Energetik balansning kelib tushish qismi turli energiya tashuvchilar (qazib
olinadigan yoqilg‘i va yadro yonilg‘isi,gaz, bug‘, suv, havo, elektr energiya)
yordamida kelib tushadigan energiyaning miqdorini o‘z ichiga oladi.
Energetik balansning sarflash qismi energiyaning barcha turlarini ularning turli
ko‘rinishidagi sarfini, bir turdagi energiyani boshqa turdagisiga aylantirilgandagi
yo‘qotishlarni hamda maxsus qurilmalarda (masalan, gidroakkumulyatsiyalovchi
qurilmalarda) yig‘iladigan energiya aniqlanadi.
Boshqa balanslarda bo‘lgani kabi, masalan,
buxgalteriyada energiya
balansining kelib tushish va sarflash qismlari teng bo‘lishi kerak.
Energetika balansi bir tomondan kelayotgan jami energiyaning, boshqa
tomondan jami foydali energiyani uning yuqotishlari bilan mosligini ko‘rsatadi.
Balansni tuzishda, korxonada iste’mol qilinadigan barcha energiya turlari:
elektr
energiya, gaz, mazut, suv , bug‘ va h.k. ko‘rib chiqiladi. Korxonaning har bir
uchastkasida barcha maqsadlarda iste’mol qilinadigan energiya miqdori o‘lchanadi,
bundan tashqari energiya yo‘qotishlari ham baholanadi.
Balansni tuzish mazkur korxonaning konkret uchastkalarida haqiqiy energiya
iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi (Motorlar, elektr
jihozlar, yoritish va h.k.) bunday axborotni olish uchun maxsus asboblar – elektr
energiya, gaz, bug‘, suv va h.k. hisoblagichlaridan foydalaniladi.
Energetik balanslarni o‘rganish, korxonaning ayrim
uchastkalarida va butun
korxonada energiyadan foydalanishning haqiqiy holatini o‘rnatish imkonini beradi.
Energetika balansi korxona ishlash samaradorligi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini
beradi. Balans korxonani energiya iqtisod qilinishi mumkin bo‘lgan nuqta va
uchastkalari aniqlanishi kerak.
Energiya tashuvchilarning turi va miqdoriga bog‘liq holda balans xususiy, ya’ni
faqat bitta energiya tashuvchi uchun, yoki umumiy ya’ni korxonadagi barcha
energiya resurslaridan foydalaniladigan ja’mi iste’mol bo‘yicha tuzilgan bo‘lishi
mumkin.
Xususiy energiya balanslarini tuzishda energiya
tashuvchilarini miqdoriy
o‘lchash joyllarida (Dj, mDj, GDj), kilovatt-soatlarda (kVt.s), tonna shartli yoqilg‘i
(t.sh.yo.) amalga oshiriladi. Umumiy energiya balansini tuzishda turli energiya
resurslari va energiya tashuvchilarni o‘lchash tonna shartli yoqilg‘ida amalga
oshiriladi.
Sanoatda, shahar va qishloq xo‘jaligida energiyani asosiy turi issiqlik va elektr
energiyadir. Shuning uchun qisman energiya balanslarini-issiqlik va elektr balanslari
tuziladi. Elektr balanslarini tuzish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz.
Harakatdagi korxonalar sharoitlarida energiya balanslari ayrim agregatlar yoki
ularning guruhiga, sexlar va butun korxona uchun tuzib chiqiladi. Elektr balanslar
asosida
mazkur korxonada, ishlab-chiqarish bo‘linmalarida yoki energo sig‘imli
agregatlarda elektr energiyani ishlatish sifati to‘g‘risida obyektiv fikr yuritiladi,
ishlab chiqarishga bog‘liq bo‘lmagan elektr energiya sarflarini qisqartirish
imkoniyatlari aniqlanadi, natijada elektrdan foydalanishni yaxshilash bo‘yicha
tadbirlar rejalashtiriladi.
Elektr balansining uchta asosiy turlarga ajratishadi:
1)
haqiqiy, sex yoki korxonada hosil bo‘lgan ishlab – chiqarish sharoitlarini
aks ettiradigan;
2)
normallashtirilgan, elektr iste’molini ratsionalizatsiyalash va optimallash
imkoniyatlarini va mexanizmlarda va elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarini hisobga
oluvchi;
3)
kelajakka mo‘ljallangan, ishlab-chiqarishning
rivojlanishini oldindan
hisobga oladigan va yaqin kelajakdagi yoki undan ko‘proq muddatga (5 yilgacha)
uning sifat o‘zgarishlarini hisobga oladigan tashkil etuvchilar.
Elektr balansining bosh maqsadi – elektr energiyani foydali ishlatish darajasini
aniqlash va isroflarni pasaytirish yo‘llarini qidirish, elektr iste’molini
ratsionalizatsiyalash. Shuning uchun balansning asosiy turi etib asosan elektr
iste’molini real hajmini va elektr energiyadan foydalanish darajasini aniqlovchi
aktiv energiya balansini hisoblash kerak.
Kirib kelish va sarf etish qismlari aktiv energiya hisoblagichi ko‘rsatishi va
hisobiy quvvat bo‘yicha qabul qilinadi va hisobga olinadi.
Aktiv elektr energiya elektr balansining sarfiy qismi quyidagicha sarf qismlarga
bo‘linadi:
1. ishlab – chiqarishning energiya sig‘imli jihozlarining
turli zvenolarida
(elektr pechlarda, kompressor va nasos qurilmalarda) yo‘qotishlarni hisobga
olmasdan chiqarilgan mahsulotga foydali sarfni ajratish bilan,
asosiy texnologik
jarayonlarga elektr energiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlari;
2. texnologik jarayonlarning takomillashmagani yoki texnologik normalar
buzilganligi natijasida elektr energiyani asosiy texnologik jarayonlarga bilvosita
sarfi;
3. elektr energiyani yordamchi ehtiyojlarga (sex xonalarini shamollatishga, sex
transporti, yoritish) sarflari;
4. elektr ta’minoti tizimi elementlarida (transformatorlar, reaktorlar,
liniyalarda) elektr energiya yo‘qotishlari;
5. elektr
energiyani chetki iste’molchilarga (oshxonalar, klublar,
magazinlarga) berish.