Elektr energiyani markazlashgan hisobga olishning quyidagi asosiy
tizimlari mavjud:
1. Masofaviy elektron hisoblash va jamlash qurilmasi. Bir nechta
kirishlardan ta’minlanayotgan sanoat korxonalari uchun elektron masofaviy
hisoblash va jamlash qurilmasi yordamida da’vo qilingan maksimum quvvat
bo‘yicha elektr energiya uchun hisob-kitob qilishda qo‘llaniladi.
2. “Data vatt” axborot o‘lchash tizimi, bir nechta qurilmalardan
ta’minlanadigan yirik sanoat iste’molchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u har bir
kirishdagi iste’mol etilgan aktiv va reaktiv energiyani o‘sib boruvchi natijalar
bo‘yicha jamlash va hisobga olish imkonini beradi, bu hisobga olish, vaqtning
o‘rnatilgan zonalari bo‘yicha olib boriladi, bundan tashqari u avtomatik va vizual
ravishda o‘rindosh 15-minutli yuklama maksimumini da’vo qilingandan ortib ketish
tendensiyasi bo‘lganda ogohlantiruvchi signallashtirishni va keyinchalik yuklamani
uch pog‘onali o‘chirishni amalga oshiradi. Elektr energiyani hisobga olish uchun
turli asboblar va ular asosida yaratilgan tizimlar mavjud.
Hozirgi vaqtda turli energiya obyektlarini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi
avtomatlashtirilgan tizimlarni (ENBAT) tashkillashtirish imkonini beradigan
avtomatlashtirilgan o‘lchov tizimi yaxshi ma’lum. ENBAT yaratish va
foydalanishning ma’nosi, korxonada minimal boshlang‘ich bir martali pul
xarajatlarida energiya resurslar va moliyani doimiy iqtisod qilishdan iborat. ENBAT
dan foydalanishda olingan iqtisodiy samara korxonalarda energiya resurslarni yillik
iste’molidan o‘rtacha 15-30 % ni tashkil etadi, xarajatlar esa 2-4 chorak (kvartal)da
oqlanadi.
ENBAT shunday zarur qurol, usiz energiya iste’mol qilish jarayonini to‘liq
nazorat qilish, (shu jumladan uning xafvsizligi va ishonchliligini) energiya
resurslariga, ularni yetkazib beradiganlar bilan hisob-kitob qilish, energiya
tashuvchilarini kechayu-kunduz uzluksiz tejash va korxona mahsulotining
tannarxida xarajatlar ulushini pasaytirish muammolarini hal etib bo‘lmaydi. Bu
tizim respublikaning ko‘p korxonalarida tatbiq etilgan ham qulaylik va ishonchlilik
nuqtayi nazaridan, ham yoqilg‘i energetika resurslarini ratsional ishlatishdagi
boshqarish yechimlarini shakllantirish jarayonida sifatini ta’minlash nuqtayi
nazaridan yaxshi natijalar ko‘rsatdi. U energoresurslarni (elektr va issiqlik
energiyasini, suv va suv bug‘i, gaz, siqilgan havo va h.k.) sanoat va energetika
korxonalar, qishloq xo‘jaligi korxonalari va uy-joy xo‘jalik chegaralarida yetkazib
berish yoki iste’mol qilish nazorat va taqsimlashni texnik va ko‘p tugunli
kommersiyali hisobga olishni tashkillashtirishga mo‘ljallangan.
