• Energetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat
  • Energetika auditining maqsadi
  • Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    Energetika auditi – bu energiya manbalari va uning ishlab-chiqarayotgan 
    mahsulot birligiga solishtirma iste’moli to‘g‘risida axborot yig‘ish maqsadida 
    korxonani tekshiruvdan o‘tkazishdir. Energetika auditi energetika menejmentining 
    asosiy qurolidir. 
    Energetika auditi ma’lum ishlab-chiqarishni energiya iste’molini energiya 
    iqtisod qilish zaxiralarini aniqlash, energiya tejamlash dasturini ishlab-chiqish va 
    energiya tejamlash tadbirlariga kerak bo‘lgan investitsiya o‘lchamlarini aniqlash 
    maqsadlarida majmuaviy tekshirish o‘tkazishdan iborat. 
    Energetika auditi va pasportlashning asosiy vazifalari quyidagilardan 
    iborat: 
    1. texnologik va energetik jihozlarni noiqtisodiy ishlash rejimlarini aniqlash, 
    bu korxonaning energiya iste’moli va ishlashini tekshirish asosida va natijalarini 
    tizimiy tahlili asosida amalga oshiriladi; 
    2. energiya tashuvchilarning turlari bo‘yicha korxonalarda mumkin bo‘lgan 
    energiya tejash potensialini aniqlash va energiya tejamlovchi tadbirlarga investitsiya 
    o‘lchamini baholash; 
    3. korxonalarni rivojlanish dinamikasi va tuzilmasini o‘zgartirishni hisobga 
    olgan holda aniq tadbirlar qo‘llashning samaradorligini texnik iqtisodiy asoslashni 
    o‘z ichiga oladigan energiya tejamkorlik bo‘yicha majmuaviy dasturlar ishlab 
    chiqish; 
    4. korxona energiya xo‘jaligi to‘g‘risida barcha asosiy ma’lumotlarni aks 
    ettiradigan energetika pasportini tuzish va YoER dan korxona obyektlari bo‘yicha 
    foydalanish samaradorligini baholash. 
    Energetika auditining maqsadi: 

    ishlatilayotgan energiya shaklini aniqlash; 

    energiya iste’molini o‘rganish, energiya sarflari bo‘yicha ma’lumotlar 
    yig‘ish; 

    energetika bo‘yicha joriy axborotlarni tekshirish va ishchi jarayon hamda 
    operatsiyalarni tatbiq etish; 

    elektr energiyaga bo‘lgan tariflar tuzilmasini aniqlash; 

    energiya sarflarini yozishni bajarish uslubiyatini ishlab chiqish va 
    takomillashtirish; 



    ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan energiya 
    iste’molini aniqlash (solishtirma energiya iste’moli); 

    energiyani eng ko‘p yo‘qotishlari bo‘lgan ishlab-chiqarish potensial 
    zonalarini aniqlash; 

    energiya iste’molini qisqartirish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish. 
    O‘zbekiston Respublikasining “Yoqilg‘i energetika resurslari iste’molini 
    ekspertizasini va energetik tekshirishni o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 
    2006 yil 7 avgustda qabul qilingan №164 sonli qonuniga muvofiq majburiy 
    energetik tekshiruvdan YoER larning yillik iste’moli 6 ming.t.sh.yo dan ko‘p 
    bo‘lgan korxonalarni o‘tkazish majburiydir. 
    Energetik tekshiruv natijalari bo‘yicha korxonalar tomonidan energetik 
    resurslarni (qattiq yoqilg‘i, neft, gaz, elektr va issiqlik energiyalari va x.k.) ishlatish 
    samaradorligini baholash amalga oshiriladi. YoERlarni ishlatishdagi aniqlangan 
    buzilishlar asosida, energiya resurslarini iqtisod qilish zaxiralarini borligi haqida 
    takliflar tayyorlanadi hamda energiya tejamlashning texnik va tashkiliy tadbirlari 
    taklif qilinadi. 
    Energetika resurslaridan ratsional foydalanish va energiya tejamlash bo‘yicha 
    berilgan takliflar, texnologik jarayonlar va jihozlarning ekologik tavsiflarini, 
    ishlayotgan xodimlarning xafvsizligini, mahsulot sifatini yomonlashuviga olib 
    kelmasligi kerak. 
    Energiya auditini o‘tkazish, uslubiy jihatdan, obyekt va uning energiya 
    iste’moli tizimi va uskunalari bilan tanishishni o‘z ichiga oladigan dastlabki bosqich, 
    energiya auditini o‘zidan iborat bo‘lgan asosiy bosqichdan iborat (batafsil audit). 
    Dastlabki bosqich energiya auditini keng ko‘lamli dasturini tuzish uchun 
    xizmat qiladi. Dastlabki audit, o‘rnatilgan vaqt davrida ishlab-chiqarishning ma’lum 
    uchastkasida energiya iste’molining tahlilini va yozuvini amalga oshirishdan iborat. 
    Bu bosqichda, obyekt uning tizimi va uskunalarining asosiy energetik tavsiflari 
    aniqlanadi, energiya iste’mol qilishning eng energiya sig‘imli tizimi, energiya 
    iste’molining eng iste’molli joylari ajratiladi. Dastlabki audit uchun yo mavjud 
    ma’lumotlar yoki eng oddiy o‘lchovlar natijasida olingan ma’lumotlar to‘planadi. 
    Dastlabki auditning asosiy maqsadi bu ma’lumotlarni ishlatish uchun foydali 
    bo‘lgan axborotga o‘zgartirishdan iborat. Bunday o‘zgartirishlar joriy energiya 
    iste’molining ko‘z oldiga keltirishni beradi. Audit uskunalarni
    ,
    energiya ta’minoti 
    tizimini va yoqilg‘iga bo‘lgan hisoblarni tez ko‘rikdan o‘tkazish bilan bajarilishi 
    mumkin. Ko‘z bilan tekshirish energiyani iqtisod qilish imkoniyatlarini aniqlash 
    maqsadida va batafsil tahlil etish zarurligini o‘rnatish maqsadida o‘tkaziladi. 
    Dastlabki bosqichda energiya audit ekspertlari korxona xodimlari bilan birgalikda 
    bajaradilar. Axborotni maxsus ishlab chiqilgan jadval shaklida va yozma ravishda 
    keltirish kerak. Dastlabki audit natijalari bo‘yicha korxona rahbariyati bilan 


    kelishilgan batafsil energetika auditni o‘tkazish dasturi tuziladi. Dastlabki 
    bosqichning oxirida energiya auditini o‘tkazish dasturi tuziladi va u obyekt 
    ma’muriyati bilan muvofiqlash-tirilib, ikki tomonlama imzolanadi. Korxonaning 
    murakkabligiga qarab auditning bu bosqichiga 1-3 kun ketadi. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Energiya manbalari kafedrasi energiya tejamkorlik

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish