Galogen yoritgichlarni o‘rnatish usuli bo‘yicha




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Bog'liq
FFF

Galogen yoritgichlarni o‘rnatish usuli bo‘yicha, shiftga, devorga va stol 
ustida o‘rnatadigan qilib chiqariladi va yashash, ma’muriy binolarni mahalliy 
yoritish, ofislarni, ish joylarini, vitrina, ekspozisiya, stendlarni yoritish uchun 
ishlatiladi. Ular lampa plafonini sharnir yordamida mahkamlab xonaning har qanday 
berilgan zonasini yoritishni ta’minlaydi. 
Yoritgichlarda yorug‘lik manbai sifatida oddiy qizdirish ipli lampalarga 
nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega bo‘lgan, quvvati 20 Vt bo‘lgan galogen 
lampalar qo‘llaniladi: 
-elektr energiya iste’molini 2-2,5 baravar pasaytirish; 
-xizmat ko‘rsatish muddati davomida yorug‘lik oqimini moʻtadilligi; 
-juda yaxshi rang uzatishni ta’minlashi va turli rangli effektlarni hosil qiluvchi 
tiniq yorug‘lik; 
-oddiy lampalarga nisbatan, xizmat ko‘rsatish muddatini 2 marta ko‘pligi; 
-moʻjazligi. 


20 yoki 50 Vt quvvatga ega bo‘lgan galogen lampali IVU seriyali maxsus 
yoritgichlar, yonuvchi materialdan iborat bo‘lgan yuzaga bevosita o‘rnatish uchun 
mo‘ljallangan, hamda hovuzlarda, favvoralarda, akvariumlarda, yong‘inga qarshi 
qurilmali binolarda, dushlarda, kimyoviy tozalashlarda, bog‘ uchastkalarida, 
avtomobillarni saqlash joylarida, yo‘lovchi yo‘laklarida, narvonlarda, yer osti o‘tish 
joylarida, mashinalarni avtomatik yuvish joylarida, ustaxonalar va baliq 
do‘konlarida o‘rnatish uchun tavsiya etiladi. 
FBU vaNBU seriyali yoritgichlar ham xona ichlarini yoritishni ham suvlardan 
namlik, chang va tartib buzuvchilardan himoya qilish talab etilganda xona (bino) 
tashqarisini yoritishga mo‘ljallangan. Bu yoritgichlar mexanik shikastlanishlarga, 
tosh va shunga o‘xshagan qattiq narsalar tegishidan himoyalangan bo‘ladi. Ular 
bog‘lar, xiyobonlar, o‘tish joylari, ayvonlar, hovuzlar, vannaxonalar, hojatxonalar 
va h.k.larni yoritishda tengi yo‘q. 
Elektr energiyani iqtisod qilish uchun har qanday lampalar qo‘llanilganda, 
elektr energiyani 20 % gacha iqtisod qilishni ta’minlaydigan, yoritish asboblarini 
optimal joylashtirish katta ahamiyatga ega. Masalan, bir binoda ishchi va yordamchi 
zonalar mavjudligida ishchi zonalarlarni umumiy lokal (har tomondan) yoritish, 
yordamchi zonalarni esa bunga qaraganda past jadallik bilan yoritish ko‘zda tutiladi. 
Syexlarni, omborlarni va boshqa ishlab chiqarish xonalarni yoritishda, eng yaxshi 
usul –bu yog‘du taralish liniyalari uskunalaridir. Har qanday yoritish tizimini 
loyihalayotganda va tatbiq etayotganda ko‘rish muhitini ta’minlaydigan quyidagi 
sanitar normalarni ta’minlash zarur: 
-400-500 lk; 
-yorug‘likning tabiiy yoritilganlikka maksimal yaqinlashtirilgan spektral 
tarkibi; 
-yorug‘likning pulsasiyasi va ko‘r qiluvchi harakati bo‘lmasligi; 
-yorug‘likni bir tekis taqsimlanishi. 
Ko‘chalar, maydonlar, tezyurar magistrallarni, transport kesishadigan joylarni, 
cho‘zilgan tonnellarni, sport inshootlarini, aerodromlarni, qurilish joylarini, 
arxitektura inshootlarini, vokzallarni, aeroportlarni yoritish uchun iqtisodli 
manbaalardan biri, barcha ma’lum gaz razryadlovchi lampalar orasida yuqori 
yoritishga ega bo‘lgan va uzoq muddatga xizmat qilganda yorug‘lik oqimini uncha 
katta bo‘lmagan pasayishga ega bo‘lmagan yuqori bosimli natriyli lampalardir. 
Natriyli lampalarning yana bir qo‘llanish sohasi – bu issiqxonalardagi 
o‘simliklarni nurlantirish. Issiqxonadagi ko‘pchilik o‘simliklarning nurlanishi 
yaxshi natija berganligi tufayli natriyli lampalar simobli va metallogenli, yuqori 
bosimli lampalarni almashtirish mumkin. Simobli lampalardan farqli o‘laroq natriyli 
lampalarda simob yo‘q, bu esa ularning qo‘llanish sohasini kengaytiradi. Ularning 
ishini iqtisodiylik nuqtayi nazaridan solishtirganda, 10000 soat mobaynida 30 % 


