sharoit yaratadi, shu jumladan zaharli sene-ko‘k(sianlar)ni ham. Shu sabablarga
ko‘ra va suvlarni sekin yangilanishi natijasida ularning o‘z-o‘zini tozalash keskin
pasayadi. Suv sifatining yomonlashuvi ulardagi tirik organizmlarning o‘lishiga olib
keladi. Baliq podalarini kasallanishiga, ayniqsa gelmintlar bilan kasallanishiga olib
keladi.
Baliqlarni ko‘chib yurishi buziladi,ozuqalari buziladi.
Oxir oqibat suv omborlari tomonidan daryo tizimining yopib qo‘yilishi
tranzitdan tranzit-akkumulyativga aylanadi. Biogen moddalardan tashqari bu yerda
og‘ir metallar, radioaktiv elementlar va uzoq hayotiy davrga ega bo‘lgan ko‘p zaharli
ximikatlar yig‘iladi. Yig‘malar mahsuloti suv ombori hududini, uni bartaraf
qilgandan so‘ng foydalanishni muammoli qilib qo‘yadi.
Suv omborlari atmosfera jarayonlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Masalan,
quruq hududlarda suv omborlari yuzasidagi bug‘lanish quruq joylarga nisbatan
o‘nlab marta ortiq bo‘ladi. Bug‘lanishning ortishi bilan havo haroratini pasayishi va
tuman hodisalarini ko‘payishi sodir bo‘ladi. Suv omborlari va atrofdagi quruqlik
haroratlarining farqi yengil turidagi mahalliy shamollarni shakllanishiga olib keladi.
Bu va boshqa hodisalar ekotizim almashinuviga, ob-havoning o‘zgarishiga olib
keladi.