Isitish tizimi samaradorligini oshirish. Avtonom energiya




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81
Bog'liq
FFF

 
10.3. Isitish tizimi samaradorligini oshirish. Avtonom energiya 
qurilmalari 


Agar yashash uyini energiya iste’mol qiluvchi obyekt deb hisoblasak, u holda 
bu yerdagi issiqlik yo‘qotish qishda quyidagini tashkil etadi: podyezdlarning 
isitilmagan yoki singan eshik va derazalardan – 24%, devorlardan-26%, 
yerto‘lalardan, tomdan, zinalardan-11%, shamollatish teshiklaridan va mo‘rilardan-
39%. 
Issiqlik yo‘qotish nafaqat bino devorlaridan amalga oshadi. Ular trassalarda 
falokat(avariya) vaqtida va yashash uylarining issiqlik uzellaridan ham yo‘qotiladi. 
Katta miqdordagi issiqlik energiya sifatsiz qurilish sababli ketadi: deraza 
romlaridagi tirqishlar, panellar, tomlar orasidagi choklar va h.k. hamda devorda 
isitish qurilmalari qo‘yilgan uylarda(odatdagi isitish asboblaridagiga qaraganda 
30% ko‘p) sarf bo‘ladi. 15-20% gacha issiqlik energiya issiqlik tarmoqlarida 
yo‘qoladi. 
Issiqlikni ro‘zg‘orda foydalanishning bunday holati Sovet ittifoqining foydali 
qazilmalar va yoqilg‘i-energetika resurslari mamlakatda nafaqat hozirgi, balki 
kelajak avlod uchun ham yetib ortadi degan fikrining natijasi edi. Va yashash 
uylarini loyihalayotganda hech qachon undan foydalanish narxini hisobga 
olinmagan. Shuning uchun nisbatan arzon va sovuq uylarni qurishgan. 
Issiqlik ta’minoti tarmoqlarini qisqartirish va issiqlik energiyasini iqtisod 
qilishning texnik yechimlaridan biri bu gaz yoqilg‘isida ishlaydigan 
avtomatlashtirilgan mustaqil, shu jumladan, tomli, qozonxonalar yordamida 
markazlashmagan issiqlik ishlab chiqarishdir. Bunday issiqlik ta’minoti turining 
afzalligi quyidagilardir: faqat mazkur binoninggina talabini qondiradigan 
qozonxona qurish imkoniyati; yer uchastkasini iqtisod qilish; yo‘qotishlar 
bo‘lmagani hisobiga energiyani iqtisod qilish; issiqlik va yoqilg‘ini nazorat qilish 
imkoniyati; tashqi havo harorati va ish kuni davomiyligiga bog‘liq holda issiqlik 
sarfining zarur rejimini o‘rnatish; qozon qurilmalarining yuqori F.I.K(90%); issiqlik 
ta’minoti tizimidan uzoq vaqt foydalanishni ta’minlaydigan issiqlik tashuvchining 
past harorati va bosimi. Yashash va jamoa binolarining isitish tizimi issiqlik 
energiyasini eng ko‘p qismini iste’mol qiladi. Bu maqsadlarga sarf bo‘layotgan 
issiqlik energiya sarfi energiya resurslarini xalq xo‘jaligi iste’molining 30% dan 
ortig‘ini tashkil etadi. Bunda 1950- 1960 yillarda qurilgan ko‘p xonali uylar, isitish 
ehtiyojlariga 1 m
2
ga 350 dan 600 kVt∙s energiya sarflaydi. Taqqoslash uchun 
keltiramiz, bu ko‘rsatkich Germaniyada 260 kVt.s, Shvetsiya va Finlyandiyada 135 
kVt.s ni tashkil etadi. 
Energiya tejamlashning eng kelajagi porloq yo‘nalishlari: issiqlik va energiya 
ta’minotining avtonom tizimini tatbiq etish, polga qo‘yilgan isitish qurilmalari 
hamda tiklanuvchi energiya manbalari va issiqlik utilizator foydalanuvchi 
qurilmalar. 


Issiqlik ta’minotining kichik qozonxonalar ko‘rinishidagi mustaqil tizimlari, 
yoqilg‘i sifatida tabiiy gaz ishlatilatilgan joylarda kelajagi porloq hisoblanadi. Ular 
ekologik nuqtayi nazaridan havoni holatini yaxshilashga olib keladi, chunki 
yoqilayotgan gazning miqdori kamayishi hisobiga gaz tutunlari miqdori kamayadi, 
gaz chiqindilari yirik tuman qozonxonalariga nisbatan 1 m
3
ga 2-3 marta kam zararli 
modda chiqarib tashlaydi. Lekin katta bo‘lmagan yakka tartibdagi qozonxonalar 
asosidagi markazlashmagan issiqlik ta’minoti, issiqlik yuklamasini kichik 
zichligida(1-2 qavatli qishloq uylari) samarali hisoblanadi. Tabiiyki mavjud 
rivojlangan markaziy issiqlik ta’minotining issiqlik tarmoqlarida mustaqil 
qozonxonalarga o‘tish to‘g‘risida gapirish o‘rinsiz. Lekin ularni tatbiq etish quyidagi 
hollarda mumkin: 
-issiqlik tarmoqlarini yotqizish texnik jihatdan mumkin bo‘lmagan hududlarda 
eski binolarni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurishda; 
-issiqlik ta’minotining o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydigan obyektlarni 
(maktablar, kasalxonalar) issiqlik bilan ta’minlashda yoki issiqlik yo‘qligida katta 
yo‘qotishlar bo‘ladigan iste’molchilarni(mehmonxonalar); 
-mavjud issiqlik tarmoqlarining oxirgi uchastkalarida joylashgan va issiqlik 
tarmoqlarining past o‘tkazish qobiliyati yoki to‘g‘ri va teskari magistrallar orasida 
bosim farqi yetishmagan iste’molchilarni issiqlik bilan ta’minlash; 
-markazlashgan issiqlik ta’minoti kuchsiz rivojlangan, ayrim obyektlar tarqoq 
holda kiritilayotgan kichik shaharlarda obyektlarni qurishda. 
Avtonom elektr qurilmaning asosiy elementi, korpusida shovqinsiz aylanma 
nasos va membranali kengaytirgich mavjud bo‘lgan aralash gazli devoriy suv 
isitgichidir. Suv isitgichdan issiq suv betondan tayyorlangan polda yoki maxsus 
konstruksiyali plintusda yotqizilgan metall quvurlar orqali xonalar bo‘yicha 
tarqatiladi. 
Taklif etilayotgan xonalar bo‘yicha isitishning yuqori ishlash samaradorligiga 
quyidagicha erishiladi: 
-gaz suv isitgichlarning nisbatan yuqori F.I.K(≈85%); 
-xonaning tashqarisida issiqlik yo‘qotishlarning bo‘lmasligi; 
-mavsumlararo davrlarda issiqlikni ortiqcha sarfi yo‘qligi(mavjud ma’lumotlar 
bo‘yicha, u 20% gachani tashkil etadi); 
-xonadonlar bo‘yicha hisobga olish va xonalar bo‘yicha xona ichkarisidagi 
haroratni rostlash imkoniyati. 
Bundan tashqari xonadonlararo isitish va issiq suv ta’minoti hisobga olish 
asboblari sonini sezilarli darajada kamaytirdi. Hozirgi paytda foydalanadigan gaz, 
isitish, issiq va sovuq suv ta’minoti hisoblagichlarining o‘rniga faqat ikkita gaz sarfi 
va sovuq suv hisoblash bo‘yicha asbob o‘rnatish yetarlidir. Bundan tashqari, tashqi 
issiqlik tarmoqlarini yotqizish zarurligi bo‘lmaydi. Isitishning bu tizimining 


an’anaviydan bosh afzalliklaridan biri shundaki, u uy egasini o‘ziga qulaylikni 
derazalarini ochib emas, balki qo‘lda boshqariladigan rostlovchi jo‘mrak yoki 
avtomatik termostatik boshcha bilan kerakli havo haroratini ta’minlab, bu bilan o‘z 
mablag‘ini va davlat energiya resurslarini iqtisod qiladi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan xonadonlararo isitishning afzalliklari hisobiga issiqlik 
sarfini iqtisod qilish yiliga 30% ga yetdi. 
Shunga o‘xshash muhandislik ta’minoti tizimi bilan uylarni qurish amaldagi 
markazlashgan issiqlik ta’minoti manbalarining quvvat zaxirasi bo‘lmagan mavjud 
shahar qurilishi tumanlarida o‘zini oqlaydi. 
Mustaqil qozonxonalarning ish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ular ishonchli va 
iqtisodlidir. Bunday qozonxonalardan issiqlik bilan ta’minlanganda iste’molchi 
amaldagiga nisbatan 3 marta kam bo‘lgan tariflar bo‘yicha issiqlik energiyasini 
oladi. Shuning hisobiga bunday qozonxonalarni qurish bir mavsumda o‘zini oqlaydi. 
Barcha sanoati va energetikasi rivojlangan mamlakatlarda isitish kabellarini 
polga yotqizish yo‘li bilan bajariladigan elektr isitishni qo‘llash tez sur’atlarda 
o‘sishi kuzatilmoqda. Insonlar doim bo‘ladigan xonalarda aniqlandiki, isitilayotgan 
polning o‘rtacha harorati 26 
o
S dan ortishi kerak emas, hovuz atrofidagi yo‘lkalarda 
esa 30 
o
S dan ortishi kerak emas. Shunday elektr qizitish tizimlaridan biri 
“Teplolyuks” kabel tizimidir. U pol qalinligida o‘rnatiladi va barcha isitilayotgan 
yuzaning harorati, havo haroratidan bir necha gradusga yuqori bo‘lgan issiqlik 
manbaiga aylantiradi. Bu tizim shunga o‘xshagan boshqalari kabi ayrim turgan 
binolar, kottejlar va markaziy suv isitishga ulanishni bajarish imkoniyati 
bo‘lmaganda, asosiy isitish tizim sifatida ishlatiladi. U isitishning qo‘shimcha 
sifatida (boshqalar bilan birgalikda) qulay haroratni olish uchun qo‘llaniladi. 
Turli binolarni isitishning butunlay yangi usuli BITU da prof V.P.Lisov 
tomonidan ishlab chiqildi. Uning tomonidan yaratilgan polimerli isituvchi elektr 
o‘tkazgich bir nechta ingichka polimer tolalardan iborat bo‘lib, ularga antiqa 
texnologiyada maxsus aralashma bilan ishlov berilib, bir bog‘ga o‘ralgan. Bu bir xil 
elektr energiya sarfida, metall o‘tkazgichga nisbatan ancha yuqori haroratni beradi, 
chunki tolalar doimo bir birini qizdirib turadi. Bu o‘tkazgichni, boshqacha qilib 
aytganda, simlar butlamasini oldindan tayyorlangan beton asosiga tarqatib 
yotqiziladi va sementlanadi. Simlarni plitkalar, turli linoleum, gilam yopgichlar, 
parketlar ostiga yotqizsa ham bo‘ladi. Har qanday holda ham tibbiyot xodimlari 
tomonidan tavsiya etilgan polning 25 
o
S, havoning esa 20...22 
o
S harorati 
ta’minlanadi. Ishonchli bo‘lishi uchun tarmoqqa avtomatik harorat rostlagichini 
ulash mumkin. 
Bu usul bilan isitish va ishlatishga bo‘lgan xarajatlar boshqa ma’lum usullarga 
nisbatan, shu jumladan chet elda shunga o‘xshash polni metall o‘tkazgichlar bilan 
isitadigan usulga nisbatan 1.5 – 2 baravar pastdir. Lekin metall o‘tkazgichlarning 


yetishmovchiligi – organizm uchun zararli bo‘lgan uyurma toklarning hosil 
bo‘lishidir. Polimer o‘tkazgich esa elektr magnit maydonni 2 -10 marta undan kam 
ishlab chiqaradi, bu past chegaradan ham kam. 
Jamiyat, yashash va ishlab chiqarish xonalarini arzon, mahalliy yoqilg‘ilarni 
qo‘llab issiqlik bilan ta’minlash uchun, iqtisodiy jihatdan issiqlik generatorlar 
bazasida havo isitgichlarni qo‘llash foydali. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Isitish tizimi samaradorligini oshirish. Avtonom energiya

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish