д
н
н
н
б
К
К
В
В
Т
T
1
м
, (6.1)
Bu yerda
T
m
– indeksasiya mexanizmini qo‘llash bilan aniqlangan tarif;
T
b
-
amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘rnatilgan asosiy tarif;
V
n
– issiqlik energiyasiga
tarifning indeksasiya qilinmagan ulushi, u ularning AQSH dollariga nisbatan
qiymati (yoki issiqlik energiyasining iste’molchilarini to‘lov
hujjatlarini
rasmiylashtirish);
K
d
- tariflarni dollar ekvivalentiga o‘tkazish koeffitsienti, bu
koeffitsient ularni o‘rnaltilgan vaqtida aniqlanadi (
K
d
– 1)/
K
b
, bu yerda
K
b
–
amaldagi tarif o‘rnaltilgan kunida o‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan kursi
qiymati).
O‘zbek so‘mining AQSH dollariga nisbatan kursining o‘zgarishiga bog‘liq
bo‘lgan bazaviy (asosiy) tarifning tashkil etuvchilariga quyidagilar kiradi:
A) tannarhi:
yoqilg‘iga (gaz, mazut, dizel, yoqilg‘i va h.k.);
sotib olinadigan energiyadan bo‘lgan xarajatlar;
respublikada
ishlab-chiqarilmaydigan,
ta’minlash-foydalanishdagi
xizmatlar uchun ketgan qo‘shimcha mablag‘lar;
innovatsion fondga chegirma;
rezident
bo‘lmaganlar tomonidan ko‘rsatiladigan ishlab-chiqarish
harakteriga ega bo‘lgan xizmatlar.
B) foydalar:
asosiy qo‘yilmalarga foyda.
Bazaviy
tariflarni hisoblaganda, qolgan xarajatlarni tashkil etuvchilari (ish
haki, amortizasion chegirma, boshqa pul sarflari va h.k.) bilan birga, tariflarning
indeksasiya qilinmaydigan ulushini aniqlaydigan, o‘zbek so‘mining AQSH
dollariga nisbatan bo‘lgan kursini o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan,
bu esa tashkil
etuvchilarning rejaviy ulushini aniqlaydilar.
Elektr energiyaga bo‘lgan tariflar tizimining asosiy ko‘rinishlari
qo‘yidagilardir:
elektr energiya hisoblashi bo‘yicha bir stavkali tarif;
tirkalgan elektr qabul qiluvchilar quvvati uchun asosiy stavka bilan ikki
stavkali tarif;
maksimal yuklanishni to‘laydigan ikki stavkali tarif;
energiya tizimining maksimumda ishtirok etadigan iste’molchining
quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif;
kecha – kunduz, hafta kunlari, yil fasllari vaqti bo‘yicha differensiallangan,
bir stavkali tarif.
Elektr energiya hisoblagichi bo‘yicha
bir stavkali tarif, faqat hisoblagich
tomonidan hisobga olingan kilovatt-soatlarda elektr energiya uchun to‘lovni ko‘zda
tutadi. Tarifning bu turi aholi va boshqa sanoat bo‘lmagan obyektlari bilan hisob –
kitob qilishda keng qo‘llaniladi. Ko‘rilayotgan hisobot davrida energiyani
ishlatmagan iste’molchi, vaqtning har qanday momentida elektr energiyani berishni
ta’minlaydigan energiya ta’minlovchi tashkilotning to‘xtovlari bilan bog‘liq
sarflarni to‘lamaydi.
Bu tarif bo‘yicha 1 kVt·s uchun narx harqanday iste’mol qilingan energiya
miqdori uchun doimiy bo‘ladi. Lekin energiyani ishlab-chiqarish (iste’mol qilish)
ortganda 1 kVt·s ga bo‘lgan xarajatlar kamayadi va natijada, iste’mol qilinayotgan
kilovatt soatga tarif stavka kamayishi kerak. Bu hisoblagich bo‘yicha pog‘onali tarif
kiritish bilan hisobga olinadi.
Elektr energiyaga bir stavkali tarif bo‘yicha berilgan elektr energiya miqdoriga
to‘lash bilan, iste’molchidan elektr energiya tizimi uchun (EET) birmuncha o‘rtacha
narx bo‘yicha hisoblagichda hisobga olinib, iste’mol qilingan elektr energiya uchun
to‘lov olinadi. Elektr energiyani kelajak yillik iste’moli
yetarli darajada aniq
bashorat qilingani uchun, elektr energiyadan foydalanganligi uchun barcha to‘lovlar,
EET barcha sarflarni yopadi va rejali tushumlarni ta’minlaydi.
Bir stavkali tarif, iste’molchini elektr energiyani ishlab-chiqarish bilan bog‘liq
bo‘lmagan narxlarga sarfini qisqartirishni, elektr qabul qiluvchilarni ishlash rejimini
va elektr ta’minotini ratsional tizimini yaratishni rag‘batlantiradi, chunki ushbu
korxona xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi. Lekin elektr energiya narxini
kecha – kunduz vaqti bo‘yicha differensiallashning bo‘lmaganligi, iste’molchini
maksimum soatlarda yuklamani tushirish va kechasida pasayish soatlarida
yuklamani ko‘tarishni rag‘batlantirmaydi, ya’ni EET yuklama grafigini tekislashga
ta’sir qilmaydi, va natijada elektr energiya ishlab chiqarishga bo‘lgan xarajatni
pasaytirmaydi.
Tirkalgan elektr qabul qiluvchi quvvatiga asosiy stavka bilan ikki stavkali tarif,
tirkalgan elektr energiya qabul qiluvchilarning ja’mi quvvati uchun (R
t
) to‘lovni (T)
va hisoblagich hisobga olgan iste’mol etilgan elektr energiya (W), k V t . s uchun
to‘lovni ko‘zda tutadi, ya’ni