Birinchi sath, umumiy holda, birinchi o‘lchov o‘zgartgichlari, (BO‘O‘) va
raqamli hisoblash qurilmalari yig‘indisidan iborat, umumiy ishlash algoritmiga
birlashgan va obyekt holati bo‘yicha, holatga qarab o‘zgaradigan va fazoda
ta’qsimlangan qiymatlar (sarf, holat, bosim va h.k.) bu holatni xarakterlaydigan
(suvli va bug‘li issiqlik energiya, elektr energiya, gaz va h.k.) ko‘p o‘lchash va
o‘zgartish yo‘li bilan atomatlashtirilgan axborot oladigan o‘lchov tizimi (O‘T)
o‘rnatiladi. Ikkinchi sath – smena masteri (bosh energetik) shaxsiy kompyuteri
(SHK) bazasida real vaqt masshtabida O‘T dan axborot yig‘ish va ishlov berishni
amalga oshiradigan hisoblash tizimi o‘rnatiladi.
SHKda dasturiy ta’minotni qo‘llash, maksimum FIK mezoni bo‘yicha
boshqarish yechimlarini shakllantirish hisobiga energetik obyektlarni (EO) ishining
texnologik jarayonlarini optimallashtirish imkonini beradi.
Bu ikkala kichik tizimlarning ko‘rinib turgan mustahkamligida, yuqori
ko‘rsatilgan IER iqtisodiy masalalarini, faqat ularning o‘zaro bog‘lanishlarda
yechish mumkin. Bu ikkita kichik tizimlar o‘zaro chambarchas bog‘langan, chunki
texnologik va bajarish intizomining darajasini oshirish uchun, ham tezkor ham
boshqaruv hodimlarning bajarish funksiyalarining qattiq chegaralash zarur. EO
larning asosiy texnologik parametrlarini nazorat qilish bo‘yicha aniq yo‘riqnomaga
ega bo‘lgan holda, tezkor xodim birvarakayiga ularni birinchi sath hisoblash
qurilmalari ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qiladi, ikkinchi sath hisoblash tizimidan
foydalanib EO‘ ish rejimini optimallash majmuaviy masalasini nazorat qila turib,
boshqaruv xodimi nazorat ostida bo‘ladi.
Birinchi sathning ENBATi umumiy ko‘rinishda uchta O‘T asosida quriladi:
1. Suv va suv bug‘i, gaz, siqilgan havo va suvni issiqlik energiyasini hisobga
oluvchi O‘T;
2. Elektr energiyani hisobga oluvchi O‘T (impuls chiqishli BO‘O‘ni
qo‘llaganda energiya resurslarining boshqa turlari);
3. Harorat, bosim va h.k. rostlash O‘T. Ikkinchi sath ENBAT SHKlarda
o‘rnatiladigan obyektga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot (DT) va multipleksor
asosida quriladi.
ENBAT ni tatbiq etish quyidagilar imkonini beradi:
ishlab-chiqarishga taaluqli bo‘lmagan energiya resurslar sarflarini va ish
vaqtini qisqartirgan holda bosh energetik xizmatining hisobga olish va boshqarish
faoliyatini avtomatlashtirishni ta’minlaydi;
energiya iste’molini korxonaning tashkiliy-texnik tuzilishiga bog‘lanishini
ta’minlaydi, bu esa turli rejim va ish sharoitlarida korxona elektr iste’molini
obyektiv tahlil o‘tkazishga yordam ko‘rsatadi, har bir iste’molchiga alohida kerakli
nazorat va hisobga olishni yo‘lga qo‘yishga yordamlashadi;
iste’mol limitlariga rioya qilishning tezkor nazoratini yo‘lga qo‘yadi, bu esa
mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya resurslari sarfining solishtirma
normalarini obyektiv hisoblashga va ko‘rib borishga yordamlashadi;
ENBATni ishlatishda olinadigan IER sarflari (ishlab-chiqarish) ma’lumotlari,
ularni keyinchalik tahlili, ishlab-chiqarishni qayta ko‘rish bo‘yicha tashkiliy-texnik
tadbirlarning real rejasini tuzish, energo resurs yo‘qotishlarini pasaytirish, hamda
iqtisod qilishga olib keladigan noratsional foydalanish va o‘ta sarflar uchun iqtisodiy
choralarni qattiqlashtirish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
|