gacha iqtisodni tashkil etadi, o‘z-o‘zini qoplash muddati taxminan kuniga 12 
soatni(yozgi vaqtda 8 soat va qishkida 16 soat) foydalanishdan kelib chiqqan holda 
2 oyga yaqinni tashkil etadi. 
Hozirgi vaqtda drossel yoqish balastlarining kamchiliklaridan xoli elektron 
yoqish balastlar (EYoB) ishlab chiqarilgan. Ularda lampaning ishonchli ishga 
tushirilishi va lyuminestsent lampani 20 ... 40 kGs chastotada yetkazib beradigan 
kuchlanish impulslari hosil bo‘lishini ta’minlaydigan elektron sxemadan 
foydalaniladi. Shu bilan birga, chiroq bir xil yorug‘lik oqimini chiqaradi va uning 
yorug‘ligi oshadi. Bundan tashqari, elektron balast bilan jihozlangan lampalarda 
ishlaydigan lyuminestsent lampalarning ishlash muddati 15 ming soatgacha oshadi. 
Shu bilan birga, ular qishloq xo‘jaligi obyektlari (issiqxonalar, chorvachilik binolari, 
em-xashak do‘konlari) uchun xos bo‘lgan yanada og‘ir iqlim sharoitida ishlashga 
ko‘proq moslashgan. 
Yilni svetodiod lampalar (LED) ham ishlab chiqilgan bo‘lib, ular standart 
bazaga (Ye27, E14) ega va elektron yoqish balastlar bilan jihozlangan. Ular ichki va 
sanoat sharoitida akkor lampalarni almashtirish uchun mo‘ljallangan. LED larning 
ishlash muddati 6÷8 ming soatni tashkil etadi va yorug‘lik chiqishi lyuminissent 
lampalardan 4÷6 baravar ko‘pdir. 
Yoritish darajasiga quyidagi omillar katta ta’sir ko‘rsatishini ham yodda tutish 
kerak: ichki makon dizayni - devorlar, shiftlar, pardalar, mebellar quyuq yoki och 
ranglarda bo‘yalgan; yoritgichlar dizayni, shu jumladan. va ularda reflektorlarning 
mavjudligi, soyalarning shaffofligi va tozaligi; mahalliy yoritish manbalaridan 
foydalanish va hokazo. Faqatgina ushbu omillarni to‘g‘ri hisobga olgan holda, 
yorug‘lik ehtiyojlari uchun elektr energiyasining 2 ... 3 barobar sarflanishini 
kamaytirish mumkin. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Galogen yoritgichlarni o‘rnatish usuli bo‘yicha

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish