-rasm. Suv inshootlarining 2-ko‘taruvchisidan kunlik suv ta’minoti




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81
Bog'liq
FFF

11.2-rasm. Suv inshootlarining 2-ko‘taruvchisidan kunlik suv ta’minoti 
Bu yerda elektr energiyadan samarali foydalanish rezervlari yuqoriroq FIKli 
nasos agretalarni qo‘llashdir va kommunikatsiyalardan bosim sarflarini 
kamaytirishdir. Kunning vaqtiga qarab suv hajmi kamayishi bilan 2- ko‘targich 
nasoslarni yuklanishi ham o‘zgaradi (11.2 rasm). 
Markazdan qochma nasoslarning o‘ziga xosligi - ulardagi bosim va 
berilayotgan suv miqdori bir-biriga nisbatan teskari proporsionaldir va natijada suv 
yetkazib berilishi kamayishi bilan nasosdan chiqishda ortiqcha bosim hosil bo‘ladi. 
Masalan, nasos katta unumdorlik uchun qabul qilingan bo‘lsa va haqiqiy suv 
iste’moli pasayib ketsa ham nasosning bosimi baribir yuqori bo‘ladi. Ortiqcha 
bosimlar - bu 2- kutargich nasos stansiyalaridagi asosiy energiya sarflarining 
manbaasidir. Ortiqcha bosimlarni kamaytirish uchun bosimli (yoki suv beruvchi) 
kuvurli o‘tkazgichlardagi zadvijkalardan foydalanamiz. Bu choralar ortiqcha 
bosimlarni kamaytirsa ham ortiqcha energiya sarfiga kam ta’sir ko‘rsatadi. 


 
11.3. Nasos tizimlarining energiya samaradorligini oshirish usullari. 
Obyektning birinchi izlanish paytida energiya sarfi bo‘yicha "muammoli" 
bo‘lgan nasoslarni aniqlash mumkin. 11.2-jadvalda nasos uskunalarining samarasiz 
ishlashini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asosiy belgilar va energiya tejash 
choralarining taxminiy qoplanish muddati ko‘rsatilgan holda vaziyatni 
to‘g‘irlaydigan standart chora-tadbirlar ko‘rsatilgan. 
Sinovlar natijasida quyidagi ma’lumotlar olinishi kerak: 
1. Tizimning xususiyatlari va uning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi (soatlik, 
kunlik, haftalik jadvallar). 
2. Nasoslarning haqiqiy xarakteristikalarini aniqlash. Har bir xarakterli rejim 
uchun nasoslarning ishlash rejimlarini aniqlash (yeng uzun rejim, maksimal, 
minimal oqim). 

Download 2,49 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Suv inshootlarining 2-ko‘taruvchisidan kunlik suv ta’minoti

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish