Energetik audit obyektlari quydagilardir




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
FFF

Energetik audit obyektlari quydagilardir:
1.Bug‘ tizimlari; 
2.Siqilgan havo tizimi; 
3.Suv ta’minoti; 
4.Qozon qurilmalari; 
5.Pechlar; 
6.Boyler(markazlashtirilgan isitish sistemasida: suv isitiladigan qurilma) va 
issiqlik almashgichi; 


7.Havoning kondensasiyasi tizimlari, isitish va shamollatish; 
8.Yoritish; 
9.Elektr uskunalari; 
10.Binolar. 
Energetik ko‘zdan kechirish jarayoni o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni olishi 
kerak: 
1) texnik dasturni ishlab chiqish; 
2) texnik dastur doirasida energetik ko‘zdan kechirishni o‘tkazish; 
3) ko‘zdan kechirish natijalariga ishlov berish va tahlili; 
4) issiqlik energetika resurslarini tejash bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish; 
5) energetik pasportni tuzish. 
Energetik ko‘zdan kechirishni o‘tkazganda turli sharoit va omillarni hisobga 
olish kerak: 

Korxonaning qaysi sohaga tegishli ekanligi; 

Korxonaning funksional xususiyatlari (energiya resurs iste’molchisimi yoki 
energiyaning ayrim turlarini ishlab chiqaruvchimi); 

Faqat o‘z ehtiyojlari uchun energiya resurslardan foydalanish uchunmi yoki 
boshqa iste’molchilarga issiqlik va elektr energiyani o‘zatish bo‘yicha xizmatlar 
ko‘rsatilayotganligi uchunmi; 

Korxonaning investitsion qo‘yilmalari, ya’ni tashkiliy-iqtisodiy va rejim 
ishlatish tadbirlarini o‘tkazish hisobiga energetik resurslardan foydalanish 
samaradorligini oshirish muammolarini yechish qobiliyati. 
Energiya audit odatda quyidagi turli litsenziyalangan tashkilotlarni jalb qilib 
bajariladi: auditorli, loyiha, tadqiqot va h.k. Lekin energiya auditlarini o‘tkazish 
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yuqori natijalarga ko‘rsatilgan vazifalarni yakka 
tashkilot bajaruvchi (ijro etuvchi) kerakli mutaxassislarni jalb qilgan holda va ushbu 
korxonaning qiziqqan mutaxassislari ishtirokida majmuaviy yechilganda erishiladi. 
Energiya audit guruhining tarkibi tekshirilayotgan obyektning xarakteriga bog‘liq 
bo‘lib, elektr ta’minoti, issiqlik ta’minoti, gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kompressor 
va sovitgich uskunalari, metrologiya, nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatika 
(NO‘A va A) bo‘yicha mutaxassislarni o‘z ichiga olishi kerak. Energiya auditining 
ishonarli, sifatli bo‘lishining sharti, asboblar narxining kerakli dasturiy ta’minoti 
bilan mavjudligidadir.
Energetik ko‘zdan kechiruv tugagandan so‘ng quyidagilar rasmiylashtiriladi: 
o‘tkazilgan ko‘zdan kechiruv hisoboti, yoqilg‘i-energetika balansi, korxonaning 
energetika pasporti va takliflar. 
Energetik ko‘zdan kechiruv o‘tkazish to‘g‘risidagi texnik hisobot o‘z ichiga 
quyidagi tavsiflarni oladi: 



Korxonaning qisqacha tavsifi va korxona bilan asosiy ishlab-chiqarish 
orasidagi tuzilmaviy o‘zaro bog‘lanish; 

Energiya resurslarining turlari bo‘yicha va chiqarilayotgan mahsulotlarning 
asosiy turlari bo‘yicha solishtirma energiya iste’molining dinamikasi va ularni 
energiya samarador korxonalar – analoglarning mos tavsiflari bilan taqqoslash; 

Texnologik agregatlar va mexanizmlarning haqiqiy ish vaqti, o‘rnatilgan 
quvvatlarni va ularni yuklanish koeffitsientlarini hisobga olib foydalanishni 
baholash; 

Energiya tashuvchilarning kelib tushishi manbalari va iste’molini baholash 
bilan ularni taqsimlash tuzilmasini va iste’molini hisobga olish; 

Korxona bo‘yicha energiya tashuvchilarning barcha turlari sarfini 
taqsimlash, ya’ni, texnologiya bo‘yicha, yordamchi xizmatlar (masalan, suv 
aylanuvchi sikllari va tozalash inshootlarida, kompressor va sovutgich uskunalarida, 
agar ular asosiy texnogolik jarayonga kirmasa) bo‘yicha, ta’minlash-mexanik, 
qurilish, ma’muriy xizmat ko‘rsatish xizmatlari bo‘yicha va h.k.; 

Taqsimlash tarmoqlari va tizimlardan energiya tashuvchilarning normatav 
va haqiqiy yo‘qotishari.
YoERdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab 
chiqayotganda, energiya tejamlash tadbirlarini o‘tkazish qo‘shimcha xarajatlar bilan 
bog‘liqligini hisobga olish zarur. Shuning uchun energiya tejamlash tadbirining 
iqtisodiy samarasi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: 
𝐸
𝑒
= Δ𝐸
𝑒
− 𝐸
𝑧
(9.6) 
Bu yerda 

E
e
– energiya tejamlash tadbirini o‘tkazgandan so‘ng energiya 
iqtisod qilish natijasida erishiladigan xarajatlarning pasayishi; 

E
z
– energiya 
tejamlash tadbiri o‘tkazilishi bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar. Masalan 

E

ga 
hisobga olish asboblarini o‘rnatishga bo‘lgan sarflar, bu asboblarni xizmat ko‘rsatish 
bilan bog‘liq bo‘lgan sarflar va x.k. 
O‘z-o‘zidan ma’lumki energiya tejamlash tadbirlari E
z

0 bo‘lganda iqtisod 
jihatdan maqsadga muvofiqdir. 
Hozirgi paytda bizning mamlakatda energiya audit Vazirlar Mahkamasining 
2006 yil 7 avgustdagi №164 sonli “Iste’mol etilayotgan yoqilg‘i – energetika 
resurslarini energetik ko‘rikdan o‘tkazish va ekspertizasini o‘tkazish qoidalari” 
qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. 
Energetik ko‘rikdan o‘tkazish natijalari bo‘yicha kerakli texnik hisob tuzilib, 
uning asosida yoqilg‘i-energetika resurslarining iste’mol qilishning optimal rejimi 


hamda energiya tejamlash bo‘yicha dastur ishlab chiqiladi va uning bajarilishi 
keyingi energetik ko‘rikdan o‘tkazilgunga qadar nazorat va tahlil qilinadi. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energetik audit obyektlari quydagilardir

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish