Hisobga olish asosiy tizimlari quyidagilardir




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/81
Sana20.01.2024
Hajmi2,49 Mb.
#142018
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81
Bog'liq
FFF

Hisobga olish asosiy tizimlari quyidagilardir: 
1. Elektr energetika tizimi (EET) maksimumida ishtirok etayotgan da’vo 
qilingan maksimal yuklama uchun asosiy normali tarifda, kecha-kunduzning 
ma’lum soatlaridagi maksimum yuklamaning kilovatt soatlarda hisobga olinadigan 
hisoblagichlar hamda aktiv energiyani kilovatt soat hisoblagichlari, EET 
maksimumi o‘tgan soatlar bilan bir vaqtda o‘lchaydigan maxsus hisoblagichlar 
qo‘llaniladi. 
Yarim soatli maksimal yuklamani o‘lchash, har kuni energiyani hisobga olishni 
barcha vaqt davri davomida, EET maksimumi o‘tayotgan soatlarida, amalga 
oshirilishi zarur. 
Agar EET ning kutilayotgan maksimumida ertalabki va kechqurungi 
maksimumlar bo‘lsa, u holda shunga mos o‘lchashlar, har kecha-kunduzi EET 
ikkala maksimumi o‘tayotgan davrda amalga oshiriladi. 
2. Elektr energiyaga kecha-kunduz zonalari bo‘yicha differensiallangan va 
EET maksimum soatlarida elektr energiyaga bo‘lgan talabni pasaytirish va 
cho‘qqidan chetki zonada, ayniqsa EET yuklama grafigini tungi pasayish soatlarida 
iste’molni oshirishni rag‘batlantiradigan normali tariflarni qo‘llashda, kecha-
kunduzning mos zonalarida, energiya iste’molini qayd qiladigan aktiv energiya 
hisoblagichlari zarurdir. 
3. Maxsus hisoblagichlarni boshqarish uchun, maxsus va umumiy aloqa 
kanallari hamda taqsimlash tarmoqlaridan foydalaniladigan turli teleboshqaruv 
tizimlari qo‘llanilishi mumkin. Dastur o‘rnatilgan kontakt soatlari boshqarish keng 
qo‘llanilmoqda. Kontakt soatlari berilgan dastur bo‘yicha ma’lum qayd ulashlarni 
amalga oshiradagan boshqaradigan vaqt qayta ulagichlari hisoblanadi. 
Kontakt soatlarining qo‘llash ko‘lami ancha keng. Ular kuchli zanjirlarni 
(ko‘chani yoritish, elektr suv isitgichlari, isitish, vitrinalarni yoritish va h.k.) 
boshqarish, yuklama maksimumida davriy ravishda qayd etish hisoblagichlarni ko‘p 
omili elektr hisoblagichlarni yoqish va o‘chirishda ishlatilishi mumkin. 

Download 2,49 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   81




Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisobga olish asosiy tizimlari quyidagilardir

Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish