• Energetik menejment
  •  Energetik menejmentning maqsadi, funksiyalari va tashkil-lashtirish




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81
    Bog'liq
    FFF

     
    9.2. Energetik menejmentning maqsadi, funksiyalari va tashkil-lashtirish. 
    Energiya tejamlash iqtisodiyotining barcha sohalarida, yoqilg‘i-energetik 
    majmua, sanoatning energiya sig‘imli sohalari, kommunal-maishiy sektor, qishloq 
    xo‘jaligi va elektrlashtirilgan transportni qo‘shib hisoblaganda, energiya samarador 
    texnologiyalarga o‘tishni bildiradi. Energiya tejamlash energiyani olish, 
    o‘zlashtirish va taqsimlashning barcha zvenolarida- birlamchi energiya resurslarini 
    qazib olishdan, to oxirgi iste’molchilar tomonidan energiyaning barcha turlarini 
    iste’mol qilishgacha, energiyadan ratsional foydalanishni bildiradi. Bu 
    muammolarni yechish yo‘li, o‘z ichiga qo‘ydagilarni oladi: energiyani ishlab 
    chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilishning samarador texnologiyalari
    tiklanuvchi energiya manbalaridan maksimal foydalanish; yoqilg‘i, issiqlik va elektr 
    energiya solishtirma sarfini pasaytirishni ta’minlaydigan yangi texnologiya va 
    jihozlarni tatbiq etish; mavjud jihozlarni takomillashtirish va modernizatsiyalash; 
    barcha ikkilamchi energetika resurslardan keng foydalanish, yoqilg‘ining qimmat 
    turlarini arzonlari bilan almashtirish va h.k. 
    Bunda energiya tejamlash muammosi faqat texnik vositalar bilan hal
    etilmaydi, ularni amalga oshirish uchun energiyani olish va iste’molchilarga 
    yetkazib berilishi hamda turli iste’molchilarni energiya iste’molini boshqaruvchi 
    tizimning mavjudligi zarur. Mana shu boshqarish masalalarini energetik menejment 
    hal etishga qodir.
    Energetik menejment – yoqilg‘i energetika resurslaridan foydalanish 
    samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan tashkiliy va texnik tadbirlar yig‘indisidir. 
    Energetik menejmentning asosiy masalasi – energiya iste’molini majmuaviy 
    tahlil etish va uni yoqilg‘i – energetik resurslarini o‘tkazilayotgan energiya 
    tejamlashni minimallashtirishga bog‘liq holda o‘zlashtirishdan iborat. Umumiy 
    menejmentning qismi bo‘la turib, energetik menejment uning tuzilmasini 
    takrorlaydi. Shundan makrodarajadagi energetik menejment va mikrodarajadagi 
    menejmentlar ajratiladi. Makro darajadagi menejment yoqilg‘i – energetik 
    resurslardan davlatlararo, davlat ichkarisidan, viloyat, tuman, shahar, soha 
    darajasida ratsional foydalanishning boshqarishini oladi. Mikro darajadagi energetik 
    menejmentga korxona, firma, tashkilot, darajasida boshqarish mos keladi. 


    Energetik menejmentning yuqorida sanab o‘tilgan har bir darajasiga o‘zining 
    aniq maqsadi mos keladi: 
    - davlatlararo energetik menejmentning maqsadi, energetik resurslarning dunyo 
    zaxiralarini saqlash va ratsional foydalanish, energiyaning yangi manbalari va 
    shakllarini qidirib topish, atrof-muhitni saqlashdan iborat; 
    - davlat ichki menejmentining maqsadi – energetik mustaqillikni va 
    xavfsizlikni ta’minlash. MDH mamalakatlari uchun – energiya xarajatli 
    iqtisodiyotidan energiya samaraliga o‘tish; 
    - viloyat, tuman, shahar energetik menejmenti – mos hududlarda xo‘jalikning 
    ishlash sifatini va aholining yaxshi hayot sharoitarini ta’minlagan holda, yoqilg‘i – 
    energetik resurslarini minimal iste’moliga erishish; 
    - soha energetik menejmetining maqsadi- yoqilg‘i – energetik resurslarini 
    oshirmasdan turib, soha korxonalarining unumdorligini ko‘tarish; 
    - korxona energetik menejmentining maqsadi, korxona xarajatlarining umumiy 
    tuzilmasida energetik tashkil etuvchini pasaytirish va natijada, ichki va tashqi 
    bozorda korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot raqobatbardoshligini oshirishdan 
    iborat. 
    Energetik menejment o‘z ichiga fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari 
    asosida,harqanday ishlab chiqarishning energetik qismini optimal ishlashi va 
    rivojlanishini oladi. O‘z navbatida bu, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni 
    energiya auditini tizimli tarzda o‘tkazish, kutilayotgan va talab etilayotgan 
    mablag‘larni aniqlagan holda elektr energiyani iqtisod qilish bo‘yicha takliflar va 
    tadbirlarni ishlab chiqish, korxonada energiya tejamlash siyosatini o‘tkazishga 
    mas’ullik, energiya tejamlovchi texnologiyalar sohasidagi yutuqlarni o‘rganish, 
    energiya tejamlovchi tadbirlarni maqsadga muvofiqligini iqtisodiy jihatdan 
    asoslagan holda, ularning ishlab chiqarishga tatbiq etish dasturini ishlab chiqish
    erishilgan natijalarni o‘rganish va baholashdir. 
    Yuqoridan sanab o‘tilgan tadbirlar natijasida tashqi energiya menejeri ishlab –
    chiqarishning energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligini 
    rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqadi, energetik loyihalarni rejalashtirish va 
    bajarishga, energetik samarador jihozlarni sotib olish va tatbiq etishga mas’uliyat 
    olib boradi. 
    Energiya menejmenti yana o‘z ichiga: energetik resurslar sarfini normallash; 
    yoqilg‘i sarfini ratsional me’yorini ishlab chiqish; ratsional isitish, sovutish, issiqlik 
    uzatish, issiqlik yo‘qotishlarining oldini olish, ikkilamchi resurslardan foydalanish, 
    tarmoqlardan elektr energiya yo‘qotishlarning kamaytirishlarini oladi. Energiya 
    menejmenti – bu birinchidan bir martali tadbir emas, balki doimiy ko‘p yillik 
    sinchiklab (energiya tejamlash dasturining o‘z-o‘zini oqlashi kommersiya 


    loyihalarnikiga o‘xshab tez emas) bir dasturni tayyorlash, boshqalarini bajarish va 
    rivojlantirish ishidir.
    Katta loyihalar bir qator mayda va aniq loyihalarga bo‘linib ketishi mumkin 
    bo‘lgani uchun, energiya menejerining ikkinchi sathdagi majburiyati o‘z korxonasi 
    qiziqishlarining energiya tejamkorlik bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni taklif 
    etayotgan partnyorlarning imkoniyatlari bilan moslashtirish. 
    Huquqiy davlat organlari, jamoat tashkilotlari, energiya nazorat qilish bo‘yicha 
    idoralar bilan o‘zaro harakat, energiya menejeri faoliyatining uchinchi sathidir. 
    To‘rtinchi sath huquqiy – me’yoriy aktlarini, standart talablarini energiya 
    tejamkorlik va samarali energiya iste’moli ko‘lamidagi rahbariy hujjatlarni aniq 
    bilishdan iborat. 
    Energiya menejeri faoliyatining beshinchi sathi o‘z malakasini uzluksiz 
    oshirishi, energiya tejamlovchi tadbirlarini o‘tkazishni vatan va chet el tajribalarini 
    doimo o‘rganib borishdan iborat. 
    Ba’zida energiya menejmentini umumiy boshqarish masalalari qatoriga 
    qo‘yiladigan bosqichlarga bo‘lishadi:
    - loyihalash; 
    - qurish; 
    - sanoat korxonalarini ishlatish. Birinchi va ikkinchisi mavjudlari bilan 
    taqqoslaganda qurilayotgan korxonalar soni kamligi uchun, chegaralangan ta’sir 
    doirasiga ega va uzoq kelajakda samara berishi mumkin. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Energetik menejmentning maqsadi, funksiyalari va tashkil-lashtirish

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish