• Yoritishni avtomatik boshqarish tizimlarni ikkita asosiy sinflarga bo‘lish mumkin
  • Yoritishning markazlashgan boshqarish tizimlari
  • - rasm. Yoritish quvvatini ravon rostlash tizimining ishlash prinsipi




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    10.1- rasm. Yoritish quvvatini ravon rostlash tizimining ishlash prinsipi 
     
    Oxirgi o‘n yilliklarda ko‘p chet el firmalari tomonidan ichki yoritishni 
    boshqarishni avtomatlashtirish uchun uskunalar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 
    Zamonaviy tizimlar, foydalanuvchi uchun maksimal qulaylik bilan elektr energiyani 
    iqtisod qilish imkoniyatini o‘z ichiga oladi . 
    Yoritishni avtomatik boshqarish tizimlarni ikkita asosiy sinflarga bo‘lish 
    mumkin: lokal va markazlashgan.
    Binolarni yoritishni lokal tizimlari konstruktiv jihatdan elektr taqsimlagich 
    shitlariga tirkalgan yoki osiluvchi shitlar oralig‘iga o‘rnatiladigan bloklardan iborat. 
    Bunday turdagi tizimlar odatda bitta funksiyani yoki ularning qayd etilgan qatorini 
    amalga oshiradi. Bu funksiyalar qatoriga masalan, xonada inson borligi va tabiiy 
    yoritilganlik darajasini hisobga olish, hamda simsiz masofani boshqarish tizimlari 
    bilan ishlash kiradi. Lokal “yoritgichlarni boshqarish tizimlari” ko‘p hollarda 
    qo‘shimcha sim o‘tkazishni talab qilmaydi ba’zida simlar yotqizish zarurligini 
    qisqartiradi. Konstruktiv jihatdan ular bevosita yoritgichlarda yoki bitta lampa 
    kolbasida mahkamlangan kichik gabaritli korpuslarda bajariladi. 
    Yoritishning markazlashgan boshqarish tizimlari, “intellektual” nomiga 
    to‘liq javob bergan holda, ko‘p sonli yoritgichlarni (bir necha yuzgacha) bir vaqtda 
    ko‘p variantli boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. Bunday tizimlar yorug‘likni 
    boshqarish yoki binolarning boshqa tizimlari bilan birga ishlashda (masalan, telefon 
    tarmog‘i, xavfsizlik tizimlari, ventilatsiya, isitish va quyoshdan himoyalovchi 
    to‘siqlar) qo‘llaniladi. 
    Hozirda iste’molchilar tomonidan energiya tejamlovchi yoritgichlardan va 
    yorug‘lik texnikasi buyumlaridan foydalanish rivojlanmoqda. Yaxshilangan 


    iste’mol qilish sifatlariga ega bo‘lgan holda (yuqori yorug‘lik berish, spektr bo‘yicha 
    qulay va chiroyli, lipillamaydigan yorug‘lik va h.k.), zamonaviy energiya 
    tejamlovchi yoritgichlar iqtisodiyotligi va ishlatishda ishonchliligi jihatdan barcha 
    talablarga javob beradi. 
    1. Lyuminessentli yoritgichlar
    2. Galogen yoritgichlar; 
    3. Maxsus yoritgichlar. 
    Elektron ishga tushirish – rostlash apparatli lyuminessentli yoritgichlar (EPRA) 
    sosφ>0,93 bilan osiluvchi va shitli bajarishga ega bo‘lib, quyidagi afzalliklarga ega: 
    -elektr magnit ishga tushirish-rostlash apparatdan (EmPRA) ta’minlanadiganga 
    nisbatan 30% dan ortiq elektr energiyani iqtisod qilishga va shunga o‘xshash 
    qizdirish lampaga nisbatan oolti karra elektr energiyani iqtisod qilish; 
    -lampaning xizmat ko‘rsatish muddatini 20% va undan ortiqqa, qizdirish 
    iplarini (katodlarini) ravon qizdirishli optimal rejim hisobiga oshirish; 
    -qo‘shimcha startyorsiz, kafolatli zudlik bilan ulash va shovqinsiz ishlash; 
    -lipillamaydigan, uzoq muddatli yuklamada lyuminessentli lampalarning 
    yuqori chastotali ishlashi hisobiga ko‘zni charchatmaydigan tekis yorug‘lik; 
    -stroboskopik hodisaning bo‘lmasligi, ya’ni qandaydir narsa yoki rasmni 
    kuzatish uzluksiz emas, balki ayrim birin ketin davriy ravishda, ma’lum vaqt 
    oralig‘ida, amalga oshirilishida hosil bo‘ladigan ko‘rishni anglash;
    - elektr magnit halaqitlarining bo‘lmasligi. 
    Kompakt(bejirim ) lyuminessent lampalar shu kabi yoritish texnik tavsiflarga 
    ega bo‘lgan qizitish lampalariga nisbatan 5 marta kam elektr energiya iste’mol 
    qiladilar, ularda xizmat ko‘rsatish muddati 8 marta ko‘p. Aks panjarali va 
    yorug‘likni qaytaradigan yoritgichlar ham mavjud . 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - rasm. Yoritish quvvatini ravon rostlash tizimining ishlash prinsipi

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish