• Ikkilamchi energetika resurslar
  • Ikkilamchi energiya resurslarining chiqishi
  • Issiqlik IER
  • Yonuvchi IER
  •  – BOB.  IKKILAMCHI ENERGIYA RESURSLARI, ULARNING




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/81
    Sana20.01.2024
    Hajmi2,49 Mb.
    #142018
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
    Bog'liq
    FFF

    7 – BOB. 
    IKKILAMCHI ENERGIYA RESURSLARI, ULARNING 
    TASNIFI VA FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARI 
    7.1. Asosiy tushunchalar 
    Haqiqiy texnologik jarayonlar ma’lum yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasini 
    sarf etishni talab qiladi: kimyoviy reaksiya, mexanik ta’sir natijasida yonayotgan 
    gazlar, issiqlik tashuvchilar, gaz va suyuqliklar ortiqcha bosim ostida issiqlik ajratib 
    chiqaradi. Bu energiya resurslaridan odatda, to‘la hajmda ishlatilmaydi yoki 
    umuman foydalanilmaydi. Mazkur texnologik jarayonda yoki qurilmada 
    foydalanilmaydigan energetik chiqindilar ikkilamchi energetik resurslar nomini 
    oldi(IER). 
    Uzoq vaqt IER dan foydalanishga yetarli darajada e’tibor qaratilmadi. Ularning 
    mohiyati to‘laligicha ochilmadi, hisoblash uslublari yo‘q bo‘lgan. 
    Ikkilamchi energetika resurslar (IER) mahsulotlarning, chiqindilarning, 
    o‘tkinchi mahsulotlarning, texnologik agregatlar (qurilmalar)da hosil bo‘ladigan 
    energetik potensiallardir. Ular mazkur agregatlarda foydalanilmasligi mumkin
    lekin boshqa iste’molchilarni energiya ta’minoti uchun qisman yoki to‘liq ishlatilishi 
    mumkin. 
    Yoqilg‘i qayta ishlovchi qurilmalar (neftni qayta ishlash, gaz generatorlari, 
    koks qiluvchi, ko‘mirni to‘yintiruvchi va h.k.) mahsulotlarning kimyoviy 
    bog‘langan issiqligi, agregatga tushadigan hamda oqimlarni qizdirish uchun 
    foydalaniladigan chiqindilarning issiqlik energiyasi – IER manbai ikkilamchi 
    resurslarga kiritilmaydi. 
    Ikkilamchi energiya resurslarining chiqishi – bu mazkur qurilmada ma’lum 
    vaqt birligida hosil bo‘ladigan va shu vaqt davrida ishlatishga yaroqli bo‘lgan IER 
    lar miqdoridir. 
    Ikkilamchi energiya resurslar miqdoriga ishlab chiqarish deb, utilizatsiya 
    qurilmasida IER hisobiga olingan, issiqlik miqdori, suyuqlik, elektr energiyaga 
    aytiladi. IER hisobiga ishlab chiqarish quyidagilarga ajratiladi: mumkin bo‘lgan 
    ishlab chiqarish, ya’ni qurilma ishlab turganda olish mumkin bo‘lgan maksimal 
    energiya miqdori; iqtisodiy maqsadga qaratilgan muvofiq ishlab chiqarish, ya’ni bir 
    qator iqtisodiy omillar (tannarx, mehnat xarajatlari va h.k.) hisobiga olingandagi 
    ishlab chiqarish: rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish – ma’lum davrda mavjud 
    utilizatsiya qurilmalarni modernizatsiya qilish, yangilarini kiritib olishda 
    mo‘ljallangan energiya miqdori: haqiqiy ishlab chiqarish – hisobiy davrda real 
    olingan energiya.
    Ikkilamchi energetik resurslardan foydalanish – bu mazkur agregatlarda IER 
    foydalanilgan miqdorni boshqa qurilma va tizimlarda ishlatilganligidir. Iste’molchi 
    tomonidan IER ni ishlatish energiya tashuvchi turini bevosita o‘zgartirmasdan, yoki 


    uni energiyani boshqa turiga aylantirish hisobiga yoki utilizatsiya qurilmalarda 
    mexanik ish, sovuqlik issiqlik ishlab chiqarish sifatida amalga oshirilishi mumkin. 
    Issiqlik IER – bu chiqarayotgan gazlar asosiy va qo‘shimcha mahsulotlar 
    issiqligi, kul va shlaklar, texnologik qurilmalarda ishlatib bo‘lingan issiq suv va bug‘ 
    issiqligi, texnologik qurilmalarni sovutish tizimi, ishchi organlarining issiqligi. 
    Yonuvchi IER – boshqa qurilmalarda bevosita yoqilg‘i sifatida qo‘llanilishi 
    mumkin bo‘lgan va keyinchalik mazkur texnologiyalarda yaramaydigan yonuvchi 
    gazlar va chiqindilar: yog‘ochni qayta ishlash sanoati chiqindilari (yog‘och 
    mahsulotlarining chiqindi va qirindilari), imorat va inshootlar konstruksiyasining 
    yonuvchi elementlari, sellyuloza qog‘oz ishlab chiqaruvchi yonuvchi elementlari va 
    boshqa qattiq hamda suyuq yoqilg‘i chiqindilari. 

    Download 2,49 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     – BOB.  IKKILAMCHI ENERGIYA RESURSLARI, ULARNING

    Download 2,49 Mb.
    Pdf ko'rish