladigan asboblar bilan jihozlash majburiydir. 
    Issiqlik energiyasini rostlovchi va hisobga oluvchi asboblarni ayrim uylarda 
    yoki ayrim qozonxonalar xizmat ko‘rsatayotgan zonalarda o‘rnatish, bu 
    qozonxonalarning o‘ta takomillashganiga qaramasdan, issiqlik-energetika 
    resurslarini iqtisod qilish muammosini hal etmaydi, chunki ular iqtisod qilgan 
    energiya talab etilayotgan issiqlik tashuvchining miqdorini kamaytirmaydi, oshib 
    ketgan harorat esa hisobga olinmaydigan iste’molchilarda, ya’ni hisobga olish 
    asboblari mavjud bo‘lmagan iste’molchilarda qayta ta’qsimlanadi. Issiqlik 
    ta’minlovchi tashkilot issiqlikni rostlash va hisobga olish asboblari o‘rnatilmagan 
    ayrim iste’molchilarga, issiqlik tashuvchining o‘sha miqdordagi issiqligini qizdirib 
    va uzatib, tabiiyki bunga ma’lum pul mablag‘ sarf qiladi va bu mablag‘ avtomatik 
    tarzda ishlab chiqarilayotgan va iste’molchiga yetkazib berilayotgan issiqlik 
    tannarxiga kiritiladi. Bundan kelib chiqadiki IER haqiqiy iqtisodiga xizmat 
    ko‘rsatayotgan zonadagi barcha iste’mochilarda hisobga olish asboblarini o‘rnatish 
    bilan erishish mumkin. 
    8.4. Issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish
    Iste’molchi tomonidan isrof qilinayotgan suvning miqdori suv 
    hisoblagichlarning ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi. Iste’molchiga bog‘liq 
    bo‘lmagan sabablarga ko‘ra (asbobning nosozligi, millarning yedirilib ketishi va 
    boshqalar) bunday hisoblash mumkin bo‘lmagan holda, foydalanilgan suvning 
    miqdori, asbob soz bo‘lgan oldingi ikki oy uchun o‘rtacha kecha-kunduzi o‘rtacha 
    sarfi bo‘yicha, yoki hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan normalar bo‘yicha aniqlanadi. 
    Iste’mol qilingan suvni hisobga olishning va to‘lovning bu tarkibi, yangi suv 


    o‘lchagich o‘rnatilgunga qadar saqlab qolinadi, lekin uch oydan ortmagan 
    muddatgacha. Agar yuqorida ko‘rsatilgan muddatda suv o‘lchagich o‘rnatilmasa 
    yoki suv o‘lchagichning shikastlanishi iste’molchinig aybi bo‘yicha bo‘lsa va bu 
    haqida suv o‘tkazish kanalizatsiya xo‘jaligi (SQH) korxonasini ogohlantirmagan 
    bo‘lsa, sarf qilingan suvning miqdori suv o‘tkazishning o‘tkazish qobiliyati bo‘yicha 
    aniqlanadi. Bu o‘tkazgich suvning harakat tezligi 2,0 m/s va u oxirgi hisobdan 
    boshqa, kecha-kunduzda 24 soat oqadi deb hisoblanadi. Hisobning bu turi to yangi 
    suv o‘lchagich o‘rnatilmaguncha davom etadi. 
    Xuddi shu tartibda iste’molchi tomonidan sarf etilgan suv miqdori quyidagicha 
    uchta holda aniqlanadi: 
    1. Abonent tomonidan aylanib o‘tuvchi liniya va tugunlar ochgichidagi suv 
    hisoblagich asboblari hamda suv sarfi hisobiga asboblarning o‘zida plombalar 
    olingan va shikastlanganda; 
    2. O‘z xohishicha kommunal SQH korxonasining ruxsatisiz, suv o‘tkazgichga 
    yoki tarmog‘iga ulansa, suvdan foydalanish shartnomasi bo‘lmasa yoki suv 
    iste’molchisi SQH abonenti sifatida rasmiylashtirilmagan bo‘lsa; 
    3. Ko‘rsatilgan muddatda SQH korxonasining dalolatnomasi bajarilmagan 
    bo‘lsa (7 kundan ko‘p emas); 
    4. O‘z xohishicha, suv o‘lchagich va suvni hisobga oluvchi boshqa asboblarni 
    olib tashlash va boshqa joyga o‘tkazish sodir qilsa, ham ularni SQH korxonasi bilan 
    kelishmagan holda, boshqa turdagi asboblar bilan almashtirilgan bo‘lsa; 
    5. Surib oluvchi, gidrantlar yoki o‘t o‘chiruvchi kranlarda zaxiraviy yoki o‘t 
    o‘chirish kirishlaridagi plombalarni o‘z xohishicha olib tashlaganda; 
    6. O‘rnatilgan muddatda SQH korxonasi talabi bo‘yicha suv hisoblagich 
    asboblari o‘rnatilmasa, bu kommunal suv o‘tkazgichiga o‘z xohishicha ulanish deb 
    baholanadi; 
    7. O‘t o‘chiruvchi gidrantlar va ochgichlardan o‘z xohishicha foydalanilganda; 
    8. Shlanglarni ko‘cha suv o‘tkazgichlariga ulanganda yoki kerak joyda 
    ishlatmaganda; 
    9. Suv o‘lchagich bo‘lmagan hollarda, suv o‘tkazgichga shlang ulab sug‘orish 
    ishlarini amalga oshirganda;
    10. Korxona va tashkilotlar tomonidan suvdan foydalanishning hisob-kitob 
    qilishga zarur bo‘lgan ma’lumotlarni berishdan tortganda yoki noto‘g‘ri ma’lumot 
    berilganda. 
    Birinchi, uchinchi, to‘rtinchi va to‘qqizinchi hollarda hisob-kitob SQH vakillari 
    tomonidan, hisobning oxirgi ko‘chirilgan to shu holat aniqlangan kungacha bo‘lgan 
    vaqt uchun, hisob-kitob amalga oshiriladi. Bundan tashqari to‘qqizinchi holatda suv 
    uchun hisob, o‘tgan vaqt uchun haqiqiy o‘rnatilgan suv sarfi bo‘yicha olib boriladi, 
    lekin bu muddat bir yildan oshmasligi kerak. Ikkinchi va oltinchi hollarda hisob eski 


