8.5. Gaz sarfini hisobga olish
Gaz xo‘jaligi korxonalarida, gaz sarfini hisobga olish, har bir korxonada tashkil
etilgan va korxona rahbariga bevosita bo‘ysunadigan, gaz sarfini hisobga olish va
gaz ta’minoti rejimlari xizmati zimmasiga yuklatiladi, korxonalarning ishlab
chiqarish bo‘linmalarida esa ayrim gaz ta’minoti va gaz sarfini hisobga olish guruhi
zimmasiga yuklatilgan.
Sanoat, qishloq xo‘jalik korxonalariga, ishlab chiqarish va ishlab chiqarmaslik
harakatidagi aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalarga va yakka tartibdagi
ishbilarmonlarga tabiiy gaz yetkazib berish shartnoma asosida gaz taqsimlash
stansiyalari (GTS) orqali magistral gaz o‘tkazishlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yetkazib beriladigan gazning miqdori gaz xo‘jaliklari korxonalarning GTS larida
yoki bosh(oraliq) gaz taqsimlash punktlari (BGP) da o‘rnatilgan gaz sarfini hisobga
olish asboblarini ko‘rsatkichiga asoslangan, ikki tomonlama aktlar asosida
qo‘shimcha koeffitsientlar kiritib aniqlanadi.
Kalendar oy uchun iste’molchilarga yetkazib berilgan (sarf etilgan) gazning
miqdori, iste’molchida o‘rnatilgan gaz sarfini hisobga oluvchi asboblarni
ko‘rsatkichlari bo‘yicha ikki tomonlama akt asosida, mos tuzatish koeffitsientlarini
kiritib aniqlanadi.
Gaz, harorat, bosim sarfini hisobga olish asboblari yo‘qligida yoki ularni
nosozligida hamda quyidagi holatlarda:
asboblar yozuvi va ko‘rsatkichlari haqiqiy bo‘lmaganda;
gaz sarfi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida ko‘rsatilmaganda
(kartogrammalar, hisoblagichlarning ko‘rsatkichlari);
plomba yo‘qligida;
baypas gaz o‘tkazgichi orqali gazdan foydalanilganda.
berilgan (sarf etilgan) gaz miqdori plombalangan gazdan foydalanuvchi
qurilmalarning pasportidagi ish unumdorligi bo‘yicha aniqlanadi va gaz sarfini
hisobga olish asboblarini nosozlik (yo‘qlik) vaqtidagi ish soatlari miqdori ushbu
asboblar soz vaqtidagi sarf kabi qo‘shimcha tuzatishlar kiritib aniqlanadi.
Baypas gaz o‘tkazgichi bo‘yicha gaz berish, faqat gaz beruvchining ruxsati
bilan amalga oshirilishi mumkin. Gaz gorelkalari tizimini plombalash ikki
tomonlama dalolatnoma bilan amalga oshiriladi. Ovqat tayyorlash, issiq suv
ta’minoti, isitish va yem tayyorlash uchun ishlatiladigan tabiiy gaz miqdori
quyidagicha aniqlanadi:
hisoblagichlar bilan jihozlangan uylarda (xonalarda) – hisoblagichlar
ko‘rsatishi bo‘yicha;
hisoblagichlar bilan jihozlanmagan uylarda (xonalarda), o‘rnatilgan tartibda
tasdiklangan normalar bo‘yicha.
Gaz miqdorini hisobga olish, hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi. Ular aniq
vaqt oralig‘ida (soat, kecha-kunduz va h.k.) quvur o‘tkazgich bo‘yicha oqayotgan
gazning jami hajmini o‘lchashga mo‘ljallangan.
Gaz o‘lchagichlar, rotasion va turbinali turga bo‘linadi. Rotasionlari ishchi
holatda o‘tayotgan gazning hajmi miqdorini hisobga oladi. Turbina gaz
o‘tkazgichlar o‘lchash tugunlari uchun gazning ishchi bosimi, uning maksimal va
minimal sarfi, shartli o‘tish diametri bo‘yicha aniq tanlangan bo‘lishi kerak.
Uylarning markaziy suv ta’minotidan issiqlik tarmoqlarini ta’mirlash vaqtida 25 va
undan ko‘p kun o‘chirilgan davrda gazning sarf normasi sifatida markaziy issiq suv
ta’minotiga uy va xonadonlarga o‘rnatilgan normalar qabul qilinadi.
|