Energiyadan foydalanish samaradorligini baholash uchun zarur, lekin yo‘q
bo‘lgan axborotni to‘ldirish uchun asbobiy tekshirish deb nomlanadigan tekshirish
qo‘llaniladi. Asbobiy tekshiruv mavjud axborotning aniqligi shubha tug‘dirgan
hollarda ham qo‘llanladi.
Batafsil energetik auditni o‘tkazish uchun oldindan energetik ko‘rikni amalga
oshirish kerak. Dastlabki energetik ko‘rikda energiyani yo‘qotishlarning eng
mumkin bo‘lgan joylari aniqlanadi, ya’ni quyidagilar:
issiqlik yo‘qotishlar;
bug‘ning sizib chiqishi;
issiqlik izolatsiya qilish kerak bo‘lgan, yuzalarning ochiq issiq uchastkalari;
rostlanmaydigan yondirgichlar;
chiqishda gazning yuqori harorati;
uskunalarning salt ishlashi;
siqilgan havo va gazning sizib chiqishi;
mahsulot chiqindilar;
materiallarni kerak bo‘lmagan uzatilishi;
ishlab chiqarishning tez-tez to‘xtatilib turilishi;
bosimni pasaytirishning kerak bo‘lmagan qurilmalari;
nosoz nazorat asboblari;
havo
puflagichlarning
tiqilib
qolgan
filtrlari
(shu
jumladan
kompressorlarniki);
ish joyidagi iflosliklar;
kondensatning sizib chiqishi;
suvning sizib chiqishi;
haddan tashqari yoritilganlik;
keragidan ortiqcha kondisionerlash (havoning qizdirilishi).
Tekshirish bo‘yicha ishlarni yengillatish uchun odatda oldindan barcha
energetik ko‘zdan kechirishda zarur axborot yoritilishi kerak bo‘lgan shakllarni
tayyorlab qo‘yiladi. Shundan so‘ng ko‘zdan kechirishda tayyorlangan shakllarga
axborotni yozish amalga oshiriladi.