10-BOB. MAISHIY ENERGIYANI TEJAMLASH
10.1. Binolarni yoritishda energiya tejamlash
Hozirgi dunyoda ishlab-chiqarilayotgan energiyaning 40% va barcha energiya
resurslarining 37% uy-joy va jamoat binolarida ishlatiladi. Binolar energiya
iste’molining sezilarli ulushini (40-60%) yoritish tashkil etadi.
Bu maqsadlarga
bo‘lgan elektr energiya sarfini qisqartirish ikkita asosiy yo‘l bilan mumkin:
Yoritishning nominal quvvatini pasaytirish;
Yoritgichlardan foydalanish vaqtini kamaytirish.
Yoritishning nominal (o‘rnatilgan) quvvatini pasaytirish birinchi navbatda,
kichik energiya iste’moli bilan kerakli oqimni beruvchi samaraliroq yorug‘lik
manbalariga o‘tishni bildiradi. Bunday manbalar kompakt lyuminessyentli lampalar
bo‘lishi mumkin. Jamoat binolarida eng samarador yoritgichlarni qo‘llash mumkin.
Yoritgichlardan foydalanish vaqtni kamaytirish
yoritish qurilmalarini
zamonaviy boshqarish tuzilmalarini, rostlash va nazorat
qilishni tatbiq etish bilan
erishiladi. Rostlanuvchi lyuminessyentli yoritgichlarni qo‘llash ularni pasaytirilgan
(nominalga nisbatan) quvvatlarda ishlatish imkonini beradi. Bu shuni ko‘rsatadiki,
yoritishning o‘zgarmas o‘rnatilgan quvvatida, haqiqiy iste’mol etilayotgan quvvat
va energiya iste’moli pasayadi.
Yoritish yuklamasini boshqarish ikkita asosiy usul bilan amalga oshiriladi:
Barcha yoki bir qism yoritgichlarni o‘chirish bilan (diskret boshqarish);
Yoritgichlarning quvvatini ravon o‘zgartirish (barcha uchun bir xil yoki
yakka tartibda).
Diskret
boshqaruv tizimiga, birinchi navbatda turli surat relelari (surat
avtomatlari) va taymerlarni kiritish mumkin. Birinchilarining ishlash prinsipi tashqi
yoritilganlik datchiklari signali bo‘yicha yuklamani yoqish va o‘chirishga
asoslangan. Ikkinchilari oldindan kiritilgan dastur bo‘yicha kecha-kunduz vaqtiga
bog‘liq holda yoritish yuklamasini kommutatsiyalashni amalga oshiradi. Yoritishni
diskret boshqarish tizimlariga hozir bo‘lish
datchiklari bilan jihozlangan avtomatlar
kiradi. Ular binodagi yoritgichlarni oxirgi inson chiqib ketganidan keyin ma’lum
vaqtdan so‘ng o‘chiradilar. Bu diskret boshqarishning
eng iqtisodiy turidir, lekin
bunda tez-tez yoqish va o‘chirish hisobiga lampalarning xizmat ko‘rsatish muddati
qisqarishi mumkin.
Yoritish quvvatini ravon rostlash tizimining ishlash prinsipi 10.1.-rasmda
ko‘rsatilgan. Tabiiy yorug‘lik boshlang‘ich
daraja Ye
1
ga mos bo‘lgan t
1
vaqt
momentida, yoritgichlar quvvati (R) t
2
momentigacha ravon pasayishini boshlaydi,
tabiiy yorug‘lik berilgan yoritilganlikni ta’minlash uchun yetarli bo‘lganida (Ye
0
darajasi) t
3
momentida, kunduzgi yorug‘lik Ye
1
darajagacha yana pasayishni
boshlaganda, yoritish qurilmasining quvvatining (R) ravon ortishni boshlaydi.