- elektr plitani qaynatish yoki qovurish tugashiga bir necha minut qolganda
o‘chirish;
- qopqog‘i bo‘lgan idishdan foydalanish;
- optimal miqdordagi suvni quyish.
Yoritish kichkina vaqt oralig‘ida talab etiladigan joylarda avtomat
o‘chirgichlarni o‘rnatish, masalan, ko‘p xonali uylarning zinapoyalari
maydonchalarida, yakka turadigan bir xonali uylarning old tomoniga chiqish
joylarida.
Elektr ro‘zg‘or asboblarini sotib olayotganda birinchi navbatda nafaqat narxini,
balki energiya tejamlash parametrlari bilan ham qiziqish kerak, faqat
foydalanishdagi sarflarni, narxlar bilan taqqoslab, kerakli elektr ro‘zg‘or tovarlarini
sotib olish imkoni to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadga muvofiq.
Turar joylarni isitishda foydalaniladigan elektr energiyani iqtisod qilishdagi
muhim moment, bu xonadon va uylarning balkonlari, eshiklari, romlarini ishonchli
isitish hisoblanadi. Eng oddiy va tez usul – gazetalardan turbka shaklida o‘ralgan
qog‘ozni rom va deraza tirqishlariga tiqib qo‘yish. Bu usul derazalarda tirqishlar
kam bo‘lganda va kuchli sovuqlarda yaxshi samara beradi.
Derazalarni sovuq kirishidan saqlashning ishonchli usuli, bu bo‘r pastasi va
undan tayyorlangan yelim. Nisbati 1:1 bo‘lib bu komponentlardan tayyorlangan
pasta bilan barcha tirqish va teshiklarni to‘ldirib chiqish kerak. Agarda romlar eski
bo‘lsa u holda bu komponentlarda kleyni kamaytirib (3:1 yoki 4:1) teshiklar
yopiladi, buning uchun deraza ochilib pasta surilgandan so‘ng deraza yopiladi va
tirqishlardan ezilib chiqib qolgan ortiqcha pastani darrov olib tashlanadi.
Kirish eshiklari va yondori orasidagi tirqishlarni aptekaning rezinali turbkasi
yondoriga mayda mixlar bilan qoqib chiqilib zichlashtirish mumkin. Agarda tirqish
katta bo‘lsa bitta turbkani eshikka, bittasini esa kosyakka mixlanadi.
Balkon eshigini bezak berilgan matodan tayyorlangan paxtali gilamcha bilan
isitish mumkin. Uning o‘lchamlarini shunday tanlanadiki, u eshikni yon va past
tirqishlarini berkitib tursin.
Qishloq uylarida va dala hovlidagi uylarni sovuqdan himoya qilish kuzda quruq
poxol va qurigan barglarni to‘kib yasalgan qurilma bilan amalga oshiriladi. Qishda
bu qurilmani qordan qilsa bo‘ladi. Bu qurilmani tayyorlash texnologiyasi oddiy:
polietilen plenkani yoki to‘lni(ruberoid) uy perimetri bo‘yicha shunday yozib
chiqiladiki uning bitta yarmi uy poydevorida ikkinchi yarmi yerda yotadi. Keyin
material qor bilan sepib chiqiladi. Izolatsiya qilayotgan to‘l devor va poydevorni
namdan saqlaydi, qor esa issiqlikni saqlaydi.