    da’voni chiqarishdan olib boriladi. Uchinchi, yettinchi va sakkizinchi hollarda hisob 
    bir oyga teng muddat uchun qilinadi. 
    Issiq suvni hisobga olish ham, hisobga olish asboblarining ko‘rsatishi bo‘yicha 
    amalga oshiriladi. Issiq suv sarfini yakka tartibda hisobga olish asboblari bilan 
    jihozlanmagan xonalarda yashovchilarning iste’mol etilgan suv hajmini aniqlashda, 
    suv sarfini guruhli hisobga olish asboblari ko‘rsatuvidan, ushbu uyda 
    yashovchilarning yakka tartibda issiq va sovuq suv sarfini hisobga olish 
    asboblarining, jami ko‘rsatishlari chiqarib tashlanadi hamda ijarachilar iste’mol 
    qilgan suv hajmi, har bir ijarachining yakka tartibdagi suv sarfi hisoblagichi 
    ko‘rsatishi bo‘yicha aniqlab olib tashlanadi. Shunday usullar aniqlanganki, suv 
    iste’moli hajmi shu uyda yashaydigan va yakka tartibda suv sarfi hisoblagichlari 
    bo‘lmagan xonadonlarga shu xonadonda yashovchilar soniga proporsional ravishda 
    teng bo‘linadi. Yashamaydigan xonalar ijarachilar tomonidan ijaraga olingan bo‘lsa 
    va ushbu uyda yakka tartibdagi suv sarfi asboblari yo‘q bo‘lsa, yashovchilar iste’mol 
    qilgan suvning hajmi, xonalardagi yakka tartibda o‘rnatilgan suv o‘lchagichlar 
    bo‘yicha aniqlanadi, agar bu o‘lchagichlar bo‘lmasa, suv iste’molining o‘rnatilgan 
    normalari bo‘yicha aniqlanadi. Bunday ijarachilar iste’mol etgan suv hajmi guruhli 
    hisoblash asboblari ko‘rsatkichlari bilan, yashovchilar iste’mol qilgan ja’mi suv 
    hajmining ayirmasi natijasida aniqlanadi, lekin ijarachilarning suv ta’minlovchi 
    tashkilotlar bilan tuzgan shartnomasida ko‘rsatilgan hajmidan kam bo‘lmasligi 
    kerak.
    Yashash joyida (uylar guruhida) guruhli va yakka tartibdagi suv sarfining 
    hisobini oladigan asboblar yo‘qligida, yashovchilar iste’mol qilgan suvning hajmi, 
    suvni iste’mol qilgan normalari bo‘yicha aniqlanadi. Suv iste’moli normalari bir 
    kishi uchun kecha-kunduz davomida iste’mol etilgan litrlarni o‘lchashda o‘rnatiladi 
    va uyning jihozlanish darajasiga qarab diffensiallanadi. 
    Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, issiq suv berilishi rejimi o‘zgarganda (masalan, 
    haftada uch marta uch soatdan) talab juda ko‘payadi va sarf 2-2,5 barobar ko‘payadi 
    (hisobga olish ko‘rsatkichlari bo‘yicha). Bunga yana qozonlarni ishga tushirish va 
    to‘xtatishni, quvur o‘tkazgichlarni qizdirish qo‘shilsa, rejalashtirilgan samaraga 
    qaraganda real yo‘qotishlar paydo bo‘ladi. 
    Suvni olish tizimida hisobga olish asboblari bo‘lmaganda, kanalizatsiyaning 
    kommunal tizimiga oqib tushayotgan oqava miqdori, kommunal suv ta’minoti 
    sistemasida sarf bo‘lgan suv miqdoriga teng bo‘ladi, ularning miqdori abonent va 
    SQH korxonalari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga binoan aniqlanadi. 
    Kommunal suv ta’minoti tizimiga ulangan abonentlar, o‘z ehtiyojlari uchun 
    boshqa suv o‘tkazgichlardan (manbalardan) qo‘shimcha foydalanganlarida va oqava 
    suvlarning hisoblagichi bo‘lmaganda, SQH korxonalari belgilagan muddatda, ushbu 
    korxonalarga me’yoriylar va boshqa hujjatlar bilan asoslangan zarur hisob-


    kitoblarni ko‘rsatish kerak. Bundan tashqari bu abonentlar asboblarning suv sarfini 
    hisoblagan ma’lumotlarini va ular tomonidan kommunal kanalizatsiya tizimiga 
    tashlanayotgan oqava suvlarning miqdorini hisoblash uchun boshqa ma’lumotlarni 
    berishi shart. 
    Hisoblash asboblari, kecha-kunduzda 50 m
    3
    dan ortiq oqava suv tashlanadigan 
    abonentlar uchun o‘rnatilishi kerak. Agarda 50 m
    3
    dan kam bo‘lsa tashlanayotgan 
    suv hisobi o‘rnatilgan normalar bo‘yicha (bir kishi uchun yoki ishlab chiqarilgan 
    mahsulot birligiga) amalga oshiriladi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Issiqlik energetika resurslaridan foydalanishni hisobga olish asboblari

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish